Xususiy ilmiy metodlar. Fanning malum bir sohasida qo'llaniladigan tadqiqot usullari, bilish tamoyillari maj- mualari xususiy ilmiy metodlar sanaladi.
Masalan, tilshunoslikda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, kontras- tiv, kvantitativ, struktur kabi metodlar qo'llaniladi. Bu me- todlaming har biri o'z ichida xilma-xil tadqiqot usullariga, tadqiqot texnikasiga ega. Demak, muayyan fan sohasida qo'llaniladigan xususiy metodlarning tarkibida qo'llaniladigan bunday usullar, tadqiqot texnikalari ham, ko'pincha, metod nomi bilan yuritiladi. Masalan, struktur metod uzviy (komponent) tahlil, distributsiya, transformatsiya singari qator metodlarni o'z ichiga oladi. Muayyan ilmiy metod ichidagi bu metodlar, o'z navbatida, turli usullarga bolinadi. Masalan, transformatsiya metodi permutatsiya, additsiya, soddalashtirish singari usullami o'z ichiga oladi. Ko'rinadiki, har bir metod ichki shajaraviy bo'linish xususiyatiga ega.
Har qanday fanning asosiy vazifasi bizni qurshab turgan olamdagi narsa va hodisalarning xususiyati va qonuniy aloqalarini bilish sanaladi. Xuddi ana shu vazifa har qanday fanga bilish jarayoni permanent jarayonga aylanish orqali namoyon boluvchi dinamiklik belgisini yuklaydi. Fan doimo o'sishda, rivojlanishdadir. U hech qachon ma’lum bir davrda erishgan yutug'i bilan cheklanmaydi. Fanning har bir taraqqiyot bosqichi keyingisi uchun zamin hozirlay- di. Bilish jarayoni muayyan metodga bo“ysungan boladi. Bilish jarayonining metodga tobe bolishi ikki asosiy sabab bilan belgilanadi. Birinchidan, narsaning xossasi va uning aloqalari, ko'pincha, bevosita kuzatishda berilmaydi. O'rganilayotgan hodisaning ana shu yashirin belgilarini aniqlash uchun yordam beradigan tadqiqot usullarini qo'llashga ehtiyoj seziladi. Ikkinchidan, metod fanni tashkil qiluvchi va yo'naltiruvchi ahamiyatga ega. U tadqiqot- chini o'rganilayotgan materialning mohiyatini ochishda turli xil chalg'ishlardan saqlaydi.
Ayrim olimlar ilmiy tadqiqotda ilmiy metodning ahamiya- tini inkor qiladilar. Xususan, mashhur fizik Maks Bom hech qanday metodologiyani tan olmaydi. Uning fikricha, fanda gnoseologik ko'rsatkichlarga ega bolgan hech qanday to'ppa-to'g'ri falsafiy yol yo'q. Tadqiqotchi changalzorlarda adashib, o'zyo'lini qidiradi va oldinga intilish orqali ortidan o'z yo'lini yaratadi.
Darhaqiqat, fanda adashishlar, yanglishishlar boladi. Lekin bu bilan metodologiya va metodni butunlay yo'qqa chiqarish adolatdan emas. Adashish va yanglishishlar, ko'pincha, fanning tadqiqot metodi hali belgilanmagan davriga to'g'ri keladi. Tadqiqot metodi to'g'ri tanlanishi bilan adashish va yanglishishlar orqaga chekinadi. Shuning uchun har qanday metod tadqiqotchiga kompas bolib xizmat qiladi va ilmiy haqiqatga vaqt va kuchni tejagan holda, ratsional va tezroq erishishga yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodining o'ziga xosligi tadqiqot obyekti va tadqiqot maqsadi bilan belgilanadi.
Bizni qurshab turgan olamdagi har bir hodisa nihoyat- da ko'pqirrali tabiatga ega. Bundan til hodisasi ham mus- tasno emas. Shuning uchun bunday ko'pqirrali hodisaning har qaysi qirrasini o'rganish alohida metodni, alohida yon- dashuvni talab qiladi.
Mavjud metodlardan birining tanlanishi tadqiqotchining o'z oldiga qanday maqsadni qo'ygani bilan bogliq boladi. Masalan, fanda hali nomalum bolgan muayyan tilning grammatikasini yaratishni maqsad qilib olgan tadqiqotchi qo'lida to'plangan materiallar asosida bir metodni, ma’lum bir tilning tarixiy taraqqiyotini o'rganishni, shu tilning turli sath birliklari proformalarini tiklashni maqsad qilib olgan tadqiqotchi boshqa bir metodni, konkret bir tilning di- alektologiyasini o'rganishni maqsad qilib olgan tadqiqotchi yana bir metodni tanlaydi.
Shuning uchun ham har qanday konkret ilmiy tadqiqot metodi malum qollanish chegarasiga ega. Ana shu holat- ga asoslanib, B.A.Serebrennikov: «Tadqiqotda u yoki bu metodni yetakchi, monopol deb elon qilib bolmaydi. Til kabi ko'pqirrali hodisani o'rganish uning har bir tomonini yori- tishga yordam beradigan xilma-xil metodlarni birgalikda qollashni talab qiladi#,24- deb talridlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |