Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarni ishga, o‘qishga qabul qilish, ularning mehnat, turar-joy va boshqa huquqlarini qondirishga taalluqli ishlarni hal qilishda, shaxsiy hujjat yig‘majildlarini shakllantirishda tashkilot boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan va amaldagi qonunchilikka muvofiq masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan (olingan ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar, guvohnomalar nusxalari) hujjatlar nusxalarini tayyorlashi mumkin.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjat nusxasi tashkilot rahbari yoki tarkibiy bo‘linma rahbari ruxsati bilan tayyorlanadi va beriladi.
Hujjatdan to‘liq shu jumladan blank elementlaridan nusxa ko‘chirish qo‘lda yozish, mashinkada ko‘chirish usullari yoki tezkor matbaa vositalari bilan amalga oshiriladi.
Hujjat nusxasining birinchi varag‘iga “nusxa” belgisi qo‘yiladi. Tasdiqlovchi yozuv: to‘g‘ri, lavozimining nomi, tasdiqlovchi shaxsning shaxsiy imzosi, uning ismi va otasi ismining bosh harflari va familiyasi, nusxa tasdiqlangan sana shakli bo‘yicha to‘ldiriladi.
Masalan:
Kadrlar bo‘limi inspektori
99.25.01.
imzo M. T. To‘rayeva
Hujjatdan olingan nusxalarni boshqa tashkilotlarga jo‘natishda yoki uni qo‘lga berishda tasdiqlovchi imzo muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
Chiquvchi hujjatning (jo‘natilgan) ko‘chirilgan nusxasi hujjatni tuzgan shaxslarning vizalarini va hujjat kelishib olingan shaxslar vizalarini o‘z ichiga oladi. Unga asl nusxani imzolashdagi barcha tuzatishlar kiritiladi. Blank matni takror qo‘yilmaydi, uning o‘rniga imzolangan sana va ro‘yxatga olish indeksi qo‘yiladi.
Asl nusxadagi imzo faksimil vositasida tiklanmaydigan hujjatlar nusxalari muhr bilan tasdiqlanadi.
Ko‘paytirilgan nusxada buyurtmaning tartib raqami va adadi ko‘rsatiladi.
23. Hujjatni ijro etish bo‘yicha ko‘rsatmalar rezolyutsiya shaklida beriladi, uning tarkibiga quyidagi majburiy elementlar kirishi kerak: ijrochi (yoki ijrochilar)ning familiyasi, topshiriqning mazmuni, ijro muddati (zarur hollarda). Rezolyutsiya imzolanadi va sana qo‘yiladi.
Masalan:
A. A. Maksimovga
Mahsulotlarni sotish rejasini 1999-yil 21-yanvargacha tayyorlashingizni so‘rayman.
Mirzaboyev 99.02.02.
Rezolyutsiya, qoidaga ko‘ra, hujjatning yuqori qismiga “oluvchi” rekvizitining ostiga qo‘yilishi kerak.
24. Har bir hujjatda bevosita ijrochi to‘g‘risidagi belgi bo‘lishi kerak.
Hujjatni ijro etuvchi (tuzuvchi)ning familiyasi va uning xizmat telefoni raqami hujjat oxirgi varag‘ining old tomoniga yoki, joy bo‘lmaganda, orqa tomonining pastki chap burchagiga qo‘yiladi. Masalan:
Azimbekov 44-15-20
Do'stlaringiz bilan baham: |