O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

qiyosiy huquqshunoslik 
(yuridik komparativistika)ning 
shakllanishiga olib keldi, achi olimlar, hatto, uni 
huquqshunoslik fanining mustaqil tarmog’i deb hisoblaydilar. 
Rasman-yuridik (qat’iy normativ) metodni 
huquqshunoslik faniga xos, uning 
tabiatidan kelib chiqadigan, tom ma’noda an’anaviy metod deb atash mumkin. Uning 
mohiyati shundan iboratki, huquq butun borligicha o’rganiladi. U hech narsaga 
taqqoslanmaydi, iqtisodiyot, siyosat, axloq, boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog’lanmaydi. 
Bunda sof ko’rinishdagi huquq - uning toifalari, tavsiflari, belgilari, tarkibi, tuzilishi, 
yuridik texnikasi ana shu usulning tadqiqot doirasiga kiradi. Mazkur metod ko’pdan ma’lum 
bo’lib, o’rta asrlardayoq huquqiy qoidalarni talqin yetish hamda amaldagi qonunlarni 
rasmiy tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi butun bir maktab va yo’nalishlar (glossatorlar, 
postglossatorlar) tarkib topgan. 
Ushbu metodni ulkan asos bilan umumiy bo’lmagan - 
alotsida metod 
deb atash 
mumkin. Chunki, u faqat huquqni o’rganishdagina qo’llaniladi. Shunisi qiziqki, bu holatda 
sof ko’rinishdagi 
huquq tadqiqot mavzui bo’lib qoladi. 
«Sof»
huquq nazariyasi (huquq 
normativchiligi maktabi) asoschilaridan biri Gans Kelzenning yozishicha: «Huquq 
to’g’risidagi ta’limotning «sof» deb atalishining sababi shundaki, u faqat birgina huquq 
bilan shug’ullanadi va jiddiy ma’noda huquqqa aloqasi bo’lmagan hamma narsadan 
o’rganilayotgan mavzuni «tozalaydi»
13

Shuni ta’kidlash joizki, huquqshunos olimlar bu metodga ancha yuksak baho 
beradilar, ba’zan baholari shu qadar jonli va ehtirosli bo’ladiki, bu ta’rif-tavsiflarni badiiy 
nasrdan deyarli farq qilolmaysiz. Mana ulardan biri: 
«Bu vositadan foydalanib (rasmiy yuridik metod nazarda tutiladi), huquqiy 
materiyaning ich-ichiga kirib borish, huquq anatomiyasini ikir-chikirlarigacha bilib olish 
mumkin. Huquq va uning tarkibiy qismlarini, qonunlarni, ayrim huquqiy tavsiyalarga 
«ishlov berish», ushbu metodni jarroh pichog’idek qo’llash bilangina yuridik norma qanday 
qismlardan iborat ekanligini, uning sanksiyasi qanday tuzilishi kerakligini, har bir normativ-
huquqiy hujjat uchun majburiy tarkibiy qismlar nimalardan tashkil topishi zarurligini 
aniqlash mumkin»
14

Vaholanki, yaqin-yaqinlargacha sho’ro huquqshunoslik fanida davlat-huquqiy 
hodisalarni rasmiy-yuridik jihatdan qarab chiqish ko’pchilikka ma’qul kelmasdi. Bu o’rinda 
o’sha vaqtlardagi huquq amaliyoti uchun va nafaqat huquq, balki boshqa sohalar uchun 
ham noyob bo’lmagan bunday yondashuv haqida yaqin o’tmishda keng tarqalgan bir ibora 
- «...rasman to’g’ri, mohiyatan tahkdrning o’zginasi» jumlasini eslash kifoya. Ayni paytda 
bu metodni nazar-pisand qilmaslik, unga e’tiborsizlik bilan qarashga asos yo’q. 
Rasmiyatchilik - huquqning ajralmas xususiyatidir. Rasmiy metod huquq va davlatni ilmiy 
idrok yetishda majburiy, zaruriy bosqichdir. Zero, u olingan bilimni tavsiflash, 
umumlashtirish, tasniflash, bir tizimga solish, imkon qadar aniq va ravshan yetkazib 
berishga ko’maklashadi. Rasmiy-yuridik metodning unsurlarini davlat va huquq, ayniqsa, 
huquqiy modellashtirish, matematik-statistika metodlari kabi o’rganish vositalarida ham 
uchratish mumkin. 
Davlat-huquq ob’yektlari murakkab tizimlardan iborat ekanligi va ular kechayotgan 
jarayonlarning ziddiyatli va xilma-xilligini hisobga oladigan bo’lsak, metodlarning butun bir 
13
Кельзен Г. Чистое учение о праве// Чистое учение о праве Ганса Келъ-ина. М.: 1987, 7-bet.
14
Бабаев В.К. Предмет и метод теории права//Общая теория права. -Нижний Новгород. 1993, 46-bet. 


14 
majmuini qo’llash zarurati tushunarli bo’lib qoladi. Ular orasida huquqiy 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish