Mamlakatimiz ixtiofaunasini mahsuldor baliq turlari bilan boyitish va baliqchilikni rivojlantirish maqsadida kompleks tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda
FarDU “Biologiya” yo‘nalishi magistranti Xamidov Abubakirning “Turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan o‘simlikxo‘r baliqlarning bioekologik xususiyatlari va baliqchilikdagi ahamiyati” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga ilmiy rahbar
XULOSASI
Mamlakatimiz ixtiofaunasini mahsuldor baliq turlari bilan boyitish va baliqchilikni rivojlantirish maqsadida kompleks tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning natijasida yangi baliq ob’ektlari boshqa regionlardan olib kelinib hovuz baliq xo‘jaliklarida boqib kelinmoqda. Suv omborlari, ko‘llar va daryolarni ov ahamiyatiga ega baliq lichinka va segoletkalari bilan baliqlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan o‘simlikxo‘r baliqlarning suv havzalarimizga iqlimlashtirilishi suv havzalarimizda foydalanilmay kelayotgan oziqa bazasidan samarali foydalanish imkoniyatini berdi va qo‘shimcha qimmatli baliq mahsuloti yetishtirilmoqda. Ushbu tadbirlar natijasida baliq yetishtirish hajmi so‘nggi o‘n yilliklarda bir necha barobarga oshdi. Suv havzalarimizda tarqalgan ixtiofauna tur tarkibining shakllanishi, rivojlanishi, biologiyasi, ularning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishi va rivojlanishi haqidagi bilimlarni bilmay turib regionda baliqchilikni rivojlantirish mumkin emas.
Ushbu tadqiqot ishida dissertant tomonidan turli tipdagi suv havzalariga o‘simlikxo‘r baliq turlarining iqlimlashtirilishi, antropogen omil ta’sirida rivojlanishi hamda ularning bioekologik xususiyatlari hamda baliqchilikdagi ahamiyati o‘rganilgan. Xususan baliqchilik xo‘jaliklari hovuzlarida yashovchi o‘simlikxo‘r baliqlarning bioekologik xususiyatlari hamda ularning baliqchilikdagi ahamiyati har tomonlama tahlil qilingan. Ma’lumki baliqchilik xo‘jaliklari hovuzlarida asosan yemxo‘r karp hamda o‘simlikxo‘r bo‘lmish oq do‘ngpeshona va oq amur baliqlari boqib kelinmoqda. Boqiladigan baliqlarning 70-80 % ini esa o‘simlikxo‘r baliqlar tashkil qilmoqda. Dissertant tomonidan o‘simlikxo‘r baliqlarning biologik ko‘rsatkichlarini ularning tabiiy suv havzalaridagi turdoshlarining ko‘rsatkichlari bilan ham taqqoslash ishlarini olib borgan. Tadqiqotchi olib borgan tadqiqot ishining nafaqat nazariy balki amaliy jihatdan ham ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib bergan.
Dissertatsiya ishi kirish qismi, adabiyotlar tahlili, 3 ta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Xamidov Abubakirning “Turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan o‘simlikxo‘r baliqlarning bioekologik xususiyatlari va baliqchilikdagi ahamiyati” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi DAK tomonidan qo‘yiladigan talablarga javob beradi va bu ishni himoyaga loyiq deb hisoblayman.