Germenevtik metod. Germenevtika (yun. hermeneu- tike, hermenio - «tushuntiraman») - matnlarni tushunish, talqin qilish san’ati, uni talqin qilish tamoyillari haqidagi talimot sanaladi. Uning tekshirish metodi germenevtik me- toddir.
Hozirgi kunda germenevtika gumanitar fanlarning metodologik asosi hisoblanadi. Matnda muallifning nima demoqchiligini o'quvchi tomonidan to‘g‘ri tushuna olish germenevtikaning vazifasi sanaladi.
Germenevtika ildizlari antik davrlarga borib taqalsa ham, mustaqil ilmiy yo'nalish sifatida XIX asrda nemis mutafakkirlari F.Shleyermaxer va V.Dilteylar asarlari orqali shakllandi. Bu yo'nalish XX asrda nemis olimi G.G.Gadamer va fransuz olimi P.Rikyorlar tomonidan rivojlantirildi.
G.Shpet bu talimotning ko‘p asrlik tarixini tadqiq etgan bolsa,12 M.M.Baxtin o'zining «Gumanitar fanlarning falsafiy asoslariga doir», «Adabiyotshunoslik metodologiyasiga doir», "Gumanitar fanlar metodologiyasiga doir» kabi asarlari orqali uni ommalashtirdi.
Germenivtikaning markaziy tushunchasi tushunishdir. Shleyermaxer o‘zi kashf etgan germenevtik doirani talqin qilishning asosiy tamoyili hisoblaydi. Bunga muvofiq, butunlik (masalan, matn)ga xos bolgan ruh uning alohida qismlarida ham o'z ta’sirini qoldiradi. Bolaklar butunlik asosi, butunlik esa bolaklarning ichki uyg'unligi sifatida tushunilishi lozim.13
Gadamer fikricha, tushunish, eng awalo, nutq orqali amalga oshadi. Demak, tushunish shaxslararo munosa- batda voqelanadi. So'zlovchi yoki adibning matn orqali nima demoqchiligini tinglovchi tomonidan to'g'ri tushunish germenevtikaning vazifasi sanaladi.
Nutq gaplarning, gap esa so'zlarning sintagmatik mu- nosabatidan tashkil topadi. Demak, har qanday nutq bu- tun va bo'lakning shajaraviy munosabatidan iborat boladi. Bunda butunga xos umumiy mazmun bilan bolakka xos xususiy mazmun ishtirok etadi. Gadamerning takidlashi- cha, bir butun matnni tushunish, uning tarkibidagi so'zlar yig'indisi asosida tushunish emas, u aytilgan axborot yax- lilligidan kelib chiqadigan hodisadir.3 Har qanday nutq Hhakl va mazmun o'rtasidagi munosabatdan tashkil top- gan butunlik bo'lib, uning har ikki tomoni o'ziga xos ichki luzilishga ega. Bu ikki tomonning ichki tuzilishi ko'p holla rda bir-biriga muvofiq kelmaydi. Masalan, «Eshigingizga (|iilchilikka keldik» gapining sintaktik tuzilishi bilan mazmu- liiy tuzilishi bir-biriga mos kelmaydi. O'zbeklarning nutq oclobi, urf-odatini bilmaydigan o'zbek tilini o'rganayotgan slmxs gap tarkibidagi so'zlarning alohida-alohida ma’no- laridan butunga xos umumiy ma’noni chiqara olmaydi.
Bir qator gaplarda yuza ma’no ostiga tagma’no yashi- ringan boladi. Ayniqsa, ana shunday sharoitda tinglovchi- gn tilni tushunish ko'nikmasi kerak boladi. Agar ana shun- dtvy ko'nikmaga egabolmasa, matnni to'g'ri tushuna olmaydi. Shu bilan birga, alohida nutq parchasi butundan uzib olin- ganda ham, bu nutq parchasidan so'zlovchining maqsadi- ni to'g'ri tushunib bolmaydi. Shuning uchun matnni bu- tun va bo'lak munosabatini e’tiborga olgan holda o'rganish bo'lak mazmunini to'g'ri tushunishga yordam beradi.
Ko'rinadiki, germenevtika hozirgi davrda rivojlanib bo- myotgan lingvistik pragmatika uchun metodologik asos bolib xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |