V bob. Xavfsizlik kengashi tarkibi



Download 16,9 Kb.
Sana09.03.2022
Hajmi16,9 Kb.
#486621
Bog'liq
V BOB


V BOB. XAVFSIZLIK KENGASHI Tarkibi

23-modda

1. Xavfsizlik Kengashi Tashkilotning oʻn besh Aʼzosidan iborat.Xitoy Xalq Respublikasi, Frantsiya, Sovet Sotsiyalistik Respublikarai Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolaridir. Bosh Assambleya Tashkilotning boshqa aʼzosini Xavfsixlik Kengashining muvaqqat aʼzolari sifatida saylaydi, bunda, avvalo, Tashkilot Aʼzolarining xakqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda va Tashkilotning boshqa maqsadlariga etishishda nechogʻliqatnashganligiga, shuningdek, adolatli jugʻrofiy taqsimotga alohida eʼtibor beradi.

2. Xavfsizlik Kengashining muvaqqat aʼzolari ikki yillik muddatga saylanadi. Muvaqqat aʼzolari soni oʻn bittadan oʻn beshtagacha koʻpaygach, toʻrtta qoʻshimcha aʼzolardan ikkitasi bir yil muddatga saylanadi. Xavfsizlik Kengashining chiqib ketayotgan aʼzosi darhol qayta saylana olmaydi.


3. Xavfsizlik Kengashining har bir aʼzosi bitta vakilga ega.


Vazifa va vakolatlari


24-modda

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tez va samarali harakat qilishini taʼminlash uchun uning Aʼzolari Xavfsizlik Kengashiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash boʻyicha asosiy maʼsuliyatni yuklaydilar va Xavfsizlik Kengashi shu maʼsuliyatdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarayotganda Tashkilot Aʼzolari nomidan ish koʻrishiga rozi boʻladilar.

2. Xavfsizlik Kengashi ushbu majburiyatlarini bajarayotganda Birlashgan Millatlarning Maqsad va Printsiplariga movofiq ish koʻradi. Shu majburiyatlarni bajarish uchun Xavfsizlik Kengashiga berilgan muayyan vakolatlar VI,VII,VIII,XII boblarda bayon qilingan.


3. Xavfsizlik Kengashi Bosh Assambleya muhokamasiga yillik maʼruzalar va, zaruratga qarab, maxsus maʼruzalar taqdim qiladi.


25-modda

Tashkilot Aʼzolari, ushbu Nizomga muvofiq, Xavfsizlik Kengashining qarorlariga boʻysunishga va ularni bajarishga rozilik beradilar.

26-modda

Qurollanish ishi uchun jahonning odam va iqtisodiyot zaxiralarini eng kam miqdorda jalb qilgan holda xalqaro tinchlik va xavfsizlik oʻrnatish va saqlashga koʻmaklashish maqsadida Xavfsizlik kengashi Tashkilot Aʼzolariga taqdim etish uchun qurollanishni tartibga solish tizimini vujudga keltirish rejalarining 47-moddada koʻrsatilgan Harbiy Shtab qoʻmitasi yordami bilan tuzilishiga javobgar hisoblanadi.

Ovoz berish


27-modda

1. Xavfsizlik Kengashining har bir Aʼzosi bitta ovozga ega.

2. Xavfsizlik Kengashining tartibot masalalari boʻyicha qarorlari, agar ularga Kengashning toʻqqiz aʼzosi yoqlabovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan, deb hisoblanadi, bunda bahsda qatnashivchi tomon VI bob asosida va 52-moddaning 3-bandi asosida qaror qabul qilishga ovoz berishdan oʻzini saqlashi kerak.


Tartibot

28-modda

1. Xavfsizlik Kengashi uzluksiz ishlay oladigan tarzda tuziladi. Buning uchun Xavfsizlik Kengashining har bir aʼzosi Birlashgan Millatlar Tashkiloti joylashgan joyda doimo oʻz vakiliga ega boʻlishi kerak.


2. Xavfsizlik Kengashi vaqti-vaqti bilan boʻladigan majlislarga toʻplanadi, ularda aʼzolardan har biri oʻz istagiga qarab yo hukumat aʼzosini yoki maxsus tayinlangan boshqa bir vakilini vakil qila oladi.


3. Xavfsizlik Kengashi majlislari nafaqat Tashkilot joylashgan joyda, balki Kengashning fikricha, uning ishlashiga koʻproq imkon beradigan boshqa har qanday joyda ham oʻtkazilishi mumkin.


29-modda
Xavfsizlik Kengashi oʻz vazifalarini bajarishi uchun qanday yordamchi organlarni zarur deb topsa, ularni taʼsis eta oladi.


30-modda
Xavfsizlik Kengashi oʻzining tartibot qoidalarini, shu jumladan, oʻz Raisini saylash tartibini belgilaydi.


31-modda

Tashkilotning Xavfsizlik Kengashiga aʼzo boʻlmagan har bir aʼzosi Xavfsizlik Kengashi muhokamasigs kiritilgan har qanday masalani koʻrib chiqishga, Xavfsizlik Kengashi ana shu masalani mazkur Aʼzoning manfaatlariga taaluqli deb topgan har bir holatda, ovoz berish huquqisiz qatnasha oladi.

32-modda

Tashkilotning Xavfsizlik Kengashi aʼzoligida turmagan har qanday aʼzosi yoki Tashkilotning aʼzoligida turmagan har qanday davlat, Xavfsizlik Kengashi koʻrib chiqadigan nizoda qatnashuvchi tomon boʻlsa, ular shu nizoga taaluqli muhokamada ovoz berish huquqidan foydalanmay qatnashish uchun taklif etiladi. Xavfsizlik Kengashi Tashkilot Aʼzosi boʻlmagan davlatning qatnashuvi uchun qanday sharoitni adolatli deb topsa, oʻshanday sharoitni vujudga keltiradi.

VI BOB. NIZOLARNI TINCH YOʻL BILAN HAL QILISH 33-modda


1. Har qanday nizoda qatnashubchi tomonlar, bu nizoning davom etishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikning saqlanishiga tahdid soladigan boʻlsa, avvalo, nizoning muzokaralar yuritish, tekshirish, vositachulik, yarashish, arbitraj, sud yoʻli bilan hal etish yoki mintaqaviy organlar yo bitimlarga murojaat qilish yoki oʻz xohishlariga koʻra, boshqa tinchlik vositalari bilan bartaraf qilishga intilishlari lozim.


2. Xavfsizlik Kengashi, zarur deb topsa, tomonlardan oralaridagi nizoni shunday vositalar yordamida bartaraf qilishni talab etadi.


34-modda
Xavfsizlik Kenggashi xalqaro ixtilofga sabab boʻlishi yoki nizo chiqarishi mumkin boʻlgan har qanday kelishmovchilik yoki vaziyatni, ularning davom etishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikning saqlanishiga tahdid sola olishi ehtimolini aniqlash maqsadida, tekshirishga vakil qilinadi.


35-modda
1. Tashkilotning har bir Aʼzosi 34-moddada koʻrsatilgan tarzdagi har qanday nizo yoki vaziyatni Xavfsizlik Kengashiga yoki Bosh Assambleyaga maʼlum qila oladi.


2. Tashkilot aʼzosi boʻlmagan davlat xavfsizlik Kengashi yoki Bosh Assambleyani oʻzi bir tomoni boʻlgan har qanday nizo toʻgʻrisida, agar u ushbu Nizomda koʻrsatilgan nizolarni tinchlik yoʻli bilan bartaraf qilish majburiyatlarini oldindan oʻz zimmasiga olsa, xabardor qila oladi.


3. Bosh Assambleya oʻzoga ushbu modda asosida maʼlum qilingan ishlarni 11- va 12-moddalardagi qoidalarga muvofiq hal etadi.


36-modda

1. Xavfsizlik Kengashi 33-moddada koʻrsatilgan tarzdagi nizoning yoki shunga oʻxshash vaziyatning har qanday bosqichida uni bartaraf etishning tegishli tartibi yoki usulini tavsiya etishga vakil qilinadi.
2. Xavfsizlik Kengashi shu nizoni bartaraf qilish uchun tomonlar tarafidan qabul qilib boʻlingan har qanday tartibni eʼtiborga oladi.
3. Xafvsizlik Kengashiushbu modda asosida tavsiyalar berganda yuridik xarakterdagi nizolar umumiy qoida sifatida, Sud Statuti qoidalariga muvofiq Xalqaro Sudga oshirilishi kerakligini ham eʼtiborga oladi.

37-modda
1. Agar tomonlar 33-moddada koʻrsatilgan tarzdagi nizoni shu moddada koʻrsatilgan vositalar bilan bartaraf qilolmasalar, uni Xavfsizlik Kengashiga oshiradilar.


2. Agar Xavfsizlik Kengashi shu nizoning davom etishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikning saqlanishiga haqiqatan tahdid qilishi mumkin, deb hisoblasa, u 36-modda asosida ish koʻrosh kerakmi yoki nizoni bartaraf qilishning oʻzi maʼqul topgan shartlarni tavsiya etish kerakligini hal qiladi.
38-modda
Xavfsizlik Kengashi, agar har qanday nizoda qatnashuvchi barcha tomonlar iltimos qilsalar, 33-37-moddalarning qoidalariga putur etkazmasdan tomonlarga shu nizoni tinch yoʻl bilan bartaraf etish maqsadida tavsiyalar berishga vakil qilinadi.

VII BOB. TINCHLIKKA TAHDID QILISH, TINCHLIKNI BUZISH VA BOSQINCHILIK HARAKATLARIGA NISBATAN KOʻRILADIGAN CHORALAR 39-modda


Xavfsizlik Kengashi tinchlikka har qanday tahdid qilish, tinchlikni har qanday tarzda buzish yoki bosqinchilik harakati mavjudligini aniqlaydi va tavsiyalar beradi yoki xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoxud tiklash uchun 41- va 42-moddalarga muvofiq qanday choralar koʻrish kerakligini hal qiladi.


40-modda
Xavfsizlik Kengashi vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun tavsiyalar berish yoki 39-moddada koʻzda tutilgan choralarni koʻrish haqida qaror qabul qilishdan avval, manfaatdor tomonlardan oʻzi vaqtincha koʻrilishi lozim va maʼqul, deb topgan choralarning bajaralishini talab etishga vakil qilinadi. Bunday vaqtincha choralar manfaatdor tomonlarning huquqlariga, daʼvolariga yoki mavqeiga zarar etkazmasligi lozim.


Xavfsizlik Kengashi shu muvaqqat choralarning bajarilmaganligini tegishlicha hisobga oladi.
41-modda
Xavfsizlik Kengashi oʻz qarorlarini amalga oshirish uchun qurolli kuchlardan foydalanish bilan aloqador boʻlmaganqanday choralar koʻrish kerakligini hal etishga vakil qilinadi va u Tashkilot Aʼzolaridan shunday choralarni koʻrishni talab qila oladi. Bu choralarga iqtisodiy munosabatlarni, temir yoʻl, dengiz, havo, pochta, telegraf, radio yoki boshqa aloqa vositalarini toʻla yoki qisman toʻxtatish, shuningdek, diplomatic munosabatlarni uzib qoʻyish kirishi mumkin.
42-modda
Agar Xavfsizlik Kengashi 41-moddada koʻzda tutilgan choralarning etarli boʻlmasligi mumkin yoki etarli emas, deb topsa, u havo, dengiz yoki quruqlikdagi kuchlar yordamida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoki tiklash uchunzarur choralar koʻrishga vakil qilinadi. Bu choralarga Tashkilot Aʼzolarining havo, dengiz yoki quruqlikdagi kuchlarining namoyishi, qamal qilishi va boshqa amaliyotlari kirishi mumkin.
43-modda
1. tashkilotning barcha aʼzolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash ishiga oʻz hissasini qoʻshish uchun Xavfsizlik Kengashi ixtiyoriga unung talabi boʻyicha va maxsus bitim yoki bitimlarga binoan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun zarur qurolli kuchlar, yordam va tegishli xizmat vositalarini, shu jumladan, hududidan oʻtish huquqini berish majburiyatini oladilar.

2. Bunday bitim yoki bitimlar qoʻshinlarning soni va turi, ularning tayyorgarlik darajasi va umumiy joylashuvi hamda xizmat koʻrsatish vositalari va yordam xarakterini belgilaydi.


3. Bitim yoki bitimlar tuzish toʻgrisidagi muzokaralar Xavfsizlik Kengashining tashabbusi bilan mumkin qadar qisqa muddatda olib boriladi. Bitim yoki bitimlar Xavfsizlik Kengashi bilan Tashkilot Aʼzolari oʻrtasida yoki Xavfsizlik Kengashi bilan Tashkilotning bir guruh Aʼzolari oʻrtasida tuzilib, ularni imzolagan davlatlar tomonidan shu davlatlarning konstitutsion tartibotiga muvofiq ratifikatsiya qilinishi kerak.


44-modda

Xavfsizlik Kengashi kuch ishlatishga qaror qilganida, Kengashda vakili bo‘lmagan Tashkilot Aʼzosidan 43-modda asosida uning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish yuzasidan qurolli kuchlar berishini talab qilishdan ilgari, Tashkilotning shu aʼzosini, agar u istasa, Xavfsizlik Kengashining shu Tashkilot Aʼzosining qurolli kuchlari qismlaridan foydalanish yuzasidan qarori qabul qilinishida qatnashishga taklif etadi.


45-modda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining shoshilinch harbiy choralar ko‘rishiga imkoniyat tug‘dirish maqsadida, Tashkilot aʼzolari o‘z milliy harbiy havo kuchlari qismlarini birgalikda xalqaro majburiy choralar ko‘rish uchun tayor holatda ushlashlari lozim. Bu qismlarning soni va tayorgarlik darajasini hamda ularning birgalikda harakat qilish rejalarini Xavfsizlik Kengashi Harbiy-Shtab qo‘mitasi yordami bilan maxsus bitimda yoki 43-moddada eslatilgan bitimlarda ko‘rsatilgan meʼyorda belgilaydi.
46-modda
Qurolli kuchlar ishlatish rejalarini Xavfsizlik Kengashi Harbiy-Shtab qo‘mitasi yordami bilan tuzadi.
47-modda
1. Harbiy-Shtab qo‘mitasi Xavfsizlik Kengashiga uning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash ishidagi harbiy ehtiyojlariga, o‘z ixtiyoriga berilgan qo‘shinlardan foydalanish va ularga qo‘mondonlik qilishga, shunnigdek, qurollanishni tartibga solish va ehtimol tutilgan qurolsizlanishga doir barcha masalalar bo‘yicha maslahatlar berish va yordam ko‘rsatish uchun tuziladi.
2. Harbiy-Shtab qo‘mitasi Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari shtablari boshliqlari yoki ularning vakillaridan tahkil topadi.
3. Harbiy-Shtab qo‘mitasi Xavfsizlik Kengashiga bo‘ysingani holda, Xavfsizlik Kengashining ixtiyoriga berilgan har qanday qurolli kuchlarga strategik rahbarlik qilishga javobgardir. Bunday kuchlarga qo‘mondonlik qilishga taalluqli masalalar keyinchalik ishlab chiqilishi lozim.
4. Harbiy-Shtab qo‘mitasi Xavfsizlik Kengashining ruxsati bilan va tegishli mintaqaviy Tashkilotlar bilan maslahatlashgandan keyin o‘zining mintaqaviy kichik qo‘mitalarini taʼsis eta oladi.

48-modda
Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash maqsadida Xavfsizlik Kengashi qarorlarini bajarish uchun talab qilinadigan harakatlar Xavfsizlik Kengashi qanday belgilaganiga qarab, Tashkilotning barcha Aʼzolari yoki ularning baʼzilari tomonidan amalga oshiriladi.


49-modda
Tashkilot Aʼzolari Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan qarorlarda ko‘rsatilgan choralarni amalga oshirishda o‘zaro yordam berish uchun birlashishlari kerak.
50-modda
Xavfsizlik Kengashi biron davlatga qarshi ogohlantiruvchi yoki majburlovchi choralarni ko‘rsa, boshqa har qanday davlat yuqorida eslatilgan choralarni amalga oshirishdan kelib chiqadigan maxsus iqtisodiy muammolarga duch kelsa, Tashkilotga Aʼzo yoki Aʼzo emasligidan qatʼi nazar, shu muammolarni hal qilish uchun Xavfsizlik Kengashi bilan maslahatlashishga haqli.

51-modda



Ushbu Nizom Tashkilot Aʼzosiga qurolli hujum qilingan taqdirda, Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun zarur choralar ko‘rmaguncha, uning alohida yoki birgalikda o‘z-o‘zini mudofaa qilishdan iborat ajralmas huquqiga also monelik qilmaydi. Tashkilot Aʼzolarining o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqini amalga oshirishda ko‘rgan choralari Xavfsizlik Kengashiga darhol maʼlum qilinishi va uning mazkur Nizomga muvofiq hamma vaqt xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoki tiklash uchun qanday chorani zarur topsa, uni amalga oshirishda Xavfsizlik Kengashiga berilgan vakolatlarga va uning mas`uliyatiga hech bir daxl qilmasligi kerak.
Download 16,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish