Tayanch so‘z va iboralar: aspekt, akustik aspekt, ar- tikulatsion aspekt, funksional aspekt, semosiologik aspekt, onomasiologik aspekt, struktur aspekt, stilistik aspekt.
Har qanday o'rganilayotgan obyekt ko‘p qirrali, murakkab xarakterga ega boladi. Shuning uchun tadqiqotchi uning hamma tomonlariga emas, balki muayyan bir tomoniga ta- yanadi. Obyektning ilmiy tadqiqot uchun asos bolgan to- moni aspekt hisoblanadi. Borliqdagi narsa va hodisalarni malum bir aspektda o'rganish har qanday fan uchun odat- dagi hoi sanaladi. Bizni qurshab turgan olamni turli fanlar turli tomondan o'rganishining o'zi fikrimizning dalilidir. Masalan, gul o'simlik sifatida botanikaning, kimyoviy bi- rikmalar sifatida kimyoning, ranglar uyg'unligi sifatida san’atshunoslikning o'rganish obyekti sanaladi. Bu fanlar bir obyektning turli xil tomonlarini o'rganish bilan bir-biridan farq qiladi.
Xuddi shuningdek, har bir fanning o'zi ham bir obyektni turlicha aspektda o'rganib, turli xulosa chiqarishi mumkin. Bu fanning tarmoqlarini keltirib chiqaradi. Masalan, bitta unli yoki undosh tovushning o'zi akustik, artikulat- sion, funksional tomonlarga ega bo'lgan murakkab butunlik sifatida turli tomondan turli aspektda o'rganilishi mumkin: akustik aspekt, artikulatsion aspekt, funksional aspekt va boshq.
Yoki leksik butunliklar shakl va mazmun tomoniga va har bir tomon o'z ichki tuzilishiga ega bo'lgan murakkab butunlik sifatida turli tomondan o'ranilishi mumkin: se- mosiologik aspekt, onomosiologik aspekt, struktur aspekt, stilistik aspekt va boshq. Bu aspektlarning har biri o'z tek- shirish usuli va atamalar tizimiga ega bo'lib, bir obyektning turli qirralarini turli tomondan ochib beradi.
Bir obyektni turli aspektda o'rganish shu obyektning bir aspektda ochilmagan qirralarini boshqa aspektda yoritish va shu orqali hodisaning xossalari haqida to'liq malumotga ega bo'lish imkonini beradi.
Masalan, hozirgi o'zbek adabiy tilidagi unlilar sistemasini turli aspektda turli metodni qo'llagan holda o'rganish mumkin. Qaysi metodni qo'llash tadqiqot maqsadiga qarab belgilanadi. Agar tadqiqotchi qanday qilib o'zbek tili 6 talik unlilar sistemasiga aylanib qolganligini izohlashni maqsad qilib olgan bo'lsa, qiyosiy-tarixiy metodni qo'llaydi va tashqi lingvistika (til kontakti) materi- allariga murojaat qiladi.
Agar tadqiqotchining maqsadi unlilar sistemasining dif- ferensial va nodifferensial belgilarini aniqlash bo'lsa, u struktur metoddan foydalanadi va bunda oppozitsiya usuli keng qo'llaniladi.
Qiyosiy-tarixiy metod orqali aniqlanmagan unlilarning «atom»lari, ya’ni differensial belgilari struktur metod orqali belgilanadi. Struktur tilshunoslikning paydo bolishi an’a- naviy tilshunoslikdagi muammolarning ijobiy hal qilinishiga yol ochib berdi. I.P.Susovning taTudlashicha, distributiv tahlil usuli tilning ichki tuzilishini yoritishda cheksiz im- koniyat yaratdi.26
Do'stlaringiz bilan baham: |