O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

3-bosqich 
Kooperativ 
shtamplarini 
tayyorlash 
Bankda hisobvaroq 
ochish 


117 
Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) ustavi 
muassislar tomonidan ta‘sis yig‗ilishida qabul qilinadi, unga o‗zgartishlar 
kooperativ (shirkat) a‘zolarining umumiy majlisida kiritiladi. Ustavga 
kiritilgan o‗zgartishlar to‗g‗risidagi axborot kooperativni (shirkatni) davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazgan organga taqdim etiladi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) a‘zosi yoshi 16 ga 
to‗lgan, kooperativ (shirkat) ustavini tan oluvchi va uning talablariga rioya 
etuvchi, kooperativ (shirkat) faoliyatida va uning jamg‗armalarini 
shakllantirishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar bo‗lishlari mumkin. 
Yuridik shaxslar ham qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat 
xo‗jaligining) jamoa a‘zolari bo‗lishlari mumkin. Kooperativlar 
(shirkatlar) va ularning jamoa tarzidagi a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabatlar shartnoma asosida olib boriladi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativiga (shirkat xo‗jaligiga) a‘zo bo‗lib 
kirish berilgan ariza asosida amalga oshiriladi. Qishloq xo‗jaligi 
kooperativi (shirkat xo‗jaligi) boshqaruvining (raisining) kooperativga 
(shirkatga) qabul qilish to‗g‗risidagi qarori kooperativning (shirkatning) 
umumiy majlisida ariza bergan shaxsning ishtirokida tasdiqlanishi lozim. 
Bunday qarorni qabul qilish va uni tasdiqlash tartibi kooperativ (shirkat) 
ustavida belgilanadi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) a‘zolari quyidagi 
huquqlarga ega:

kooperativ (shirkat) ishlarini boshqarishda ishtirok etish;

kooperativning (shirkatning) boshqaruv organlariga saylash va 
saylanish;

kooperativ (shirkat) xizmatlaridan foydalanish;

o‗z mehnati natijalariga muvofiq daromadlar olish;

mulkiy payga muvofiq dividendlar olish.
Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) a‘zolari ustavga rioya 
etishlari, kooperativning (shirkatning) umumiy majlisi va boshqaruvi 
qarorlarini bajarishlari shart.
Qishloq xo‗jaligi kooperativiga (shirkat xo‗jaligiga) a‘zolik undan 
vaqtincha chiqib ketgan shaxslar uchun quyidagi hollarda saqlanib qoladi:
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‗tayotganda;
davlat va jamoat organlariga saylab qo‗yiladigan lavozimga 
saylanganda;
ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‗qishga kirganda;
boshqa qishloq xo‗jaligi kooperativlariga (shirkat xo‗jaliklariga), 
xo‗jaliklararo va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq 


118 
xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) boshqaruvi tomonidan belgilangan 
muddatga ishga yo‗llanganda.
Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) a‘zolari 
qarilik yoki nogironlik bo‗yicha ishni to‗xtatsa, uning umumiy majlisi 
qarori bilan belgilangan asos va shartlarda o‗zlarining kooperativga 
(shirkatga) a‘zoliklarini saqlab qoladilar.
Qishloq xo‗jaligi kooperativiga (shirkat xo‗jaligiga) a‘zolik quyidagi 
hollarda tugatiladi:
kooperativ (shirkat) a‘zoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda;
kooperativ (shirkat) faoliyatida mehnati bilan ishtirok etish 
tugatilganda;
kooperativ (shirkat) a‘zoligidan uning ustavida belgilangan hollarda 
va tartibda chiqarilganda;
boshqaruvning (raisning) qishloq xo‗jaligi kooperativiga (shirkatga) 
qabul qilish to‗g‗risidagi qarori umumiy majlisda tasdiqlanmaganda;
kooperativ (shirkat) xo‗jalik yuritishning boshqa shakllariga 
o‗zgartirilib qayta tashkil etilganda yoki kooperativ (shirkat) tugatilganda.
Qishloq xo‗jaligi kooperativiga (shirkat xo‗jaligiga) a‘zolikni 
tugatish tartibi uning ustavida belgilanadi. Qishloq xo‗jaligi kooperativi 
(shirkat xo‗jaligi) a‘zoligidan chiqarish ustidan sud tartibida shikoyat 
qilinishi mumkin.
Qishloq xo‗jaligi kooperativini (shirkat xo‗jaligini) qayta tashkil 
etish qonun hujjatlarida va kooperativ (shirkat) ustavida belgilangan 
tartibda qo‗shib yuborish, qo‗shib olish, bo‗lish, ajratib chiqarish va 
o‗zgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi):
umumiy majlis qaroriga binoan;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan 
tugatiladi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) kreditorlar 
da‘volari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki qiymati uning 
a‘zolari o‗rtasida taqsimlanadi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish