119
umumiy majlis bo‗lib, u raisni, boshqaruvni, taftish komissiyasini
(taftishchini)
saylaydi, kooperativni (shirkatni) joriy boshqarish bo‗yicha
o‗z vakolatlarini ularga berib qo‗yadi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) umumiy
majlisi:
kooperativning (shirkatning) ustavini qabul qiladi va unga
belgilangan tartibda o‗zgartishlar kiritadi;
kooperativning (shirkatning) raisini, kooperativning (shirkatning)
boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularni
chaqirib oladi, ularning faoliyati to‗g‗risidagi hisobotlarini eshitadi va
faoliyatiga baho beradi;
kooperativ (shirkat) a‘zoligiga
qabul qilish, a‘zolikdan chiqarish
to‗g‗risidagi masalalarni, shuningdek kooperativ (shirkat) a‘zoligidan
chiqish bilan bog‗liq masalalarni hal etadi;
kooperativning (shirkatning) ichki mehnat tartibi qoidalarini hamda
mehnatga haq to‗lash tartibini belgilaydi;
kooperativ (shirkat) a‘zolarining mulkiy paylari miqdorini belgilaydi;
kooperativ (shirkat) faoliyatining biznes-rejalarini va ularning ijrosi
to‗g‗risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
120
daromadni
(foydani)
taqsimlash
tartibini,
kooperativning
(shirkatning) bo‗linmas, pay va boshqa jamg‗armalari
turlarini, miqdorini
va ulardan foydalanish yo‗nalishlarini belgilaydi;
kooperativni (shirkatni) qayta tashkil etish va tugatish, uning
uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa
birlashmalarga kirishi va
ulardan chiqishi masalalarini hal etadi.
Ko‗rsatib o‗tilgan ushbu masalalarni hal qilish qishloq xo‗jaligi
kooperativi (shirkat xo‗jaligi) umumiy majlisining mutlaq vakolatiga
kiradi. Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) har bir
a‘zosi, shu jumladan jamoa a‘zosi o‗zining mulkiy ulushi miqdoridan qat‘i
nazar ovoz berishda bitta ovozga ega bo‗ladi. Qishloq xo‗jaligi
kooperativida (shirkat xo‗jaligida) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan
shaxslar umumiy majlisda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
Umumiy majlis har yili moliya yili tugaganidan keyin o‗tkaziladi. U
qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) boshqaruvining (raisining)
qaroriga binoan yoki kooperativ (shirkat) a‘zolari kamida uchdan bir
qismining tashabbusi bilan navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin.
A‘zolarining soni besh yuz kishidan ortiq bo‗lgan yirik qishloq xo‗jaligi
kooperativlarida (shirkat xo‗jaliklarida) umumiy majlis vakolatiga
kiradigan
masalalarni hal qilish uchun, ustavda nazarda tutilgan hollarda,
vakillar majlisi chaqirilishi mumkin.
Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) boshqaruvi:
kooperativ (shirkat) faoliyatining biznes-rejalarini ishlab chiqadi va
umumiy majlis tasdig‗iga kiritadi;
kooperativ (shirkat) a‘zolarining umumiy majlisini chaqiradi va
majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini nazorat qiladi;
kooperativning (shirkatning) joriy xo‗jalik faoliyati masalalarini
uning ustaviga muvofiq hal etadi;
kooperativga (shirkatga) yangi a‘zolar qabul qilish va a‘zolikni
tugatish to‗g‗risidagi qarorni umumiy majlis tasdig‗iga kiritadi;
kooperativning (shirkatning) mol-mulki saqlanishini ta‘minlaydi
hamda yetkazilgan zararning o‗rni qoplanishiga doir choralarni ko‗radi;
zarurat bo‗lganda mustaqil auditorlik tekshirishlari o‗tkazilishini
tashkil etadi;
kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal
etadi.
Boshqaruv a‘zolarining soni qishloq xo‗jaligi kooperativining
(shirkat xo‗jaligining) ustavida belgilanadi. Qishloq xo‗jaligi
kooperativi
(shirkat xo‗jaligi) boshqaruvining a‘zolari o‗z tarkibidan kooperativning
121
(shirkatning) ustaviga muvofiq kooperativ (shirkat) raisining o‗rinbosarini
va boshqaruv kotibini saylashlari mumkin. Qishloq xo‗jaligi kooperativi
(shirkat xo‗jaligi) raisi boshqaruvga rahbarlik qiladi. Kooperativ (shirkat)
raisini saylash va chaqirib olish tartibi, shuningdek uning vakolatlari
kooperativ (shirkat) ustavida belgilanadi.
Taftish komissiyasi (taftishchi) qishloq xo‗jaligi kooperativining
(shirkat xo‗jaligining), boshqaruvning moliyaviy hamda xo‗jalik
faoliyatini tekshiradi va u umumiy majlisga hisobdordir.
Taftish
komissiyasi a‘zolarining soni kooperativning (shirkatning) ustavida
belgilanadi. Umumiy majlis qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat
xo‗jaligining) va uning boshqaruvining moliya-xo‗jalik faoliyatini
tekshirish uchun belgilangan tartibda auditor yoki auditorlik tashkilotini
jalb etishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: