6
I bob. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI - UMUMNAZARIY FAN SIFATIDA
1-§. Davlat va huquq nazariyasining o’ziga xos xususiyatlari
Bugun ro’y berayotgan o’zgarishlar bizni ko’pchilik
tushunchalar, atamalarni
qaytadan idrok yetish va hatto qadriyatlarni qayta baholash bilan shug’ullanishga undaydi.
Boshqacha bo’lishi ham mumkin emas. Zero, davlat va huquq nazariyasi sobiq Ittifoq
sharoitida ma’muriy-buyruqbozlik tizimining g’oyaviy asosi va oqlovchisi vazifasini
bajarganligi sababli u albatta, qayta idrok etilishga muhtoj.
Bundan tashqari, bugungi
jamiyatimiz taraqqiyotiga xos yangiliklar, davlat va huquq tushunchasi, ularning mohiyati,
tasnifi, vazifalarini yangicha talqinda tubdan qayta ko’rib chiqishni zamon taqozo etmoqda.
Bu - tabiiy hol.
Davlat va huquq nazariyasi faniga bolsheviklarcha yondashuv, kommunistik mafkura
talablari asosida munosabatda bo’lish shunisi bilan farq qilardiki, bilimning bu sohasida
insoniyat to’plagan boyliklarning ko’p qismi hamda respublikamizda, xorijiy mamlakatlarda
saqlanib, yig’ilib kelgan davlat-huquq tafakkuri durdonalari marksizm-leninizm qoidalariga
mos kelmagan taqdirda, e’tibordan batamom chetda qolib kyetardi.
Shuni ta’kidlash joizki,
huquq sohasida, ayniqsa uning «yuridik texnologiyasi»
haqida gap ketganda, uning ko’pgina nazariy qoidalarini bugun ham ma’lum jihatdan
qo’llanish mumkin bo’lsada, ammo davlatshunoslik fani sohasida ahvol anchagina
achinarlidir. Prezidentimiz Islom Karimov haqqoniy ta’riflab berginidek, O’zbekiston (sobiq
Ittifoqning boshqa respublikalari qatori) amalda o’z davlatchiligiga ega bo’lmasada, hamma
yyerda «kapitalizmning mashaqqatli bosqichini chetlab, sotsializmga o’tginimiz» haqida jar
solingan bir sharoitda boshqacha bo’lmasdi ham. Amalda esa, jamiyatimiz uning dahshatli
bir ko’rinishidan iborat edi... Boz ustiga nokapitalistik taraqqiyot yo’liga o’tgan
mamlakatlarni taklif etib, bizning tajribamiz asosida ularni ham kapitalizmdan «sakrab»
o’tishga o’rgatmoqchi bo’lishardi.
Halokatga
eltuvchi, oldingisidan kelib chiqadigan yoki hech bo’lmaganda, u bilan
bog’liq Yana bir illat shundan iborat ediki, markscha-lenincha davlat va huquq nazariyasi
insonni huquqdan ajratib qo’ygan, shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlariga to’liq
bo’ysundirgan, inson, fuqaro va shaxsning o’zini esa, mutlaqo e’tibordan chetda
qoldirgandi.
Hozirgi vaqtda davlat va huquq nazariyasining evolyutsiyasi - uning markscha-
lenincha mazmun va shaklidan voz kechish jarayoni kechmoqda. Ayniqsa, so’z davlat
haqida borgani da bu holat yaqqol ko’zga tashlanadi.
Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasidayoq
Prezidentimiz davlat va
huquq nazariyasi hamda amaliyotini yangicha tushunish zaruratini asoslabgina qolmay,
balki uning mohiyatini ham ta’riflab berdi: «Biz yaqin o’tmishimizda sinfiy hukmronlikning
quroli sifatida davlat haqidagi markscha g’oyani shior qilib olib, bu nazariyani dogmaga,
davlat va huquqni esa sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni engish vositasiga aylantirgan edik.
Demoqratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li
bilan
emas balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan
bartaraf yetish vositasiga aylanadi.
Huquqning o’ziga esa ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-
intizomga erishish,
erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida
yondashiladi»
1
.
Davlat va huquq nazariyasini asl holicha qayta tiklash jarayoni endigina
boshlanmoqda. Shu munosabat bilan, bu xildagi yondashuv sabablarini sub’yektiv emas,
1
I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom.
Т.,1996, 19-20-bеtlar.
7
balki ob’yektiv xarakterga ega deb hisoblovchi A.B.Vengerov da’vosiga qo’shilmaslikning
iloji yo’q. U o’z fikrini quyidagicha ifodalaydi: «Davlat va huquq nazariyasi davlat va
huquqning kelib chiqishi, davlat va huquq mohiyatida sinfiylik va umuminsoniylikning birga
qo’shilib kyetishi to’g’risidagi yangi bilimlar bilan boyidi. Sotsialistik
davlatlarning faoliyat
yuritishi va evolyutsiyasi haqidagi yangi bilimlar paydo bo’ldi. Burjuaziya davlatlari
tushunchasi ham yangicha idrok etila boshlandi. Hozirgi zamon davlatchiligi taraqqiyotida
insonparvarlik va demokratik qadriyatlar to’g’risida ham yangi bilimlar yuzaga keldi.
Zo’ravonlik, totalitarizmga qarshi kurashda konstitutsiyaviy qonunchilikka asoslanishdek
demokratik qadriyat hamda qonunlar ustuvorligi tushunarli bo’lib qoldi. Davlatchilikni
rivojlantirishning istiqbolli va progressiv maqsadlardan biri sifatida ijtimoiy huquqiy davlat
to’g’risidagi masala yangichasiga ko’ndalang bo’ldi. Inson huquqlari va erkinliklarining
butun muammolar majmui, alohida individ, shaxs huquqlarining davlat, millat, xalq jamoa
tuzilmalari huquqlari oldidagi ustuvorligi yangicha namoyon bo’lmoqda»
2
.
Yuqoridagilardan
kelib chiqib, yuridik oliy o’quv yurtlari talabalari bugungi kunda
foydalanayotgan ko’pgina darsliklar, adabiyotlar umuman eskirganligi va endilikda jahonda
va respublikamizda ro’y bergan va berayotgan shiddatli o’zgarishlar bilan bog’liq talablarga
javob bera olmasligini isbotlab o’tirishning hojati yo’q. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Oliy Majlisning to’rtinchi sessiyasida quyidagalarni alohida ta’kidladi:
«Milliy tiklanish mafkurasiga va umumbashariy qadriyatlarni o’rganishga asoslanishi
zarur bo’lgan ta’lim-tarbiya, uning yangicha mazmuni to’g’risida besh yildan beri gapiramiz.
Biroq ko’pgina o’quv yurtlarida, ayniqsa, ijtimoiy, jamiyatshunoslikka oid fanlar bo’yicha
hamon eski o’quv qo’llanmalari, o’quv dasturlaridan foydalanilmoqda.
Bunday ahvolni mustaqil mamlakatimizning bolalariga, yosh avlodiga qarshi jinoyat
deb baholash kerak»
3
.
Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,
yangi
qonunlarimizga asoslangan hamda jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
ma’naviy va boshqa jarayonlarni hisobga oluvchi yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari,
ma’ruza to’plamlari, uslubiy ishlanmalarni chop yetish zarurati allaqachon yetildi. Biroq,
eng muhimi - davlat va huquq umumiy nazariyasining yangi konsepsiyasi zarur. Mazkur
bo’shliqni to’ldirish - respublikamiz huquqshunos olimlarining asosiy maqsadlaridan biridir,
deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: