O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

«Navbatdagi muhim masala - 
respublikaning qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar 
va standartlarga muvofiq holga keltirishdir. 
Jahonda inson huquqlari sohasida 70 
standart qabul qilingan. Bu hujjatlarda hukumatning o’z fuqarolari oldidagi majburiyatlari 
va ularga nisbatan qilishi shart bo’lmagan ishlar belgilab berilgan. O’zbekiston hozircha bu 
standartlardan 15 tasiga qo’shilgan».
11
Biroq, bu narsa mutlaqo xorijiy tajribani ko’r-ko’rona o’zlashtirib olishni anglatmaydi. 
Mazkur ishda xalqimizning madaniy va ma’naviy an’analarini hisobga olish shart. Bu esa, 
har qanday tajribani o’zlashtirishga jiddiy yondashishni talab qiladi. 
Davlat va huquq nazariyasining metodologiya sifatidagi ahamiyati davlat 
faoliyatining muayyan sohalarida huquqiy tartibga solishning qoida va shartlarini 
o’rganuvchi maxsus sohaviy yuridik fanlar uning qonuniyatlaridan foydalanishida yorqin 
namoyon bo’ladi. Biroq, davlat va huquqni bilishning ham maxsus, ham alohida metodlari 
shunday bilish vositalarini qo’llashdan iboratki, ular faqat davlat-huquqiy reallikning o’ziga 
xos sohalarini o’rganishgagina yaraydi. Alohida metod orasida, bizningcha, aniq-
sotsiologik, qiyosiy-huquqiy, rasman-yuridik (qat’iy normativ), huquqiy modellashtirish, 
shuningdek, matematik, matematik-statistika, kibernetika va boshqa metodlarni aytib 
o’tish kerak. 
Qabul qilingan qarorlar samaradorligini, huquqiy tartibga solish Yoki huquqiy 
muhofazaning o’z vaqtida va ta’sirchan bo’lishini baholash chog’ida huquqiy va davlat 
institutlari faoliyatining turli sohalarini o’rganishda aniq sotsiologik metod ko’pincha yagona 
to’g’ri yo’l bo’lib chiqadi. 
Ushbu metod ijtimoiy amaliyot ehtiyojlarini o’rganish hamda muhim davlat-huquqiy 
masalalarni hal yetishga yondashishga ko’maklashibgina qolmay, balki yaqin kelajakda 
birinchi navbatda yechilishi zarur bo’ladigan bir qator muammolarni aniqlashga ham 
yordam beradi. Buni misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. 
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga shaxdam qadamlar bilan kirib bormoqda. Bu juda 
murakkab va qiyin jarayondir. Binobarin, bu yyerda davlat va huquq rivojining umumiy 
qoida va tamoyillarini, xususiyatlari va yo’nalishlarini aniqlashning o’zi kifoya qilmaydi. 
Amaldagi munosabatlarda bozor qanday faoliyat ko’rsatadi, Yana ham muhimrog’i, 
butunicha davlat-huquqiy tizimi va uning har bir unsuri doirasida samarali faoliyat 
ko’rsatishini qanday ta’minlaydi, buni aniq bilish lozim. 
Respublikamizda bu masalalarga katta e’tibor berib kelinyapti va ularning ko’pchiligi 
muvaffaqiyatli hal etilyapti. Jumladan, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaginidek, bozor 
infratuzilmasini yaratish va uning faoliyati jarayonlarini muvofiqlashtirib borishni 
10
Osnovniye zadachi sovetskogo sotsialististicheskogo prava. M,1938, 
11
I.A.Karimov. Yangicha fikrrlash va ishlash - . 5-tom. Т., «O’zbekiston», 1996, 119-bet. 


12 
ta’minlovchi qonun hujjatlari faol shakllantirildi. Ularning asosiy qoidalari banklar, bank 
faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik to’g’risidagi, sug’urta, birjalar faoliyati to’g’risidagi, qimmatli 
qog’ozlar va fond birjasi to’g’risidagi va boshqa qonunlarda o’z aksini topdi. Mazkur 
qonunlarning qabul qilinishi bilan bozor mexanizmlarini rivojlantirishining mustahkam 
poydevori yaratildi
12

Yuqorida ko’rsatilgan muammolarni muvaffaqiyatli hal yetish uchun davlat va huquq 
nazariyasi anketa so’rovlari, muloqotlar uyushtirish, tajribalar o’tkazish kabi qator 
metodlardan foydalanadi. Nihoyat, bularning hammasi huquqiy echimlarning eng maqbul 
yo’llarini topish, ijtimoiy-huquqiy islohotlarni o’tkazish sohasida, jinoyatchilikka qarshi, 
uning eng xavfli ko’rinishlari - uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashda ilmiy 
asoslangan istiqbol rejalarini ishlab chiqish maqsadida olib boriladigan 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish