Metafizik (lot. fizikadan oldin) metod. Obyektni ajralgan holda, o'zaro munosabatidan tashqarida o'rganadi. Obyektning ichki o'zgaruvchanlik xususiyatini e’tiborga ol- maydi. Shuning uchun butunni tashkil etgan ichki a’zolarning ziddiyatli munosabatlari, bu zidlanishlarning obyektni rivojlantiruvchi, o'zgartiruvchi kuch ekanligini nazardan chetda qoldiradi. Tabiat barqaror, o'zgarmas xususiyatga ega, uning taraqqiyot jarayoni miqdor o'zgarishlari sifat o'zgarishlariga olib kelmaydigan oddiy o'sish, deb baholaydi. Obyektlarning taraqqiyot manbayi ichki ziddiyatlar emas, balki tashqi qarama-qarshi kuchlar ekanligini e’tirof etadi.
Tilshunoslikda o'rganilayotgan obyektning faqat o'ziga qarab, boshqa shunga o'xshash obyektlarga bo'lgan mu- nosabatlaridan tashqarida, ichki tarkibiy qismlari o'rtasidagi zidlanishlarni (oppozitiv munosabatlarni) e’tiborga olmasdan tavsiflash lingvistika faniga umumiy falsafiy metafizik metodni qollash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |