Zidlanish tamoyili. Zidlanish tamoyili narsa va hodisalarning obyektiv ichki zidlanishiga asoslanuvchi falsafiy, dialektik tamoyil sanaladi.
Bu tamoyil dialektik falsafaning qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuniga tayanadi va quyidagi asosiy ta- lablarni qo“yadi: a) narsa va hodisalar tarkibidagi ichki a’zolarning zidlanish munosabatlarini aniqlash; b) bu zid- lanishdagi zidlanuvchi a’zolardan bittasini «sof holda» turli tomondan to'la tahlil qilish; v) zidlanuvchi a’zolardan ik- kinchisini «sof holda» turli tomondan to'la tahlil qilish; g) narsa va hodisalarni qarama-qarshiliklar birligi sifatida tadqiq etish; d) bu zidlanishning narsa va hodisaning boshqa zidlanishlari sistemasidagi o'rnini belgilash; e) bu zidlanishning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini kuzatish va boshq.
Masalan, o'zbek tili undoshlar sistemasi qanday zidlanish munosabatlaridan tashkil topganligi aniqlanadi. Xususan, jaranglilik-jarangsizlik, portlovchilik- sirg'aluvchilik, labiallik-labiodentallik, tiloldilik-tilorqalik, titroqlik-titroq emaslik, sonorlik-shovqinlilik singari zidlanish munosabatlari belgilanadi. Shundan so'ng har bir zidlanuvchi juftlikning bitta a’zosining turli xil belgilari aniqlanadi. Xususan, t - d zidlanishida t undoshining til- oldilik, portlovchilik, jarangsizlik belgilari aniqlanadi. So'ngra ikkinchi zidlanuvchi a’zo bo'lgan d undoshining ana shunday belgilari yoritiladi. Keyingi bosqichda un- doshlarning qarama-qarshiliklar birligi ekanligi ochiladi.
Va har bir zidlanuvchi juftlikning zidlanish sistemasidagi o'rni, qaysinisi farqlovchi, qaysisi farqlamaydigan belgi ekanligi aniqlanadi.
Narsa va hodisalarning ichki taraqqiyotini ta’minlovchi real ziddiyatni ongda aks ettiruvchi dialektik ziddiyat bilan formal mantiq qonunlari vositasida taqiqlanuvchi fikriy chalkashlik va noizchillikni ifodalovchi mantiqiy ziddiyatni farqlamoq lozim.
L.Elmslevning empirik tamoyillaridan biri bo'lgan «zid- diyatga yo'l qo‘ymaslik» tamoyili ham ana shu mantiqiy zid- diyatga qaratilgan edi.
Bilish jarayonida ziddiyatning muhim rol o'ynashini ta’- kidlagan Gegel uning «haqiqat mezoni», ziddiyatni e’tiborga olmaslik esa «adashish o‘lchovi» ekanligini takidlaydi.
Ziddiyatga tayanish fan taraqqiyotining zaruriy momenti sanaladi.
Shuning uchun ham F.de Sossyur bilish jarayonida ziddiyatga tayangan holda: «Tilda farqlashdan boshqa hech narsa yo‘q», - deydi. Struktur tilshunoslikning funksignal lingvistika tarmog'i lingvistik ziddiyatlarni chuqur o'rgangan holda, uni turli belgilar asosida bir necha guruhlarga tasnif qilgan edi.
Darhaqiqat, har bir shaxs o'zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida bilayotgan narsa va hodisasini oldindan o'zi bilgan narsa va hodisalarga qiyoslaydi, zidlaydi. Ular o'rtasidagi o'xshash va farqli tomonlami aniqlaydi. O'xshash belgilari asosida ularni muayyan sinflarga birlashtiradi. Bir sinfga malum umumlashtiruvchi belgi asosida birlashti- rilgan a’zolar, ayni paytda, muayyan farqlovchi belgilari asosida bir-biridan farqlanadi. Har ikki jarayon, ya’ni sinfga birlashtirish va sinf a’zolarini bir-biridan farqlash o'rganilayotgan obyektni boshqa obyektga qiyoslash, zid- lash asosida olib boriladi. Bu esa ziddiyat tamoyilining bilish jarayonida naqadar muhim ekanligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |