Tushuncha - hodisalarning ongda aks etgan eng muhim umumiy qonuniy aloqalari, muhim tomonlari va belgi- larini aks ettiruvchi tafakkur shakli sanaladi. Masalan, odamni boshqa jonzotlardan faxqlab turadigan xususiyat mehnat qurolini yasashdir. Shuning uchun ham ana shu xususiyat odam tushunchasini hosil qilishga asos boladi. Yoki daraxt tushunchasi zamirida tanadan shoxlanish belgi- si yotadi va shu belgisi bilan unga yaqin bo'lgan tur - buta- ga zidlanadi.
Tushunchalar so'zlar orqali ifodalanadi. Shuning uchun ham so‘z ifodalovchi va ifodalanmish birligidan tashkil top- gan belgi sanaladi va bu belgining ifodalanmish tomoni tushuncha yoki konsept sanaladi. So‘z obyektiv olam uzv- lari bilan, ya’ni denotat bilan konsept orqali bog'lanadi.
Hukm - borliqdagi narsa, hodisa, jarayonlarni, ularning xususiyati, aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli bo‘lib, u gaplar orqali o'z ifodasini topadi.
Tushuncha va hukmlar xulosa uchun o'ziga xos «g‘isht»lar bolib xizmat qiladi.
Xulosa - oldingi qolga kiritilgan bilimdan yangi bilim hosil qilish vositasi boluvchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy tayanch nuqtasi sillogizmdir. Masalan, Har qanday meva inson uchun foydali gapidan anglashilgan hukm ol- dindan ma’lum. Endi Olma. - meva degan hukmni oldingi hukmga qiyoslash asosida uchinchi hukm kelib chiqadi: Olma inson uchun foydali. Ana shu qiyoslash asosida chiqarilgan hukm xulosa boladi.
Shuni takidlash kerakki, ratsional bilish hissiy bilish bilangina emas, balki hissiy bolmagan bilim bilan ham munosabatda boladi.
Bunday bilish shakllariga tasawur qilish, fantaziya, intuitsiyalar kiradi. Yuqoridagi shakllar ichida ilmiy bilishda intuitsiya alohida rol o“ynaydi.
Muayyan mantiqiy hukmlarsiz, tayyorgarliksiz birdani- ga, kutilmaganda ilmiy haqiqatga erishish intuitsiya sanaladi.
Intuitsiya tadqiqotchining chuqur mushohadasi asosida tayyorgarliksiz haqiqatga erishishdir. Intuitiv xulosalar tilshunoslikda ham tez-tez ko'zga tashlanadi. Masalan, F.de Sossyurning Hind-Ovrupo tillaridagi ilk unlilar tizimi haqidagi fikri uning intuitsiyasi natijasi edi. Yoki Ayyub G'ulomning kesimning gap strukturasidagi o'rni haqidagi fikri ham ana shu intuitsiyaga bog'lanadi.
Nazariy (ilmiy) bilish bilishning oliy shakli sifatida muayyan qismlar munosabatidan tashkil topgan sistema sanaladi. Demak, u muayyan ichki strukturaga ega. Uning muhim struktur komponentlari sifatida muammo, taxmin (gipoteza) va nazariyalarni ajratish mumkin. Bu komponentlar nazariy bosqichdagi bilimning tayanch nuqtalari sanaladi.
Muammo - nazariy bilish shakllaridan biri bolib, hali o'rganilmagan, lekin o'rganilishi lozim bolgan masalani o'z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, u bilmagan narsamizni anglash, tadqiqot oldiga ana shu masalani bilishni qo“yish sanaladi. Oldingi bilimlarimizga tayangan holda, hali yechil- magan masalani anglash, tadqiqot oldiga to‘g‘ri va zarur muammoni qo“ya bilish ilmiy bilishning muhim bosqichidir.
Muammo - qotib qolgan bilish emas, balki dinamik jara- yondir. U bilish jarayonining ikki nuqtasini - masalaning qo'yilishi va hal etilishini o'z ichiga oladi.
Faraz - faktlar asosida kelib chiqqan taxminni o'z ichiga oluvchi ilmiy bilish shakli bolib, isbot qilishga ehtiyoj seza- di. Faraziy (gipotetik) bilim nisbiy xarakterga ega bolib, tek- shirish, asoslashni talab qiladi. Farazlarni isbotlash jarayonida, ayrimlari haqiqiy nazariyaga aylanadi, boshqalari aniqlanadi, konkretlashtiriladi, yana boshqalari hayotda tasdiqlanmay, ilmiy muomaladan tushib qoladi.
D.I. Mendeleyevning davriy jadvali, Ch. Darvinning turlarning kelib chiqishi nazariyalari ana shunday faraz bosqichini bosib o'tdi. Plank tomonidan olg'a surilgan kvant farazi ham hayot tasdig'idan o'tgandan so'ng, nazariyaga aylandi.
Bunday farazlar ijtimoiy fanlarda ham muhim ahamiyat- ga ega. Qadimgi turk-runiy yozuvlari ham Tomson tomonidan olg'a surilgan faraz asosida ilmiy haqiqatga aylandi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning bobo til shakllari haqidagi fikrlari, Skaliger va Jonslarning hind tilining Ovrupo tillari oilasiga mansubligi haqidagi farazlari ham keyinchalik o'z isbotini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |