O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
QASHQADARYO VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI
QARSHISHAHAR ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI
1-SONLI ICHKI ISHLARBO‘LIMI
180100. Qarshi shahri, Mahallot ko‘chasi, 3A-uy.Tel:225-25-07
41/______ 2022 yil 31 may
QDU profilaktika inspektori tomonidan bir oylik amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
M A ' L U M O T N O M A
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi 27-sonli “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosi yuzasidan QDU profilaktika inspektori tomonidan 2022 yil 01 may kunidan 31 may kuniga qadar QDU taxsil olayotgan 23035 nafar talabalar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida bir qator chora-tadbirlar olib borildi.
QDU taxsil olayotgan talabalarni huquqiy ongini oshirish, ular tomonidan jinoyat xususan o‘z joniga qasd qilish, qotillik, firibgarlik, ta’magirlik, korrupsion xolatlarga yo‘l qo‘ymasliklari bo‘yicha umumiy yig‘ilish va davra suxbatlari o‘tkazildi. Talabalarni darsga ishtiroki va ichki tartibga rioya etishlari borasida xudud profilaktika inspektorlari bilan xamkorlikda “Tig‘, ”Davomat”, ”Oriyat” kabi profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, talablar bilan umumiy, yakka, maxsus, viktimologik va ijtimoiy profilaktikasi bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi. Talablarni bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish borasida to‘garaklar, sport musobaqalari, kitobxonlik tadbirlari o‘tkazildi. Talablarni vatanga muxabbat, vatanparvarlik ruxida tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilib, ularni yot diniy ekstremezm va terorizm buzg‘unchi g‘oyalaridan asrash borasida profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, QDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rektor o‘rinbosari E.Ibragimov va rektor maslaxatchisi A.Jurayev bilan hamkorlikda “Jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi.
Bundan tashqari ijarada yashovchi talablarni yashash joyiga tyutorlar uyga borilib, talabalarni yashash sharoiti o’rganilib, mavjud muommolari o’rganildi va profilaktik suxbatlar o’tkazildi.
S huningdek, talabalar institut ichki tartib qoidalariga rioya qilishi bo’yicha profilaktik suxba to’tkazildi.
Bundan tashqari universitet hududida tashkil qilingan “Qalqon guruhining” tungi xizmat jarayoni.
Bundan tashqari, Jinoyat va xuquqbuzarlik sodir etishga moyil talablar bilan yakka tartibda profilaktik suxbatlar o’tkazildi
Qarshi davlat universiteti profilaktika
inspektori kapitan: M.A.Jabbarov
Do'stlaringiz bilan baham: |