Imunalogya reja



Download 35,72 Kb.
bet1/6
Sana20.07.2022
Hajmi35,72 Kb.
#830592
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IMUNALOGYA


IMUNALOGYA
Reja:



  1. Oiv Va Uni Oldini Olish

  2. Antigenlarning Antiganllar bilan moslashi

  3. Immun yetishmoovchiligi

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda prof. Lyuk Montanye hamda AQShda prof. Gallo boshchili-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983 yil). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng , 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.


.OITS OITV infeksiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm oʻrtasidagi kurash uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan tugaydi. Shu vaqtdan OITS davri boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday mikrobga bardosh berish xususiya-tini yoʻqotadi. Jumladan, nafas, meʼdaichak, siydik yoʻllarida doimo mavjud boʻlgan va kasallik qoʻzgʻata ol-maydigan mikroblar ham faollashib, turli xastaliklarni keltirib chikari-shi mumkin. Ularning namoyon boʻlishi organizmda yuzaga kelgan OITS holati bilan bogʻliq boʻlgani uchun, ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar jamlangan holda OITS bilan bogʻliq (assotsiirlan-gan) infeksiyalar deb ataladi. Bular bakterial infeksiyalar, zamburugʻli kasalliklar, viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar, Kaposhi sarkomasi va h.k.
Kasallik virusi infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklar shahvatida, ayollarning jinsiy aʼzolari chiqindilarida va koʻkrak sutida boʻladi. Shuning uchun OITV, asosan, uch xil yoʻl bilan yuqadi: qon orqali, jinsiy aloqa vositasida va infeksiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yoʻl bilan oʻtadi.
1. OITS ning eng xavfli manbai gomoseksualistlar va narkomanlar hisoblanadi. Gomoseksualistlar virusni jinsiy yo‘l bilan , narkomanlar esa parenteral yo‘l bilan (qon orqali tarqatadilar.)
Gemofiliya bilan og‘rigan bemorlar xam infeksiya manbai bo‘lib xisoblanadi.Ma’lumki, ular qon quyish bilan davolanadilar. Bir necha marta qon quyish natijasida bittasiga bo‘lmasa, ikkinchisiga ,albatta oits yuqishi mumkin. Xar xil sabablar bilan qon quyilgan kishilar xam potensial xavflidirlar. Buzuqlikni kasb qilib olgan erkak va ayollar xam potensial xavf manbai xisoblanadi.
2. Eng muxim yuqish yo‘li jinsiy kontakt bo‘lib,bunda gomoseksualistlarning roli katta bo‘ladi. Gomoseksualistlar aktiv va passiv bo‘ladilar. Eng xatarlisi shundan iboratki, bitta gomoseksualistning juda ko‘p mijozlari bo‘ladi. Bundan tashqari, gomoseksualist biseksualist tarzida xarakat qilib, OITS ni o‘z oilasiga xam yuqtirishi mumkin. Bir misol keltiradigan bo‘lsak, Yelista shaxrida yuz bergan bir falokatni gapirib o‘tish mumkin. Anashu shaxarda yashovchi bir gomosekualist Afrikada komandirovkada bo‘lib,OITS ni yuqtirib qaytib keladi.U oits ni avval o‘z xotiniga yuqtiradi, xotinidan esa bolasiga yuqadi.U ayolda xali kasallik paydo bo‘lmasdan oldin shaxar kasalxonasida davolanayotgan bir kasal bolaga qon beradi. Kasalxonadagi xamshirani aybi bilan OITS 33 ta bolaga yuqqanligi qayd qilingan. Qon bergan ayol kasallanib o‘ladi,bolasi xam eri xam vafot etadi.
3. OITS – ona qornidagi bolaga platsenta orqali yuqishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki OITS ning yuqish yo‘llari asosan quyidagi yo‘llar bilan yuqishi kuzatiladi.
1. Parenteral - ya’ni qon orqali (narkomanlar).
2. Gorizantal usul - jinsiy aloqa orqali.
3. Vertikal yo‘l - onadan bolaga platsenta orqali.
.OITS bilan ogʻriganlarning koʻpchiligini narkomanlar (giyoxvandlar), fohishalar, gomo- va biseksuallar tashkil etadi. OITS organizmga jinsiy aloqa, parenteral muolajalar (nosteril igna, shprits va boshqa tibbiy anjomlar ishlatilganda), inifitsirlangan qon va uning oʻrnini bosuvchi dorilarni qoʻllash, aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) vaqtida, shuningdek, virusni yuktirib olgan onadan homilaga homiladorlik davrida, tugʻish jarayonida va goʻdak emi-ziladigan boʻlsa, koʻkrak suti bilan yuqib qolishi mumkin.
Oʻzbekistonda OITV/OITS bilan boglits masalalar Sogʻliqni saqlash vazirligining OITV/OITS xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Respublika .OITV/OITS markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi OITV/OITS markazi, Toshkent shahar va viloyatlar OITV/ .OITS markazlari oʻz xududlarida ushbu soha faoliyati bilan bogʻliq barcha profilaktik, epidemiologik, lab. tekshiruvi, davolash tadbirlarini olib boradi. Har bir markaz qoshida oʻz ixtiyori bilan lab. tekshiruvi uchun kelganlarni sir saqlagan holda tekshiradigan anonim xonalar mavjud. Maqsadli guruhlargiyohvandlar va seks xodimlari bilan virus yuqib qolishining odsini olish maqsadida xufiyona ish olib boradigan Ishonch punktlari (IP) ham ishlaydi.
Profilaktikasi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan ehtiyot qilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari va ularni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Parlament quyi palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitalari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, sog‘liqni saqlash tizimidagi bir qator muassasalar rahbarlari, Bosh prokuratura, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A.Rustamov, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi I.Nasriyev, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari B.Niyozmatov va boshqalar mamlakatimizda OIV/OITS xastaligining oldini olish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 26 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ushbu kasallikka qarshi kurash borasida yagona tizimni shakllantirish, aholini OIV infeksiyasidan himoya qilish va uning zarur profilaktikasini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Ushbu hujjatga muvofiq, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirib boruvchi Respublika komissiyasi tuzilib, OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir vazifalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining OITSga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. 2009-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi bo‘yicha sa’y-harakatlar milliy rejasi ishlab chiqildi.


Har bir makroorganizmning hayotiy faoliyati unga begona hujayralar, hujayradan oldingi hayot shakllari va individual bioorganik molekulalar bilan bevosita aloqada bo'ladi. Bu ob'ektlar begona bo'lgani uchun katta xavf tug'diradi, chunki ular gomeostazni buzishi, makroorganizmdagi biologik jarayonlarning borishiga ta'sir qilishi va hatto uning o'limiga olib kelishi mumkin. Chet biologik ob'ektlar bilan aloqa qilish immunitet tizimi uchun erta xavfli signaldir, ular orttirilgan immunitet tizimining asosiy tirnash xususiyati va ob'ekti hisoblanadi. Bunday ob'ektlar deyiladi antijenler(yunon tilidan. qarshi- qarshi, genos- yaratmoq).


"Antigen" atamasining zamonaviy ta'rifi - bu makroorganizmga genetik jihatdan begona bo'lgan organik tabiatning biopolimeri, u ikkinchisiga kirganda, u tomonidan tan olinadi. immunitet tizimi va uni yo'q qilish uchun immunitet reaktsiyalarini keltirib chiqaradi. Antigenlar to'g'risidagi ta'limot makroorganizmning immun himoyasining molekulyar genetik mexanizmlari asoslarini tushunish uchun kalit hisoblanadi, chunki antigen immun javobning harakatlantiruvchi kuchi, shuningdek immunoterapiya va immunoprofilaktika tamoyillari.
Antijenlarning kelib chiqishi turlicha. Ular har qanday begona organizmning tabiiy biologik sintezi mahsulidir, ular biologik parchalanish, ularning normal biosintezini buzish yoki hujayralarning genetik mutatsiyasida allaqachon sintez qilingan molekulalardagi tarkibiy o'zgarishlar paytida o'z organizmida shakllanishi mumkin. Bundan tashqari, antijenler bo'lishi mumkin
ilmiy ish natijasida yoki maqsadli kimyoviy sintez natijasida sun'iy ravishda olingan. Biroq, har qanday holatda, antigen molekulasi o'zi kirgan makroorganizmga nisbatan genetik begonaligi bilan ajralib turadi. Nazariy jihatdan, antigen har qanday organik birikmaning molekulasi bo'lishi mumkin.
Antijenler makroorganizmga turli yo'llar bilan kirishi mumkin: teri yoki shilliq pardalar orqali, to'g'ridan-to'g'ri tananing ichki muhitiga, qopqoqlarni chetlab o'tib yoki uning ichida hosil bo'ladi. Makroorganizmga kirganda, antijenler immunokompetent hujayralar tomonidan tan olinadi va ularning inaktivatsiyasi, yo'q qilinishi va olib tashlanishiga qaratilgan turli xil immun reaktsiyalar kaskadini keltirib chiqaradi.

Download 35,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish