Fanning umumiy metodologiyasi. Bunga falsafiy metodlar xos bo'lib, ular barcha fanlar va bu fanlar bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning falsafiy asosi sanaladi. Shuning uchun ular barcha fan vakillari asoslanishi mumkin bolgan umumiy metod sanaladi. Fanning umumiy metodologiyasi xususiy fanlarning tadqiqot metodlari bilan uzviy bogliq bolib, birinchisi ikkinchisi uchun yo'naltiruvchi Icuch vazifasini o'taydi.
Falsafiy metodlarning eng qadimgisi dialektik va metafizik metodlar sanaladi. Har bir falsafiy konsepsiya metodologik funksiya bajarib, tafakkur faoliyatining o'ziga xos usuli hisoblanadi. Shuning uchun ham falsafiy metodlar yuqoridagi ikki metod bilan chegaralanmaydi. Hozirgi kunda ular qatorida analitik (hozirgi analitik falsafagaxos), fenomenologik, germenevtik, sinergetik singari falsafiy metodlar qollanilmoqda.
Hozirgi tilshunoslikda yuqorida sanab o'tilgan falsafiy metodlardan foydalanilmoqda. Shuning uchun ular haqida qisqacha fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |