O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. O’zbekiston Respublikasidagi asosiy huquq tarmoqlarining qisqacha tafsili



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
3-§. O’zbekiston Respublikasidagi asosiy huquq tarmoqlarining qisqacha tafsili 
Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tarmoqlari - ijtimoiy munosabatlarning katta bir 
yaxlit sohasini tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidan iborat huquq tizimning yirik 
tarkibiy qismidir. 
Hozirgi paytda, O’zbekistonda mavjud eng asosiy huquq tarmoqlariga va ularning 
o’ziga xos jihatlariga, predmeti va tartibga solish usuli xususiyatlariga, har bir tarmoqning 
yaxlit huquq tizimida egallagan o’ziga xos va mos o’rniga, ularning o’zaro farqlariga 
to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. 
Huquq tizimida yetakchi o’rinni 
konstitutsiyaviy (davlat) huquq 
egallaydi. Bu 
huquq tarmogi davlatga oid eng muhim, asosiy bo’lmish munosabatlarni tartibga soladi va 
shu bois uning normalarida boshqa huquq normalari uchun negiz bo’ladigan qoidalar 
mustahkamlangan. Uning asosiy normalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
va boshqa qonunchilik aktlarida mustahkamlangan. Konstitutsiyaviy huquq normalari 
O’zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, shaxsning huquqiy holati, davlat 


177 
hokimiyatining oliy va mahalliy organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari 
asoslarini va davlat tuzilishiga oid boshqa masalalarni mustahkamlaydi. Davlat tuzumiga 
oid munosabatlar bevosita konstitutsiyaviy huquqning ob’yekti hisoblanadi. Bu huquq 
tarmog’i usulining mazmuni - ta’sis etish, mustahkamlashdan iboratdir. Ta’kidlash lozimki, 
mazkur huquq normalari, asosan, gipoteza va dispozitsiyadan iborat tuzilmaga ega bo’lib, 
ularda aniq sanksiya mustahkamlanmagan. Ayni paytda, Konstitutsiyaning ba’zi normalari 
to’g’ridan to’g’ri harakat qilipga mumkin. 
Ma’muriy huquq 
konstitutsiyaviy huquq bilan mustahkam bog’liq huquq tarmog’i 
hisoblanadi va u ijroiya hokimiyatini amalga oshirishda vujudga keladigan boshqaruv 
munosabatlarini tartibga soladi. Bu huquq tarmog’i normalari davlat organlari, jamoat 
birlashmalari va mansabdor shaxslarning boshqaruv, ijro etish hamda farmoyish berish 
bilan bog’liq faoliyatini tartibga soladi. Boshqaruv, ijro etish va farmoyish berish 
funksiyasini amalga oshiruvchi organlar, jumladan, Prezident devoni tuzilmalari, hukumat, 
vazirliklar, qo’mitalar, mahalliy organlar ma’muriyati tegishlicha vakolatlar bilan 
ta’minlangan. Xalq xo’jaligining, iqtisodiyot va madaniyat sohalari, sanoat, qishloq xo’jaligi, 
fan va ma’rifat, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, mudofaa va xavfsizlik kabilar bu 
huquq tarmog’ining ob’yekti bo’lib hisoblanadi. 
Tarmoqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda qo’llaydigan usuli hokimiyat va 
bo’ysunish, imperativ xarakterdagi buyruqlar, lavozimi va darajasiga asoslangan bo’g’inma-
bo’g’in bo’ysunish, topshirilgan soha uchun javobgarlik kabilardan iborat. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish