17
agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yo‗lga qo‗yish
tartibi to‗g‗risida‖
10
gi nizomga muvofiq, meva-sabzavot mahsulotlari va
uzum, shuningdek boshqa qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirishga
ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari, barqaror xo‗jalik aloqalariga va ilg‗or
ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‗lgan meva-sabzavot mahsulotlari
va uzumni qayta ishlash korxonalari, yuridik shaxs bo‗lmagan yakka
tartibdagi tadbirkorlar, O‗zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan
O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy
investorlar agrofirmaning
muassislari bo‗lishi mumkin. Agrofirmalar uning qatnashchilari tomonidan
ixtiyoriy tartibda tashkil etiladi va agrofirmani ta‘sis etishda uning
qatnashchilari o‗z mustaqilligini saqlab qoladi. Agrofirmalar tijorat
tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-
huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Agrar huquqi subyektlari orasida tijoratchi bo‗lmagan tashkilotlar
ham mavjud bo‗lib, ular bevosita qishloq xo‗jalik faoliyati bilan yoki u
bilan bog‗liq boshqa faoliyat bilan shug‗ullanadilar. Ushbu subyektlar
orasida bog‗dorchilik va uzumchilik shirkati alohida o‗ringa ega.
Bog‗dorchilik-uzumchilik shirkati shirkat a‘zolariga umumiy ijtimoiy-
xo‗jalik vazifalarini hal etishda hamda bog‗dorchilik va uzumchilikni
yuritishda ko‗maklashish uchun jismoniy shaxslar
tomonidan ixtiyoriy
asoslarda ta‘sis etilgan notijorat tashkilot hisoblanadi. Shirkat yuridik
shaxs hisoblanadi, o‗z nomi yozilgan shtampga, muhrga va blankalarga,
shuningdek bankda hisob raqamlariga ega bo‗ladi hamda o‗z faoliyatini
shirkat ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Shirkat faoliyati Vazirlar
Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-son qarori bilan tasdiqlangan
―Bog‗dorchilik-uzumchilik shirkatlari to‗g‗risida‖
11
gi nizom bilan tartibga
solinadi.
Respublikamizda asosiy qishloq xo‗jalik tovar ishlab chiqaruvchilari
bo‗lgan fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa
yer egalarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda O‗zbekiston fermer, dehqon
xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining faoliyati muhim
hisoblanadi.
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
10-oktyabrdagi ―Fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari
faoliyatini yanada rivojlantirish bo‗yicha tashkiliy chora-tadbirlar
10
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2006 y., 11-son, 84-modda; 2009 y., 10-11-son, 115-modda, 15-
son, 190-modda; 2012 y., 8-9-son, 85-modda.
11
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2011 y., 9-son, 90-modda.
18
to‗g‗risida‖
12
gi PQ–3318-son qarori kengashning asosiy vazifalari va
faoliyat yo‗nalishlarini quyidagicha belgilab berdi:
fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini, shu jumladan davlat va xo‗jalik
boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, ta‘minot va
xizmat ko‗rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, nazorat qiluvchi
organlar tomonidan tekshirishlar o‗tkazish jarayonida hamda sudlarda
ishlarni ko‗rib chiqishda himoya qilish;
fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash,
saqlash va sotish ishlarida, shu
jumladan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda hamda shartnomalar
tuzishda, mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishda har tomonlama
ko‗maklashish;
qishloq xo‗jaligida shartnoma intizomini mustahkamlash, fermer,
dehqon xo‗jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalarining huquqiy
savodxonligi
va
madaniyatini
oshirish,
agrar
sohada
mehnat
munosabatlarini takomillashtirish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari bilan birgalikda
samarali faoliyat yuritayotgan fermer, dehqon xo‗jaliklari
va tomorqa yer
egalarini rag‗batlantirish, faoliyatida kamchiliklarga yo‗l qo‗yayotgan yer
egalariga nisbatan jamoatchilik yo‗li bilan ta‘sir choralarini ko‗rish;
sohada zamonaviy resurstejovchi ilg‗or agrotexnologiyalarni,
muqobil energiya vositalarini, shuningdek innovatsiya va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga ko‗maklashish;
ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklarini rivojlantirishga va har tomonlama
qo‗llab-quvvatlashga ko‗maklashish, ular uchun qulay ishbilarmonlik
muhitini yaratishda bevosita ishtirok etish;
chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa
sohalarga ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklarini
rivojlantirish yuzasidan
amaliy choralar ko‗rish, mazkur yo‗nalishlarda faoliyat yuritayotgan
namunaviy fermer xo‗jaliklarining tajribalarini keng ommalashtirish;
qishloq xo‗jaligida huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda
boshqa masalalar bo‗yicha konsalting xizmatini, shuningdek mahsulotni
ishlab chiqarish,
xarid qilish, qayta ishlash, sotish, ta‘minot va xizmat
ko‗rsatish bo‗yicha fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarining
12
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017 y., 07/17/3318/0094-son; 19.01.2018 y., 06/18/5304/0591-
son; 27.04.2018 y., 07/18/3680/1110-son; 04.05.2018 y., 06/18/5428/1158-son; 03.07.2018 y., 07/18/3824/1427-son,
01.08.2018 y., 06/18/5497/1604-son.
19
boshqa tashkilotlar bilan kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etish
va kengaytirish, bu sohada ilg‗or xorijiy tajribalarni joriy etish;
qishloq joylarda aholining dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish,
ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanish, shaxsiy manfaatdorligi
va mas‘uliyatini oshirish yuzasidan keng qamrovli targ‗ibot ishlarini olib
borish.
qishloq xo‗jaligida fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari
ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va
jamoatchilik nazoratini olib borish.
Yuqorida sanab ko‗rsatilganlardan tashqari qishloq xo‗jalik
mahsulotlari
yetishtiruvchi
xo‗jaliklararo tashkilotlar,
shuningdek
fuqarolar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari ham agrar huquqining
subyektlari hisoblanishlari mumkin. Agrar huquqining subyektlari yuridik
shaxs huquqiga ega bo‗lishlari yoki yuridik shaxs huquqiga ega
bo‗lmasdan ham faoliyat ko‗rsatishlari mumkin. Yuridik shaxs maqomiga
ega bo‗lgan barcha belgilar agrar huquqi subyektlariga ham taallukli
bo‗ladi.
Agrar huquqining obyekti sifatida qishloq xo‗jalik mahsulotlarini
ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bilan bog‗liq yuridik va jismoniy
shaxslarning faoliyati tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: