birinchisi,
agar qonun yoki normativ aktning
o’zida, ularning orqaga qaytish kuchi ko’rsatilgan bo’lsa;
ikkinchisi,
agar qonunda qilingan
xatti-harakat uchun jazo qo’llash to’xtatilgan bo’lsa yoki jazoni yyengillashtirish ko’zda
tutilgan bo’lsa, qonun orqaga qaytish kuchiga ega.
Qonun va boshqa normativ-huquqiy aktlar quyidagi uch asosga ko’ra o’z amal
qilishini to’xtatadi:
a) normativ aktning amal qilishi belgilab qo’yilgan muddat tugagan bo’lsa;
b) davlat vakolatli organi ning normativ aktni bekor qilish to’g’risida qarori bo’lsa
yoki eskisining o’rniga kelayotgan yangi qabul qilingan normativ aktda bu haqda
ko’rsatilgan bo’lsa;
v) ilgari amalda bo’lgan normativ aktni almashtiruvchi yangi normativ akt qabul
qilinsa.
Odatda, eskirgan normativ aktni bekor qilish yoki kuchini yo’qotgan deb topish
haqida maxsus qaror qabul qilinadi.
3. Normativ aktlarning hududda,
makonda harakatlanishi
Davlat suvyereniteti tamoyiliga binoan normativ-huquqiy aktlar davlatning butun
hududida harakatda bo’ladi. Davlat hududiga quyidagilar kiradi - yer maydoni, yer osti,
ichki va hududiy suvlar, yer va suv hududi ustidagi havo makoni, elchixonalarning, harbiy
kemalar, parvoz etuvchi kemalar (apparatlar) hamda ochiq dengizda suzuvchi
kemachalarning hududlari. Normativ aktlar amal qilinishining hududiy ko’lamlari davlat
yurisdiksiyasi bilan chambarchas bog’liq. Ba’zan xorijiy mamlakat qonunchiligi muayyan
davlat hududida amal qilishi mumkin. Biroq, buning uchun bu ikki davlat o’rtasida ular
qonun hujjatlarining o’zaro bir-birining hududida amal qilishi haqida shartnoma bo’lishi
shart.
Xalqaro shartnomalar normativ aktlarning ekstyerritorial harakatini ham nazarda
tutishi mumkin. Ya’ni, bir davlatning qonunlari o’z hududidan tashqarida ham amal qiladi
(bir davlat qonunlarining boshqa davlat hududida bo’lgan o’z fuqarolari va tashkilotlariga
nisbatan qo’llanilishi). Fedyerativ davlatlarda fedyeral qonunlar butun ittifoq hududida,
fedyeratsiya sub’yektlarining qonunlari esa ularning o’z hududlaridagina harakatlanadi.
Ko’pchilik davlatlarning qonunchiligida kollizion me’yorlar mavjud. Bular nizoli
vaziyat vujudga kelganda qo’llaniladi. Masalan, teng kuchli huquqiy aktlar to’qnashib
qolganda, shuningdek turli davrda chiqarilgan aktlar yoki har xil hajmdagi aktlar yoxud turli
idoralar tomonidan o’rnatilgan aktlar o’zaro zid kelib qolganda kollizion normalar ishga
solinadi. Davlatning turli ma’muriy-hududiy bo’laklari uchun chiqarilgan aktlar o’rtasida
ham o’zaro qarama-qarshilik kelib chiqishi mumkin. Aksariyat hollarda bunday nizolar sud
orqali hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |