Biologiya№2
1. Yog’onichakga xos xususiyatlar…………….
A) K vitamini sintezlanadi,vorsinkalarga ega.
B) keyingi qismi appendiks bilan tugaydi
C) ichki yuzasida mayda tukchalar bor
D) suvning asosiy qismi qonga shimiladi
2. Quyidagilarni to’g’ri juftlang.
1) jigarning infeksiyasiz kasalligi 2) jigar hujayralarini yemirilishi 3) oqava suv orqali tarqaladigan kasallik
4) oshqozonosti bezi kasalligi 5) oshqozon kasalligi
a) gepatit; b) sirroz; d) gastirit; e) pankreatit; f) xolera
A) 1-a; 2-b; 3-f; 4-e; 5-d
B) 1-a; 2-b; 3-e; 4-f; 5-d
C) 1-e; 2-b; 3-f; 4-a; 5-d
D) 1-e; 2-d; 3-f; 4-b; 5-a
3. Rasmda ajratib ko’rsatilgan 1-raqamda nima
t asvirlangan?
A) Nefron kapsulasi
B) Genle halqasi
C) Malpigi chigali
D) ShumlyaniskiyBaumen kapsulasi
4. Ter bezlari nayga o’xshab qaysi teri qavatida
kalavasimon chigallarni hosil qiladi
A) gipoderma B) chin teri qavati
C) teri osti yog’ qavati D) epidermis
5. Quyidagi kasalliklar va ular zararlaydigan
organlarni aniqlang
a) prostatit; b) sistit c) uretrit; d) nefrit
1) buyrak yallig’lanishi; 2) siydik chiqarish yo’li
3)qovuq yallig’lanishi; 4) prosta yallig’lanishi
A) a-2; b-4; c-3; d-1 B) a-4; b-3; c-2; d-1
C) a-4; b-2; c-3; d-1 D) a-3; b-4; c-2; d-1
6. Nefronlarga bog’liq bo’lmagan ma’lumotlarni
aniqlang. 1) buyrakni tuzilish va funksional birligi
hisoblanadi; 2) har bir nefron uzunligi 6-8 mm;
3)zararlansa uretrit yuzaga keladi; 4) 1 juft buyrakdagi nefronlar uzunligi 100 km ga yetadi; 5) har bir buyrakda
2-2,5 mln bo’ladi; 6) har bir nefron Shumlyanskiy-Baumen kapsulasiga ega;
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,4,6 D) 2,3,5
7. Bosh suyaklar soniga teng keluvchi suyaklar
berilgan qatorni toping.
A) chin qovurg’alar,son, yelka kamari.to’sh. qo’lning kurak suyaklari
B) qo’lni barmoq suyaklari.boyin umurtqalari
C) ko’krak umurtqalari.bilak-tirsak suyaklari
D) o’mrov,qovurg’alar,
8. Tana,bir nechta o’simtalar va teshikdan iborat
bo’lgan suyak shakliga ko’ra qanday guruhga kiradi
A) uzun g’ovak B) yassi
C) kalta g’ovak D) g’alvirsimon
9.Tishlarning sement (a) va dentin (b) kabi qimlariga tegishli ma’lumotlarni mos ravishda aniqlang.
A)a-tarkibida P,Ca va Mg minerallari mavjud
b-koronkaostidagiqism
B) a-tish ildizini qoplash vazifasini bajaradi
b-tarkibisuyakkao’xshaydi
C) a-tarkibi suyakka o’xshash b- tarkibida P,Ca va Mg minerallari mavjud
D) a-pulpa ostida joylashgan b-tarkibida P,Ca va F
minerallari mavjud
10. Tayoqchasimon (1), kolbachasimon (2) hujayralarga xos bo’lgan fikrlarni toping.
a) zararlanishi natijasida daltonizm kelib chiqishi mumkin; b) aniq ko’rish markazi shu hujayralardan iborat; c) bu hujayralar ko’rish markazining chetlarida joylashadi; d)tungi ko’rish retsoptorlari hisoblanadi; e) hujayralarning soni 6-7 mln bo’ladi; f) zararlanishi tufayli shabko’rlik kelib chiqishi mumkin.
A) 1-b,d,f; 2-a.c.e; B) 1-a.b.e; 2-d,c,f
C) 1-c,d,f; 2-a,b,e; D) 1-a,c,e; 2-b,d,f
11. Yo’ldoshga tegishli bo’lmagan fikrlarni belgilang.
A) murtak parda vorsinkalari va bachadon devoir
shilliq pardasining birga yopishib o’sishidan hosil boladi
B) ona va homila o’rtasida gaz va moddalar almashinib
turadi
C) homilani shikastlanishdan asraydi
D) hosil bo’lishi bilan homila davri boshlanadi
12. Ko’z soqqalari pardalari va ularga xos tuzilish belgilarini juftlab ko’rsating.
a) oqsil parda, b) tomirli parda,
d) to’r parda, e) kamalak parda
1) qon tomirlari va pigmentli hujayralardan
iborat, oldingi qismi kamalak pardani hosil qiladi;
2) yorug’likka sezgir kolbasimon va tayoqchasimon hujayralardan iborat; 3) oldingi qismi tiniq muguz qavatni hosil qiladi; 4) tomirli pardaning oldingi rangli qismi
A) a-1; b-3; d-2; e-4; B) a-2; b-4; d-1; e-3.
C) a-3; b-2; d-4; e-1. D) a-3; b-1; d-2; e-4
13. Induksion tormozlanishga mos ma’lumotni aniqlang.
A) nerv markazlari hujayralaridagi energiya sarfi bilan bog’liq
B) notanish ta’sirlovchining nerv markaziga ta’sirida paydo bo’ladi;
C) shartsiz tormozlanish turiga mansub
D) bu tormozlanish to’qimalarni yemirilishdan
saqlab qoladi
14. Oraliq miya bilan mantiqiy bog’liq bo’lgan javobni aniqlang.
A) miya oyoqchalari, to’rt tepalikdan iborat;
B) ko’z soqqasi va yuz muskullarini harakatlantiruvchi markazlar mavjud;
C) kulrang moddasi ichki organlar ishini muvofiqlashtirib turadi;
D) shikastlansa ignaga ip o’tkaza olmaydi;
15. Katta qon aylanish sistemasi uchun mos kelmaydigan to’g’ri javobni aniqlang.
1) chap bo’lmacha; 2) o’ng qorincha; 3) chap qorincha;
4) o’ng bo’lmacha; 5) o’pka arteriyasi; 6) o’pka venalari 7) kovak venalar; 8) aorta qon tomiri;
A) 1,4,8 B) 3,4,7 C) 1,2,5 D) 3,5,6
16. Ikki tavaqali klapan joylashgan yurak kameralariga tegishli ma ‘lumotlarni aniqlang.
1) kata qon aylanishda ishtirok etadi; 2) venoz qon qabul qiladi; 3) vena qon tomiri kiradi; 4) kichik qon aylanishda ishtirok etadi; 5) arterial qon qabul qiladi; 6) venoz qon chiqaradi; 7) arteriya qon tomiri orqali qon chiqadi;
A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 1,3,6 D) 2,4,7
17.Muvozanatlashmagan,harakatchan (a) va
muvozanatlashgan, kamharakat (b) tiplarni aniqlang.
A) a-xolerik; b-melanxolik;
B ) a-sangivinik; b-flegmatik
C) a-flegmatik; b-sangivinik;
D) a-xolerik; b-flegmatik
18. Nafas olishga xos fikrlarni aniqlang.
a) Nafas olishda tashqi qovurg’alararo muskul qisqaradi. b) Diafragma muskuli bo’shashadi. c) qovurg’alar pastga tortililib diafragma qorin bo’shlig’iga osilib tushadi.
d) ichki qovurg’alararo muskul bo’shashib, ko’krak qafasi kengayadi. e) diafragma muskuli qisqaradi
A) a,e B) c,d C) a,b D)b,d
19. Ko’mik qismi g’ovak,o’rta qismi tig’iz moddadan iborat,ichi g’ovak bo’ladigan suyaklar guruhini aniqlang.
A) yelka bilak kurak o’mrov
B ) qovurg’a to’sh o’mrov
C) son boldir barmoq suyaklari
D) tepa yuz kurak chanoq
20. Quyida
“a” qismda ajratib ko’rsatilgan suyaklar uchun xos bo’lmagan javobni toping.
A) tuzulishiga ko’ra dumg’za suyagidan farq qilamaydi
B) 1-uchi kaft suyagiga 2-uchi bilak tirsakka tutashgan
C) tuzulishiga ko’ra dum suyagidan farq qiladi
D) tuzilishiga ko’ra ko’krak umurtqasidan farq qilmaydi
21.Sog’lom odam yuragining o’ng qorinchasi qisqarganda (a) va chap bo’lmachasi kengayganda (b) yurak klapanlarining qanday holatda ekanligini aniqlang.
A) a-ikki tavaqali klapan ochiq b-yarimoysimon
klapan ochiq
B) a-uch tavaqali klapan ochiq;
b-yarimoysimon klapan yopiq
C) a-ikki tavaqali klapan ochiq;
b- yarimoysimon klapan ochiq
D) a-uch tavaqali klapan yopiq;
b -ikki tavaqali klapan yopiq