O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 


172 
XIV bob. HUQUQ TIZIMI 
 
1-§. Huquq tizimi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari 
Atrofimizda kechayotgan ijtimoiy hayot turfa ijtimoiy munosabatlar makonidir. 
Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ayni paytda, mazmunan muayyan 
guruhlarga birlashadilar, boshqacha qilib aytganda, ular ma’lum darajada ixtisoslashadi, 
oqibat natijada yaxlit bir makrotizimni tashkil etadi. Bu ob’yektiv jarayon o’z navbatida uni 
tartibga soladigan huquq normalarining ham tegishlicha guruhlanishini, tizimlanishini 
belgilaydi. 
Huquq tizimi - huquqning ichki tuzilishi, ichki qurilishi - tarkibi bo’lib, u huquqning 
qanday qismlardan iborat ekanligini va qismlar o’rtasidagi munosabat hamda nisbatni 
ko’rsatadi. 
Huquq tizimi ob’yektiv xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki, mavjud ijtimoiy 
munosabatlar va ularning real manzarasi huquq tizimini belgilovchi omil hisoblanadi. 
Ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi, yangilanishi huquq tizimida o’zining aynan ifodasini 
topadi, shu jihatdan har bir davlat huquq tizimi shu jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning 
in’ikosi, ifodasi hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday huquq davlat tomonidan o’rnatilgan va 
bajarilishi davlat tomonidan ta’minlanadigan normalar yigindisidan iborat, ayni vaqtda bu 
normalar majmui stixiyali tarzda jamlangan bo’lmay, balki qismlari o’zaro muvofiqlik, 
bog’liqlik asosida birlashgan. Bu tizim bir paytda umumiylik va alohidalik, mustaqillik va 
bog’liqlik, o’xshashlik va farqlanish xususiyatlariga egadir. Huquq tizimini tashkil etgan 
normalarning umumiyligi va mushtarakligi ularda ifodalangan davlat amrining birligi, 
huquqiy normalar amal qilib turgan «huquqiy zamin» hisoblanmish huquqiy tizimning, 
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmi va bu mexanizm asoslanadigan 
umumiy qoidalarning yaxlitligi, shuningdek, vazifa va maqsadlar mushtarakligi bilan 
belgilanadi. 
Huquq tizimi jamiyatda mavjud bo’lgan va doimo rivojlanish jarayonini boshidan 
kechirayotgan ijtimoiy munosabatlarning ifodasi bo’lib, u huquqning ichki tuzilishini, unda 
huquq normalarining ham umumlanish, ham farqlanish xususiyatlarini ko’rsatadi. 
Huquq tizimi: 
- birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmuni bilan bog’liq holda, ob’yektiv 
ravishda shakllangan; 
- ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya’ni bu tizim qanday 
ichki «qurilma»dan iboratligini ko’rsatadi; 
- uchinchidan, huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning muayyan 
guruhlarga birlashishini ko’rsatadi; 
- to’rtinchidan, huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalarning va ular birlashgan 
guruhlarning o’zaro farqlanishini, alohidalanishini ko’rsatadi; 
- beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarning xususiyati va ularning o’ziga xosligi 
yuridik normalarning ham ma’lum darajada ixtisoslashuvini taqozo etadi. 
Malumki, tizimlar nazariyasiga ko’ra, har qanday tizimning tarkibiy qurilishi muayyan 
qoidalar va mezonlar asosida tashkil topadi. Biron-bir tizimni chuqurroq anglash uchun 
tizim asosida yotadigan shu mezonlarni aniqlash ahamiyatga molikdir. Bunday aniqlash 
huquq tizimini o’rganish uchun ham zarur bo’lib, uning natijasida biz yaxlit huquqning 
tarkiban nimalarga asoslanib «qurilganligi», huquq normalarining jamlanishi va guruhlarga 
bo’linishi asosida nimalar yotganligini bilib olamiz. Shu maqsadda ilmiy-o’quv adabiyotida 
qator yondashuvlardan foydalaniladi. Genetik yondashuv asosida birlamchi va ikkilamchi 
(hosila) mezonlar ajratiladi. Huquqqa nisbatan birlamchi mezon bo’lib, avvalo, inson 
hisoblanadi. Shu ma’noda huquqqa nisbatan ikkilamchi (hosila) mezon bo’lib, turli yo’llar 


173 
bilan shakllangan ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, eng avvalo, davlat va jamiyat 
hisoblanadi. Tarixiy yondashuvga asosan esa huquqning tizim sifatida shakllanishining 
butun rivojlanish yo’lini kuzatib tahlil etish mumkin, bu jarayonda eng muhim mezon 
sifatida huquqning shakli (manbai) oldinga chiqadi. Huquq shakllarini tahlil etish orqali biz 
u yoki bu huquq tizimi uchun xos bo’lgan tizim shakllantiruvchi asoslarni aniqlashimiz 
mumkin. Tarixiy yondashuv huquq tizimining genetik aloqalarini ochib berishi bilan bir 
qatorda, tarixiy rivojlanish jarayonida huquq tizimida bo’lgan dinamik o’zgarishlarni ham 
kuzatish mumkin. Bu avvalo insonning o’zining individ sifatida va turli ijtimoiy-siyosiy 
tuzilmalar a’zosi sifatida rivojlanishi bilan bog’liq. Bundan tashqari, huquq tizimiga turli 
diniy, etnik, g’oyaviy omillar va ularning o’zaro nisbati ta’siri ham namoyon bo’lgan. 
Huquq tizimiga tizimli-tuzilmaviy yondashuv uning ichki tuzilmasida huquq 
normalarining ma’lum tarzda tartibli joylashganligini ko’rsatadi. Huquq tizimida joylashgan 
normalarning tartibga solinganligi, o’zaro muvofiqligi va aloqadorligi hamda ayni paytda 
farqlanishi ijtimoiy munosabatlarning ham xuddi shunday tuzilmaviy xarakteri va ularni 
huquqiy tartibga solishning bog’liqligi bilan belgilanadi. 
Huquq tizimliligi bir necha darajalarni o’z ichiga oladi. Ulardan birinchisi o’z ichki 
aloqalariga ega bo’lgan huquq normasidir. Tu aloqadorlik sababli u konkret huquqiy 
munosabatlarni tartibga soladi. Shu bilan bir qatorda, aynan bir munosabat bir necha 
normalar bilan tartibga solinadi va bu ularni huquq tizimliligining ikkinchi darajasi 
hisoblangan huquq institutiga birlashtirishga asos bo’ladi va bu huquq normasining tashqi 
aloqalari natijasi sifatida vujudga keladi. Uchinchi, huquq tizimliligining ancha yuqori 
darajasi bo’lib, huquqning tarmoqlarga bo’linishi hisoblanadi. 
Huquq normasi huquq tizimining birlamchi unsuri bo’lib, u davlat tomonidan 
o’rnatiladigan hokimiyat xarakteriga ega bo’lgan xatti-harakat qoidasidir. Huquq normasi 
huquq tuzilmasi ichida birinchi bo’lib, yaxlit huquqda bo’ladigan o’zgarishlarni o’zidan 
o’tkazadi. Shu bois uning boshqa huquq tizimi tuzilmalariga ta’siri kattagina, agar ta’bir joiz 
bo’lsa, uni huquqning o’lchov birligi deyish mumkin. 
Huquq instituti huquqiy normalarning alohida guruhi bo’lib, u ijtimoiy 
munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, huquq instituti huquqiy 
normalarning uncha katta bo’lmagan barqaror guruhi bo’lib, u ijtimoiy munosabatlarning 
ma’lum bir turini tartibga soladi. Demak, agar huquqiy norma huquqiy materiyaning 
birlamchi unsuri bo’lsa, huquq instituti esa uning dastlabki huquqiy umumlashmasidir. Har 
bir tarmoq o’z ichiga qator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo’lagi, 
bo’g’ini sifatida namoyon bo’lib, ayni paytda, muayyan mustaqillik xarakteriga ega, zero, 
ular ma’lum darajada mustaqil masalalarni tartibga soladi. Huquq institutlariga misol qilib, 
ma’muriy huquqda mansabdor shaxs instituti, fuqarolik huquqida da’vo muddati, 
shartnomalar, oldi-sotdi instituti, konstitutsiyaviy huquqda saylov tizimi, fuqarolik instituti, 
jinoyat huquqida zaruriy mudofaa instituti, oila huquqida nikoh instituti va hokazolarni 
keltirish mumkin. 
Huquq institutlarini turlicha guruhlash mumkin. Eng avvalo biz ularni huquq 
tarmoqlari bo’yicha ajratamiz: ma’muriy huquq institutlari, fuqarolik huquqi institutlari va 
shu kabi. Institutlarni turlarga ajratishda bizga mezon vazifasini huquq tarmoqlari o’taydi. 
Hayotda shunday bo’ladiki, muayyan bir ijtimoiy munosabat bir huquq tarmog’i instituti 
bilan tartibga solinib qolmasdan, bir necha tarmoq institutlari bilan ham tartibga solinishi 
mumkin. Shu munosabat bilan tarmoq institutlari va tarmoqlararo institutlar (aralashgan) 
hamda oddiy va murakkab (komppeks-majmuaviy), regulyativ (tartibga soluvchi), 
qo’riqlovchi va ta’sis etuvchi (mustahkamlovchi) institutlarga ajraladi. 
Huquq tarmog’i - bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik 
normalar va huquq institutlarining alohida majmui. Huquq tarmogi huquqni tizimlashning 
ancha yuqori darajasi hisoblanadi va u ma’lum yaxlitlik va mustaqillik bilan tavsiflanadi. 


174 
Ta’kidlash lozimki, ba’zi o’quv-ilmiy adabiyotlarda huquq tizimining yuqorida ko’rsatib 
o’tilgan tuzilmaviy elementlaridan tashqari yana huquq tarmoqchasi (podotrasl) va 
subinstitutlar ham farqlanadi. Huquq tizimida tarmoqlarning ajralib chiqishiga asos bo’lib, 
unga bo’lgan ob’yektiv zarurat hisoblanadi, davlat esa bu zaruratni o’z vaqtida anglab, uni 
rasmiylashtiradi xolos. Tarmoq qonun chiqaruvchi tomonidan o’ylab topilmay, balki ijtimoiy 
va amaliy ehtiyoj mahsuli sifatida shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu 
sohasining sifat jihatidan turdoshligi muayyan huquq tarmog’ining shakllanishini taqozo 
etadi va shu bois u yoki bu huquq tarmog’ining mavjudligi yoki yo’qligi huquqiy tartibga 
solishga muhtoj bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning tegishli sohasi mavjud yoki mavjud 
emasligiga bog’liq bo’ladi. Ayni paytda, huquq tarmoqlari ham o’zlarining hajmi, ijtimoiy 
munosabatlar-ga ta’siri va umuman huquqiy tartibga solishda tutgan o’rni bilan farqlanadi 
va bu farq ko’p jihatdan ular tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va 
ahamiyati bilan belgilanadi. Mustaqil huquq tarmog’i tashkil etilishi uchun quyidagi shartlar 
bo’lishi lozim: 
1) u yoki bu munosabatlarning o’ziga xosligining ma’lum darajasi; 
2) bu munosabatlarning hajmi, kattaligi va ko’pligi; 
3) vujudga kelgan munosabatlarni boshqa huquq tarmoqlari normalari yordamida 
tartibga solishning imkoni yo’qligi; 
4) bu munosabatlarni tartibga solishning alohida uslubini qo’llash zarurligi. 
An’anaviy tarzda ilmiy-o’quv adabiyotida huquq tarmoqlariga quyidagilar kiritiladi: 
konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliya, mehnat, fuqarolik, oila, jinoyat huquqlari, fuqarolik-
protsessual, jinoyat-protsessual huquqi, yer huquqi, qishloq xo’jaligi huquqi, ekologiya 
huquqi va boshqalar. 
Shunday qilib, huquq tizimi murakkab, ko’ptuzilmali va harakatchan yaxlit tuzilma 
bo’lib, o’z ichiga, prof. S.S.Alekseyev ta’kidlaganidek, quyidagi bir necha darajalarni oladi: 
1. Alohida normativ qoida tuzilmasini; 
2. Huquqiy institut tuzilmasini; 
3. Huquqiy tarmoq tuzilmasini; 
4. Huquqning yaxlit tizimini. 
Bularning hammasi bir butun yaxlitlikda ancha murakkab tarkibni tashkil etadi. 
Ayni paytda, huquq tizimi darajalari o’zaro mantiqan va mazmunan bog’liq bo’lib, 
ular bir-birini sababning oqibati tarzida taqozo etadi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish