20
soluvchi har biri agrar huquqiy normalarining guruhlaridan tashkil topgan
agrar-huquqiy institutlar majmui tushuniladi. Institutlar va ularga
jamlangan normalar esa o‗z navbatida agrar huquqi tizimining ichki
birligini tashkil etadi.
Jumladan, qishloq xo‗jalik korxonalarining yerdan
foydalanishi bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlarni tartibga soluvchi
huquqiy normalar yig‗indisi qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerdan
foydalanish huquqiy institutini tashkil etadi.
Agrar huquqining institutlari deganda bir turdagi qishloq xo‗jalik
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir-biriga yaqin bo‗lgan huquqiy
normalar yig‗indisi tushuniladi, ya‘ni bir-biriga o‗xshash bo‗lgan moddalar
yig‗ilib bitta agrar huquqi institutini tashkil etadi. Bunday huquqiy
moddalar
bitta qonunda emas, balki bir necha qonunlarda o‗z ifodasini
topishi mumkin. Masalan, qishloq xo‗jalik korxonalarining yerdan
foydalanish huquqi institutiga oid normalar Yer kodeksida, ―Fermer
xo‗jalik to‗g‗risida‖, ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi qonunlarda o‗z
ifodasini topgan.
Agrar huquqi institutlari tabiati agrar huquqi xususiyatidan,
uning
o‗ziga xos jihatlaridan kelib chiqadi. Ma‘lumki, agrar huquqi o‗zida turli
huquq sohalariga tegishli bo‗lgan munosabatlarni tartibga soluvchi turli
qonunchilik sohalariga taalluqli bo‗lgan normalarni jamlaydi. Agrar
huquqiy munosabatlari o‗zida moliya, fuqarolik, xo‗jalik, yer, kooperativ,
mehnat va boshqa huquq sohalari normalari bilan tartibga solinadigan
tashkiliy,
moliyaviy,
shartnoma,
mulkiy
munosabatlar
tizimlari
yig‗indisini ifoda etadi. Agrar huquqi institutlarining
murakkabligi va
o‗ziga xosligi mana shu xususiyatlar bilan bog‗liqdir.
Agrar huquqi institutlari qishloq xo‗jalik munosabatlarini yanada
to‗laroq tasavvur qilishga yordam beradi. Bu institutlar yordamida agrar
huquqi tartibga soladigan munosabatlar doirasi, turlari to‗g‗risida
ma‘lumot olish mumkin. Agrar huquqi majmualashgan huquq sohasi
bo‗lganligi uchun uning institutlari boshqa huquq sohasining ham instituti
hisoblanishi mumkin. Chunonchi, qishloq xo‗jalik korxonalarining yerdan
foydalanish huquqi instituti yer huquqining ham mustaqil instituti, qishloq
xo‗jalik korxonalarining moliyaviy faoliyati
instituti moliya huquqining
ham instituti, qishloq xo‗jalik korxonalari mulkining huquqiy holati
instituti fuqarolik huquqining ham instituti, mehnat muhofazasi,
ish haqi
kabi institutlar mehnat huquqining ham institutlari, qishloq xo‗jaligida
shartnoma munosabatlari instituti xo‗jalik yoki fuqarolik huquqining ham
institutlari bo‗lishi mumkin. Agrar huquqi majmualashgan huquq sohasi
bo‗lganligi uchun uning institutlari ham shunday tusda bo‗ladi.
21
Agrar huquqi umumiy qismini tashkil etadigan institutlar umumiy
institutlar va alohida
qismidagilar esa maxsus, ya‘ni predmetli institutlar
deb ataladi. Umumiy qism institutlari o‗zidagi normalarda mazkur fan
tarmog‗i va qonun hujjatlari rivojlanishi uchun asos bo‗ladigan eng muhim
holatlar, qoidalar yoki tamoyillarni aks ettiradi. Bu institutlarda jamlangan
holatlar, qoidalar va prinsiplar agrar huquqining maxsus institutlari
mazmuni va tarkibi shakllanishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Alohida
qismning institutlari esa umumiy institutlarga nisbatan bo‗ysinuvchi
vaziyatda bo‗ladi. Ular mazkur huquq tarmog‗ining
umumiy holatlari,
qoidalari yoki tamoyillarini namoyon qilmaydi. Ularning amal qilish
doirasi ma‘lum ijtimoiy munosabatlar bilan cheklangan bo‗ladi. Bu
toifadagi
institutlarning
normalari
ijtimoiy
munosabatlar
qatnashchilarining subyektiv yuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Agrar huquqi yuridik fan sohasi va o‗quv predmeti sifatida umumiy,
alohida va maxsus qismdan iborat bo‗ladi. Ushbu fanning maxsus qismda
chet mamlakatlar agrar huquqi to‗g‗risida ma‘lumot berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: