170
huquqiy oqibatlar vujudga keltirishni istagani yoki istamaganidan qat’i nazar, qonun
mualliflik huquqiy munosabatlari paydo bo’lishini shart qilib qo’ygan. Demak, ijod
mahsulining yaratilishi – yuridik faktdir.
Yuridik aktlarning eng muhim
xususiyati shundan iboratki, ularda yuridik
ahamiyatga molik asosiy shart – yuridik oqibatlarni ko’zlab o’zicha ish ko’rishdir.
Ѕуєуєий вужудга
келтирувчи
Ѕуєуєни
ўзгартирувчи
Ѕуєуєни бекор
єилувчи
Юридик фактлар
ѕодиса
ѕаракт
фаол ѕаракт
ѕаракатсизлик
Ѕуєуєєа мувофиє
ѕаракат
Ѕуєуєєа зид ѕаракат
индивидуал
актлар
юридик хатти-
ѕаракатлар
Жиноят
маъмурий
ножўя иш
фуєаровий
ножўя иш
интозомий
ножўя иш
171
Shunday qilib, yuridik faktlar huquqiy munosabatlar o’rnatishning muhim vositasi
bo’lib xizmat qiladi. Ular, odatda, huquqiy munosabat sub’yektlarining manfaatlariga mos
keladi. Yuqoridagi tahlillarga yakun yasab, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Huquqiy munosabatlar - ijtimoiy munosabatlarning alohida turi bo’lib, ular
ustqurmaning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy tizim, ishlab chiqarish munosabatlari zamirida
vujudga keladi va takomillashib boradi;
2. Huquqiy munosabatlar, o’z
navbatida, jamiyat hayotiga, ishlab chiqarish
jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin;
3. Huquqiy munosabatlar huquq normalari asosida paydo bo’ladi (o’zgaradi yoki
barham topadi) hamda o’z tabiatiga ko’ra irodaviy xarakterga ega bo’ladi;
4. Faqat huquqiy normalargina ijtimoiy munosabatlarga qonuniy shakl baxsh eta
oladi;
5. Huquqiy munosabatlar - davlatli jamiyatga xos hodisa.
Ular davlat siyosati,
xohish-irodasi bilan chambarchas bog’likdir. Huquq vositasida davlat ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy tartibga soladi; zarur hollarda huquqiy munosabatlarni ro’yobga
chiqarish, muhofaza etish uchun davlatning majburlash kuchi ishga solinadi;
6. Demokratik jamiyatda huquqiy munosabatlar, asosan,
ixtiyoriy, ongli ravishda
amalga oshiriladi. Biroq shunday bo’lsada, huquqiy munosabatlar doimo davlatning
madadiga (zo’rlik kuchiga) tayanadi;
7. Huquqiy munosabatlar quyidagi to’rt unsurli tarkibiy tuzilishga ega: huquqiy
munosabat sub’yekti, uning ob’yekti, huquqdorlik, yuridik majburiyat.
8. Huquqiy munosabatlar
vujudga keltiriladigan, o’zgartiradigan (rivojlantiradigan)
yoki barham toptiradigan hayotiy hodisalar (shuningdek, tabiat hodisalari) yuridik faktlar
hisoblanadi (chizmaga qaralsin);
9. Yuridik faktlar hayotda huquqdan alohida, mustaqil holda bo’lib, davlat xohish-
irodasi tufayligina huquqiy ma’noga ega bo’ladi;
10. Huquqiy munosabatlar ob’yektiv va sub’yektiv
huquqni amalga oshirishning
alohida shaklidir.
Xulosa qilib aytganda, huquqiy munosabatlar fuqarolar, jamoat birlashmalari, davlat
idoralari va boshqa yuridik shaxslar o’rtasidagi turli-tuman aloqalarni tartibga solish orqali
jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga, qonun ustuvorligini qaror toptirishga,
shuningdek, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini huquqiy jihatdan uyg’unlashtirishga
samarali xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: