Tashabbuskor xodimlarni vakolatlar bilan ta’minlash



Download 32,01 Kb.
bet1/5
Sana13.12.2022
Hajmi32,01 Kb.
#884685
  1   2   3   4   5
Bog'liq
38-mavzu


13.2.3. Tashkilotning reaksiyasini va yangiliklarni tadbiq etish
qobiliyatini qo’llab-quvvatlash.
Strategiyani shakllantirish va tadbiq etish – bu menejerning burchi hisoblansa ham, yakka inson yangi g’oyalarni yaratish, yangi imkoniyatlarni aniqlash, va o’zgaruvchan muhitga nisbatan moslashish vazifalarini bajara olmaydi. Strategik sardorlikning mushkul tomonlaridan biri xodimlardan yangi g’oyalarni to’plash, o’zgaruvchan muhitga moslashish imkonini beradigan tadbirkorlik ruhini rag’batlantirishdir. Moslashuvchan va novatorlik muhiti tez rivojlanayotgan yuqori darajali texnologiyali tarmoqlar uchun juda muhim. Ushbu tarmoqlarda mahsulot qisqa hayotiy sikl bilan, o’sish esa mahsulotlarning yangi turlari bilan tavsiflanadi. Menejerlar xodimlarni faqat ijodiy ishlashga chaqirish orqali bunday muhitni shakllantira olmaydilar.

Yuqori natijalarga yo’naltirilgan madaniyatga ega tashkilotlarda ajoyib natijalarga erishayotgan insonlar qadrlanadi.


Yangi g’oyalarni, eng yaxshi xizmatlarni, yangi mahsulotlarni va ularni yangi yo’nalishda qo’llanilishini targ’ibot qiluvchilarni qo’llab-quvvatlanishi hamda o’z g’oyalarini yangi bo’linmalarda, korxonalarda va yangi tarmoqlarda joriy etishni istovchilar to’g’risida g’amxo’rlik qilish sardorga yaxshi foyda keltiradi.
Tashabbuskor xodimlarni vakolatlar bilan ta’minlash. Tashabbuskor xodimlarga qulay sharoit yaratish uchun menejerlar bir necha tadbir-choralarni amalga oshirishlari kerak bo’ladi. Birinchidan, menejerlar xodimlarni va bo’limlarni yangi g’oyalarni taklif etishga, ijodiy ishlashga, tashabbuskor bo’lishga rag’batlantirishi lozim. Tashkilot madaniyati xodimlarga tajriba o’tkazish va yangiliklarni kiritishni targ’ibot etishi shart. Har bir xodim undan g’oyalar va barqaror takomillashish kutilayotganini his etishi lozim.

Tashqi muhit o’zgarish tezligi oshgan sari menejerlar innovasiya ruhiga va moslashish qobiliyatiga ko’proq e’tiborni qaratishga majbur bo’ladilar.
Ikkinchidan, tashabbuskor xodimlarning yangiliklarga, o’zgartirishlarga intilishini hurmat qilish va norasmiy so’rovlardan va «aql hujumlaridan», tadqiqot erkinligidan foydalanishni singdirishi lozim. Avvalambor, ijodiy fikrlovchi insonlarga xotirjamlikni buzuvchi dushman sifatida qaramaslik kerak. Uchinchidan, menejerlar xatolik va kamchiliklarga, tajribalarga chidam bilan qarashlari lozim. Ko’pchilik g’oyalar aniq natija bermaydi, lekin tashkilot izlanishlar, tajribalar asosida rivojlanadi. To’rtinchidan, g’oyalarni qo’llab-quvvatlash uchun menejerlar har xil tashkiliy shakllardan ya’ni, venchur brigadalardan, ishchi guruhlardan, har xil guruhlar o’rtasida musobaqa tashkil etishdan va boshqalardan foydalanishi lozim. Beshinchidan, menejerlar muvaffaqiyat keltirgan g’oyalar uchun munosib mukofotlanishi, muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar esa jazolanmasligi hamda yangi izlanishlarni davom ettirish imkoniyatiga ega bo’lishlari lozim.
Qisqacha aytganda, rahbariyatning vazifasi – moslashuvchan novatorlik ruhi bilan sug’orilgan madaniyatga ega bo’lishdir. Ushbu madaniyat o’zgaruvchan tashqi muhitdan qo’rqishni, chap berishni emas unga to’g’ri yondashishni, moslashishni o’rgatadi.

Download 32,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish