O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Agrar huquqining subyektlari va obyektlari



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

3-§. Agrar huquqining subyektlari va obyektlari 
 
Agrar huquqining subyektlari deganda, qishloq xo‗jaligi faoliyati va 
u bilan bog‗liq boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy 
shaxslar tushuniladi. Turli tashkiliy-huquqiy shakldagi qishloq xo‗jalik 
tashkilotlari, tijoratchi va tijoratchi bo‗lmagan tashkilotlar, fermer 
xo‗jaliklari, dehqon xo‗jaliklari, tomorqa yer egalari, bog‗dorchilik, 
uzumchilik bilan shug‗ullanuvchi shirkatlar, agrofirmalar, chorvachilik 
bilan shug‗ullanuvchilar agrar huquqining subyektlari bo‗lishi mumkin. 
Qishloq xo‗jaligi faoliyati va u bilan bog‗liq boshqa faoliyatni 
amalga oshiruvchi tuzilmalar turli tumanligi bilan ajralib turadi. 
Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi faoliyati bilan hozirgi 
vaqtda fermer xo‗jaliklari, dehqon xo‗jaliklari, qishloq xo‗jalik 
kooperativlari (shirkat xo‗jaligi), davlat xo‗jaliklari, tomorqa yer egalari, 
ijara jamoalari va boshqalar shug‗ullanmoqdalar. Bugungi kunda 
Respublikamizda qishloq xo‗jalik faoliyati bilan bog‗liq boshqa faoliyatni 
amalga oshiruvchi tuzilmalar-Fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer 
egalari kengashlari, Suv iste‘molchilari uyushmalari ham mavjud bo‗lib, 
ular ham agrar huquqining subyektlari hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasining ―Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi 
qonunning 3-moddasida fermer xo‗jaligini O‗zbekiston Respublikasida 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyekti sifatidagi huquqiy 
maqomi mustaxkamlangan. Qonunga ko‗ra, fermer xo‗jaligi ijaraga 
berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‗jaligi 
mahsulotini yyetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
faoliyat turlari bilan shug‗ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir. Ko‗p 
tarmoqli fermer xo‗jaligi qishloq xo‗jaligi mahsulotini yyetishtirish bilan 


16 
birga qishloq xo‗jaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya 
qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‗rsatish va 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan 
shug‗ullanuvchi fermer xo‗jaligidir. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖
8
gi 
qonunda dehqon xo‗jaligini oilaviy mayda tovar xo‗jalik ekanligi, oila 
a‘zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanishi, meros qilib qoldiriladigan 
umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‗iga berilgan tomorqa yer 
uchastkasida qishloq xo‗jaligi mahsuloti yyetishtirishi va realizatsiya 
qilishi belgilangan. Dehqon xo‗jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati 
jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‗jaligi a‘zolarining istagiga ko‗ra 
yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga 
oshirilishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat 
xo‗jaligi) to‗g‗risida‖
9
gi qonunida qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat 
xo‗jaligi)ni tovar qishloq xo‗jaligi mahsuloti yetishtirish uchun pay usuliga 
va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda 
birlashishiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‗jalik 
yurituvchi subyekt sifatidagi belgilari mustaxkamlangan. 
Agrar huquqining yana bir subyekti, bevosita qishloq xo‗jalik 
faoliyati bilan shug‗ullanmasadan, u bilan bog‗liq boshqa faoliyat, fermer 
xo‗jaliklari va aholi tomonidan yyetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari 
va uzumni qayta ishlash hamda sotish faoliyati bilan shug‗ullanuvchi 
Agrofirmalar haqida to‗xtalib o‗tish maqsadga muvofiq. O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 42-son qarori 
bilan tasdiqlangan ―Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida 
8
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 88-modda; 2004 y., 1-2-son, 18-modda; 
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2004 y., 51-son, 514-modda; 2016 y., 52-son, 597-modda. 
9
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 84-modda; 2004 y., 1-2-son, 18-modda; 
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2008 y., 52-son, 513-modda; 2013 y., 1-son, 1-modda. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish