O'zbekiston respublikasi ™ '3us talim vazirligi \t universiteti


HypMOHOB A. Y36eK THAinyHocAnrn xapHXH - TomKeHT: Y36eKHCTOH, 2002



Download 184,53 Kb.
bet11/51
Sana14.01.2022
Hajmi184,53 Kb.
#362881
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
Lingvistik tadqiqot metod. va m. 2010. A.Nurmonov

HypMOHOB A. Y36eK THAinyHocAnrn xapHXH - TomKeHT: Y36eKHCTOH, 2002.

  • HypMOHOB A. CTpyKTyp THAlliyHOCAHK! HAflH3AapH Ba ajmaAHiiiAapH. - TomKeHT: Thbahm, 2009.

  • HypMOHOB A., HcKaHAapoBa III. THAlliyHOCAHK HasapHHCH. - TomKeHT: aH, 2008.

  • 4>haoco4)ckh0 3HUHKAoneAH«recKHfi: CAOBapt. - M., 1994.

    1. MAVZU: FAN VA ILMIY BILIM

    Reja:

    1. Ilmiy bilim - fan asosi.

    2. Fan nima?

    3. Fanning va lingvistika fanining tarixiy taraqqiyoti: klassik lingvistika fanining paydo bolishi va rivojlanishi.

    Tayanch so‘z va iboralar: ilmiy bilim, fan, fanlar tasnifi, iyerarxik bo‘linishi, aniqfanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-guma- nitar fanlar. ■

    Ilmiy bilim tizimliligi bilan amaliy bilimdan farq qiladi. Ilmiy bilim haqida fikr yuritgan barcha olimlar uning mu­him belgisi sifatida tizimlilikni e’tirof etadilar. Xususan,

    Immanuel Kant fikricha, fan va ilmiy bilimning muhim belgi- si tizimlilikdir. Ilmiy bilim sof aql arxitektonikasiga muvofiq, majburiy tizimni tashkil qiluvchi bilimdir2 .

    Bizni qurshab turgan tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlarimiz tizimi fanni tashkil qiladi. Demak, ilmiy bilim va fan tushunchalari o'zaro dialektik bogliqdir. Fan ilmiy bilimga asoslanadi. Ilmiy bilim fan uchun asos bolib xiz­mat qiladi.

    Xususan, har bir jamiyatning aloqa vositasi bolib xiz­mat qiluvchi tili bor. Tilsiz jamiyatning bolishi mumkin emas. Tabiatan ijtimoiy mohiyatga ega bolgan tilning qan­day paydo bolganligi, uning ichki tuzilishi, rivojlanish qo- nunlari haqida qadimdan xilma-xil fikrlar bayon qilib keli- nadi. Lekin XIX asrgacha til haqidagi bilimlarimiz amaliy xarakter kasb etib, tizimlilik belgisiga ega emas edi. XIX asrdan boshlab, tilning barcha sath birliklari qiyosiy-tarixiy planda muayyan ilmiy metodga - qiyosiy-tarixiy metodga asoslangan holda o'rganila boshladi. Shu davrdan boshlab, tom ma’nodagi tilshunoslik fani maydonga keldi. Ko'rinadiki, fanlar ilmiy bilimlar mahsulidir.

    Fan haqida fikr yuritar ekanmiz, eng awalo, fanning o‘zi nima, uning muhim belgilari nima ekanligini aniqlab olish zaruriyati tuglladi.

    «Fan» atamasi barcha uchun tushunarli bolsa-da, lekin uning maqomi, mohiyatini har kim ham tushuntirib bera olmaydi. «Fan» atamasi «0‘zbek tilining izohli lug‘ati»da qu- yidagicha izohlangan: «Fan: 1.Tabiat va jamiyatning taraq- qiyot qonunlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan nati- jalar bilan atrof-muhitga ta’sir ko'rsatuvchi bilimlar tizimi. 2.Shunday bilimlar tizimining alohida tarmog'i, yo‘nalishlari, sohalari. Aniq fanlar. Tabiiy fanlar. Fizika fani. Tilshunoslik fani»3.

    Ilmiy bilimlar tizimi sifatidagi fanga ayrim olimlar «tartib- ga solingan bilim» (Berg) deb ta’rif bersa, boshqa olimlar «reallik haqidagi obyektiv bilimlarni tayyorlash va nazariy tizimlashtirish funksiyasi xos bolgan inson faoliyati soha- si» deb izohlaydilar,

    «Falsafa qomusiy lug‘ati»da (M.,1994) esa unga qu- yidagicha ta’rif beriladi: «Fan (yunoncha epesteme, lotin- cha seientie) - reallik haqidagi obyektiv bilimlarni yaratish va nazariy sxemalashtirish funksiyasiga ega bolgan inson faoliyatining sohasidir»‘.

    «Fan» atamasi, umuman, ilmiy bilimlar tizimi (umuman fan) ma’nosida qollanilishi bilan birga, xususiy bilimlar ti­zimi (xususiy fan) ma’nosida ham qollaniladi. Har qanday xususiy fan umumiy fanga qo“yilgan talablarga javob bera- di. Ayni paytda, har bir xususiy fanning rivojlanishi in­soniyat umumiy ilmiy tafakkurining kamolotiga munosib hissa bolib qo‘shiladi.

    Fan bir qancha xususiy fanlarni o'z ichiga olgan siste- madir. Shunday ekan, u umumiy ma’noda bir qancha fan- larning o'zaro uzviy munosabatidan tashkil topgan butun- likdan iborat.

    Ko'rinadiki, fan ham sistema sifatida ichki iyerarxik bo'linish xususiyatiga ega. Fan ana shunday ichki iyerar­xik tuzilish tabiati asosida turlicha tasnif qilinadi.

    Fanlarni ilk bor tasnif qilgan Forobiy ularning genetik belgisiga asoslangan bo'lsa, keyinchalik fanlar tasnifi uchun iyerarxik belgi, ya’ni «jinsdan turga» tamoyili asos qilib olindi.

    Bunga ko'ra, fan eng awalo uch turga: 1) aniq fanlar (matematika); 2) tabiiy fanlar; 3) ijtimoiy-gumanitar fanlar- ga bo'linadi. Bu uch guruhga mansub fanlarning har qay- sisi o'z ichida yana kichik guruhlarga, bu kichik guruhlar keyingi navbatda yana kichikroq guruhga - to fan turiga parchalanish tugaguncha davom etaveradi.

    Ana shunday fanlar sistemasida lingvistika alohida o'rin egallaydi. U, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlar tarki- biga uning bolagi sifatida kirsa, ikkinchi tomondan, o'z ichi­da umumiy va xususiy tilshunoslik fanlariga bolinadi. Xususiy tilshunoslik o'zi fonetika, morfemika, leksikologiya, derivatologiya, grammatika, stilistika, dialektologiya singari bo'limlarni o‘z ichiga oladi va bu bo'limlarning har biri ham o'rni bilan «fan» atamasi orqali ifodalanadi.

    Demak, «fan» atamasi, umumiylik-xususiylik dialektika- sini namoyon qilgan holda, umumiy va xususiy fanlar ma’nosida qo'llaniladi.

    Fanning o'ziga xos muhim belgilari nimada ekanligini aniqlash ham ko'pdan beri olimlarni qiziqtirib keladi.


    1. Kant fanning muhim belgisi sifatida «tizimlilik» belgisi- ni, Artur Shopengauer «umumiylik» va «asoslanganlik» belgilarini ajratadi. Karl Yaspers esa bu belgilarga «bilish metodlarin belgisini ham qo'shadi. Natijada, u fanning uchta muhim belgisi: «bilish metodlariga tayanganlik», «asoslan- ganlik» va «umumiy ahamiyatlilik#4 belgilari mavjudligini ta’kidlaydi.

    Darhaqiqat, o'rganilayotgan obyekt haqida chin bilimga ega bolish uchun unga qanday metod bilan yondashish katta ahamiyatga ega.

    Takidlash o’rinliki, har qanday ilmiy bilim, ilmiy haqiqat muayyan ilmiy tadqiqot metodini qo'llash natijasida qo'lga kiritiladi. Shuning uchun ham har bir ilmiy tadqiqot mak- tablarining o'zlariga xos tekshirish metodlari mavjud boladi. Masalan, lingvistikada qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, yosh grammatikachilar maktabi, struktur tilshunoslik, kognitiv tilshunoslik singari yo'nalishlarning o'zlariga xos tadqiqot metodlari mavjud.

    Metodga alohida urg'u bergan K. Yaspers: «Men ilmiy bilimga faqat metodni anglaganimdagina ega bo'laman, uning vositasida bu bilimni egallayman», - deydi. Bu esa ilmiy tadqiqotning qanday natijaga erishishida tanlangan metodning qanchalik muhim ekanligini ko'rsatadi.

    Fanning ikkinchi muhim belgisi uning asoslanganligidir. O'rganilayotgan obyekt haqida muayyan metodga tayanib tadqiqot olib boriladi va malum xulosa bilan yakunlanadi. Ana shu xulosaning «asoslanganlik» belgisi uning chinligi yoki yolg'onligini belgilovchi tayanch nuqta hisoblanadi. Bi- limning chinligiga erishish fanning bosh maqsadi sanaladi.

    Asoslanganlik tabiiy fanlarda tekshirilayotgan obyekt haqida chiqarilgan yangi xulosaning nechog'liq to'g'riligi YaMR asbobi tasdig'idan o'tganidan so'nggina aniqlanadi va bu xulosa ilmiy haqiqatga aylanadi. Ana shunday asos­langanlik tilshunoslik uchun ham xosdir. Masalan, «bu- tunlikning umumiy belgisi uning tarkibidagi elementlar xususiy belgilarining yig'indisi emas», degan g'oyani til bir- liklariga nisbatan qo'llaydigan bo'lsak, frazeologizmlar ma’nosi bilan uning qismlari o'rtasidagi munosabatni, gap- ning umumiy belgisi bilan uning tarkibiy qismlari belgisi o'rtasidagi va boshqa butun va bo'lak munosabatida bolgan birliklar o'rtasidagi munosabatlarda sinab ko'rish va umumiy tasdig'ini topgandagina ilmiy haqiqatligini e’tirof etish mumkin boladi.

    Fanning uchinchi belgisi «umumiylik» yoki «umum- ahamiyatlilik»dir, Darhaqiqat, o'rganilayotgan obyekt ha­qida chiqarilgan yangi xulosa chin yoki yolg'on bolishi mumkin. Shuning uchun uning ilmiy haqiqatligini asos- lash muhim ahamiyatga ega. Ilmiy asoslangan bilim esa ijtimoiylik kasb etadi. Ilmiy jamoatchilik e’tirof etgan bilim «umumiylik», «umumahamiyatlilik» belgisiga ega boladi.

    Ko'rinadiki, fanning yuqoridagi uchta muhim belgisi bir- biri bilan uzviy bogliq ravishda tobelik munosabatida boladi. Asoslanganlik belgisi muayyan metodga tayangan- lik belgisini taqozo etadi, unga bogliq ravishda kelib chiqa- di. Umumiylik belgisi esa asoslanganlik belgisi natijasi si­fatida maydonga keladi.

    Fanning atamalar tizimiga ega bo'lishlik, ziddiyatsizlik singari boshqa belgilari ham mavjud. Lekin bu belgilar che- gara, qo'shimcha belgilar sanaladi.




    Download 184,53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish