- Reja: 1.Hozirgi o‘zbek adabiy tili fonologiyasi
- 2.Fonemaning turlari
- 3.Nutq tovushlarining tasnifi
Fonetika so‘zi grekcha “phone” so‘zidan olingan bo‘lib tovush demakdir. Demak, fonetika tovush haqidagi ta’limotdir. Biroq tabiatda tovushlar ko‘p, ularning xili, turi cheksiz, chegarasiz, shuning uchun borliqdagi tabiiy tovushlar, ularning xususiyatlari bilan “Fizika”ning maxsus sohasi (akustika) shug‘ullanadi, tilshunoslikning maxsus sohasi bo‘lgan “Fonetika” esa faqat nutq tovushlari, ularning xususiyatlarini o‘rganadi va o‘rgatadi. - Fonetika so‘zi grekcha “phone” so‘zidan olingan bo‘lib tovush demakdir. Demak, fonetika tovush haqidagi ta’limotdir. Biroq tabiatda tovushlar ko‘p, ularning xili, turi cheksiz, chegarasiz, shuning uchun borliqdagi tabiiy tovushlar, ularning xususiyatlari bilan “Fizika”ning maxsus sohasi (akustika) shug‘ullanadi, tilshunoslikning maxsus sohasi bo‘lgan “Fonetika” esa faqat nutq tovushlari, ularning xususiyatlarini o‘rganadi va o‘rgatadi.
- Ko‘rinadiki, fonetika tilning tovushlar tizimi, ularning tuzilishi, nutq jarayonida o‘zgarishi, o‘zaro almashinishi, nutqiy holat bilan aloqador bo‘lgan bo‘g‘in va uning turlari, so‘z urg‘usi haqida nazariy va amaliy ma’lumot beradigan tilshunoslikning maxsus sohasidir. Fonetika garchi nutq tovushlari bilan shug‘ullansa ham, tilshunoslikning leksika va grammatika sohalari bilan ham bog‘liq, chunki nutq tovushlari ma’noviy farqlantiruvchi til birligi bo‘lganligi uchun so‘z bilan aloqador, so‘zning tuzilishiga va ma’nosini farqlashga xizmat qiladi. So‘zning bu xususiyatlari bilan leksikologiya ham shug‘ullanadi, bu jihatda fonetika va leksika (leksikologiya) birbiri bilan aloqadordir. Grammatika ham so‘z va uning tarkibi, o‘zgarishi (bu fonetik-tovush tarkibi va tovush o‘zgarishi hamdir) bilan shug‘ullanganligi sababli ham leksika, ham fonetika bilan aloqador. Bularning barchasi tilshunoslikning birbiri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydigan maxsus sohalaridir. So‘nggi paytlarda tilshunoslikda fonetika va fonologiya birbiridan farqlana boshlandi. Aslida bular-bir sohaning ikki tomoni bo‘lib, ularning farqi shundaki, fonetika nutq tovushlarining hosil bo‘lishi, artikulyatsion va akustik xususiyatlari bilan shug‘ullansa, fonologiya ko‘proq tovush, urg‘u va ohangning ma’no tomoni - ma’noni farqlantiruvchilik xususiyati bilan qiziqadi.
N.S.Trubetskoy fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o‘rganadi. Siyosiy iqtisod fani mahsulotshunoslikka qanday munosabatda bo‘lsa, fonologiya ham fonetikaga shunday munosabatda bo‘ladi, degan. Fonetik birliklarga tovush, bo‘g‘in, urg‘u, ohang kiradi; fonologik birliklarga esa fonama, sillabema, aksentema, intonema kiradi. Demak, fonetika aniq, fonologiya mavhum tushuncha ekan. Tovush, ayniqsa, nutq tovushlari ancha murakkab hodisadir. Shuning uchun uning o‘rganiladigan tomonlari ko‘p. Shu tufayli fonetika bir necha sohalarga bo‘linadi: 1. Umumiy fonetika nutq tovushlari, ularning turlari, o‘zgarishlari haqida ma’lumot beradi. 2. Tarixiy fonetika har bir nutq tovushining tarixan paydo bo‘lishi, uzoq tarixiy jarayonda ularning o‘zgarishi, boshqa tovushlar bilan almashinishi bilan qiziqadi. 3. Qiyosiy fonetika qarindosh tillarning tovush tizimini qiyosiy o‘rganish bilan shug‘ullanadi. - N.S.Trubetskoy fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o‘rganadi. Siyosiy iqtisod fani mahsulotshunoslikka qanday munosabatda bo‘lsa, fonologiya ham fonetikaga shunday munosabatda bo‘ladi, degan. Fonetik birliklarga tovush, bo‘g‘in, urg‘u, ohang kiradi; fonologik birliklarga esa fonama, sillabema, aksentema, intonema kiradi. Demak, fonetika aniq, fonologiya mavhum tushuncha ekan. Tovush, ayniqsa, nutq tovushlari ancha murakkab hodisadir. Shuning uchun uning o‘rganiladigan tomonlari ko‘p. Shu tufayli fonetika bir necha sohalarga bo‘linadi: 1. Umumiy fonetika nutq tovushlari, ularning turlari, o‘zgarishlari haqida ma’lumot beradi. 2. Tarixiy fonetika har bir nutq tovushining tarixan paydo bo‘lishi, uzoq tarixiy jarayonda ularning o‘zgarishi, boshqa tovushlar bilan almashinishi bilan qiziqadi. 3. Qiyosiy fonetika qarindosh tillarning tovush tizimini qiyosiy o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
4. Eksperemental fonetika har bir nutq tovushining paydo bo‘lish, talaffuz qilish jarayonidagi holatini maxsus asboblar vositasida tekshiradi, ilmiy xulosalar chiqaradi. 5. Tavsifiy fonetika nutq tovushlarining hozirgi holatini, nutq jarayonidagi turli o‘zgarishlarini tasvirlab beradi. O‘rta va oliy maktabda nutq tovushlarini o‘rganish ilmiy, tarixiy yoki eksperemental emas, balki tavsifiy (tasviriy) xarakterda bo‘ladi. Fikr ifodalash vositasi bo‘lgan til dastavval tovush sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun tovush tilning qurilish materiali, moddiy tomoni hisoblanib, bu tovushlar faqat insonning nutq a’zolari vositasida hosil qilinadi. Nutq a’zolari vositasida hosil qilinadigan, ma’no ifodalaydigan so‘zlarni shakllantirishda xizmat qiladigan tovushlargina nutq tovushlari deyiladi. - 4. Eksperemental fonetika har bir nutq tovushining paydo bo‘lish, talaffuz qilish jarayonidagi holatini maxsus asboblar vositasida tekshiradi, ilmiy xulosalar chiqaradi. 5. Tavsifiy fonetika nutq tovushlarining hozirgi holatini, nutq jarayonidagi turli o‘zgarishlarini tasvirlab beradi. O‘rta va oliy maktabda nutq tovushlarini o‘rganish ilmiy, tarixiy yoki eksperemental emas, balki tavsifiy (tasviriy) xarakterda bo‘ladi. Fikr ifodalash vositasi bo‘lgan til dastavval tovush sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun tovush tilning qurilish materiali, moddiy tomoni hisoblanib, bu tovushlar faqat insonning nutq a’zolari vositasida hosil qilinadi. Nutq a’zolari vositasida hosil qilinadigan, ma’no ifodalaydigan so‘zlarni shakllantirishda xizmat qiladigan tovushlargina nutq tovushlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |