19
o’zlashtirish mumkin bo’lmay qoladi.
Chindan ham yuridik
fanlar huquqning mohiyati, mazmuni va shaklini, huquq
sohalari va tartibotlarini, huquq tizimi va tasnifi, huquqiy me’yorlari va huquqiy
munosabatlarni
ilmiy idrok etmay turib, faqat ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan
natijalargagina tayanib, qanday qilib samarali rivojlanish mumkin? Xatti-harakatlarning
qonuniyligini, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik, qonuniylikning umumiy masalalarini,
ya’ni huquq umumiy nazariyasi shug’ullanadigan masalalarni bilmasdan jinoyatchilikka
qarshi, ayniqsa, uning murakkab va uyushgan shakllariga qarshi samarali kurash olib
borish mumkin emas.
Yoki boshqa bir misolni olaylik. Hozir hammamiz
mamlakatimizda huquqiy
demokratik davlatni barpo yetish zaruriyati haqida gapiryapmiz. Xalqimiz mazkur masalaga
ongli ravishda tushunib yondashmoqda. Lekin shunday savolga javob beringa: davlatning
mohiyati, mazmuni, shakllari, uning ijtimoiy roli va vazifasi to’g’risidagi fundamental
tushunchalarsiz ushbu katta ahamiyatga molik, dolzarb vazifani hal yetish mumkinmi?!
Demak, davlat va huquqning umumiy nazariyasi o’zining maxsus va sohaviy yuridik
fanlarga bo’lgan munosabatida umumlashtiruvchi, rahbariy, yo’naltiruvchi,
metodologik
ahamiyatga molik fan bo’lib, u sohaviy va maxsus yuridik fanlarning nazariy asoslariga oid
muammolarni ishlab chiqish uchun zarur.
Ammo bir ishtiboxdanlantirib qo’yish darkor. Xuddi naturfilosofiya (tabiat falsafasi)
aniq tabiiy ilmiy o’rnini bosolmay, u yoki bu fan sohalari oldidagi konkret vazifalarni
echishni uddalay olmasdan o’z tarafdorlarini metafizikaning boshi berk ko’chasiga olib kirib
qo’yginidek, huquq nazariyasi ham huquqiy bilimning sohalariga xos muammolarni
echishga urinmasligi kerak, buning uddasidan ham chiqolmaydi. Bu vazifa o’z maxsus
nazariyasiga ega bo’lgan sohaviy fanning faoliyat doirasiga kiradi.
Haqiqatan ham, protsessual fanlar dalillar
nazariyasini rivojlantiradi, uning asosiy
qoidalaridan ayrimlari huquq nazariyasi ham o’rganadi. Fuqarolik huquqi fani, jumladan,
majburiyat huquqi, intellektual mulk, yuridik shaxs, mulkiy javobgarlik nazariyasini ishlab
chiqadi. Biroq umumnazariy
qoidalardan foydalanilmaganda, mazkur ilmiy bilimlar jo’n
pozitivizmga, u Yoki bu qonun hujjatlari va ular ayrim moddalarining oddiy bayoniga
aylanib bo’lardi. Shunga qaramay, umuman olganda, huquq umumiy nazariyasining
tarmoq fanlari bilan hamkorlikdagi faoliyati o’zaro foydali, ob’yektiv bo’lib, hozirgi zamon
huquq nazariyasiga xosdir.
Demak, davlat va huquq umumiy nazariyasi maxsus va
sohaviy fanlarga nisbatan
dasturiy, yo’naltiruvchi, metodologik ahamiyatga ega bo’lgan umumlashtiruvchi fan sifatida
maydonga chiqadi. U sohaviy va maxsus yuridik fanlar shug’ullanvuchi maxsus, tor
doiradagi muammolarni ishlab chiqish uchun ham kerak. Boz ustiga davlat va huquq
umumiy nazariyasi sohaviy bilimlar tayyorlagan xulosalarni tadqiq qiladi va tartibga soladi,
ulardan o’z ilmiy g’oyalarini shakllantirishda foydalanadi. Shu bilan birga bu – uning
xulosalari ixtisoslashgan Yoki sohaviy yuridik fanlar xulosalarining oddiy yig’andisi yoxud
majmuidan iborat, degan ma’noni anglatmaydi. Bu yyerda hamma narsa biz o’ylagandan
ko’ra a murakkabroqdir.
Qadimdan ma’lumki, har qanday fanning nazariya saviyasi qanchalik yuqori, ilmiy
zamini mustahkam bo’lsa, uning ilmiy-metodologik ahamiyati
ham shunchalik yuksak
bo’ladi. Davlat va huquq umumiy nazariyasi haqida gap ketganda, bu
fikr o’n chandon, yuz chandon ko’proq kerak va muhimroqdir. Birinchi navbatda bu davlat
va huquq nazariyasi amaliyot bilan nafaqat tarmoq Yoki ixtisoslashgan fanlar orqaligina
emas, balki bevosita bog’liq ekanligi bilan ham izohlanadi. Agar Yana sohaviy fanlar o’z
tadqiqotlarida faqat hozirgi zamon davlat amaliyotiga, amaldagi huquqqa urg’u berishi,
ayni paytda esa, davlat va huquq umumiy nazariyasi ilmiy tekshirishlarida makon va
zamonda cheklanmaganligini hisobga oladigan bo’lsak, ularning o’zaro bir-birlarini boyitishi