Savol va topshiriqlar:
Tarixiy-genetik (qiyosiy) metod qanday metod?
Rekonstruksiya deganda nimani tushunasiz? Misollar bilan izohlab bering.
Qanday rekonstruksiyalami bilasiz?
Adabiyotlar
BacicaKOB A.H. BBeAeHHe b H3yaeHHe tk>pkckhx h3mkob. -M., 1969. '
06mee H3bIK03HaHHe - MCTOflU AHHrBHCTHHeCKHX HccAeAOBaHHii. - M., 1973.
IlfepSaK A.M. CpaBHHTeAbHaa (poHeTHKatiopkckhxhsmkob. -A., 1970. ' '
LUep6aK A.M. CpaBHHTeAbHaa rpaMMaraKa tiopkckhx H3MKOB. Hmh. - A., 1977.
IIl,ep6aK A.M. CpasHHTeAiHaa rpaMMaTHKa tiopkckhx H3BIK0B. PAarOA. - A., 1981.
MAVZU: GLOTTOXRONOLOGIK METOD
Reja:
Glottoxronologik metod haqida tushuncha.
Glottoxronologik metodning o'ziga xos xususiyatlari.
Tayanch so‘z va iboralar: Moris Svodesh, glottoxronologik metod, glottogenez nazariyasi, tarixiy-tipologik tadqiqotlar, makrotil oilalari, paleonevrologiyafani.
Til doimo o'sishda, rivojlanishda bo'lgan dinamik hodi- sadir. Ana shunday o'zgarishlar davrlar o'tishi bilan yig'ilib, miqdor o'zgarishi sifat o'zgarishiga olib keladi. Farqli elementlar ko'payib, bir til bag'ridan ikkinchisi ajralib chiqa- di. Ana shunday ajralish davrini tarixiy materiallar bilan tasdiqlash mumkin bo'lmagan vaqtda boshqa metodlarga ehtiyoj seziladi. Lingvistik vositalar yordamida tilning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyot davrlarini belgilash leksiko- statistik yoki glottoxronologik metod sanaladi. Mazkur metod amerikalik olim Moris Svodesh tomonidan qo'llanilgan. M. Svodesh biologiya fanidagi radiouglerod yordamida yoshni belgilash metodini tilshunoslikka olib kirdi. Har qanday jonli organizmda (hayvonlarda, o'simliklarda va boshq.) ma’lum miqdorda radioaktiv uglerod mavjud bo'ladi. Bu modda or- ganizm o'lishi bilan asta-sekin, muayyan tezlikda tarqala boshlaydi. O'lik organizmdagi uglerod miqdorini o'lchash orqali uning o'lganiga qancha vaqt bo'lganini aniqlash mumkin boladi. Ana shu yo'l bilan arxeologik yodgorliklar yoshi aniqlanadi.
M.Svodesh ana shu usulni til materiallariga qo'llagan holda, tilning leksik qatlamidagi leksemalarning asosiy qismi barqaror tezlikda o'zgarishiga e’tibor berdi. Bunday barqaror tezlikda o'zgarish xususiyatiga ega bo'lgan so'zlarning saqlash foizi ming yilda 81 % + 3 % ga teng deb olinadi.
O‘zaro qarindosh tillarda saqlanib qolgan, ularning ham- masi uchun umumiy leksemalar miqdoriga qarab, bu tillarning mustaqil til sifatida ajralib chiqqaniga qancha vaqt bo'lganini aniqlash mumkin ekanligini takidlaydi. Buning uchun 200 so'zdan iborat «tajriba lug‘ati» tuzilib, ularning turli qarindosh tillarda uchrash-uchramasligi ko'rib chi- qiladi.
Ana shu usul asosida M.Svodesh qadimda umumiy et- nik va til umumiyligiga ega bo'lgan eskimoslar bilan aleut- larning mustaqil xalq va bu xalqlar tillarining mustaqil til bo'lib ajralganiga 2900 yil bo'lganini aniqladi.
Aleutlarning eng qadimgi yashagan joylaridan topilgan arxeologik yodgorliklarni uglerod miqdoriga ko'ra tekshirish asosida ularning yoshi 3000 yil ekanligi malum bo'ldi. Demak, M.Svodesh taxmini arxeologik malumotlar asosida o'z tasdig'ini topdi.
Bundan tashqari, tilshunoslikda tilning kelib chiqishi haqidagi glottogenez nazariyasi ham tarix fani bilan uzviy bog'liqdir.
Glottogenez (yunoncha glotta - «til», genesis - «kelib chi- qish» so'zlaridan olingan) inson tabiiy tovush tilining boshqa belgilar tizimidan farqli ravishda shakllanish jara- yonini o'zida ifoda etadi36. Keyingi chorak asr davomida glottogenez muammosi, umuman, tilning, hayotning kelib chiqishi nazariyasini o'rganuvchi umumfalsafiy, sotsiologik, psixologik muammoga aylandi. Glottogenez kompleks muammo sifatida bir qator lingvistik metodlar (qiyosiy-tarixiy metod, glottoxronologiya metodi kabilar) yordamida o'rga- nilmoqda, bunda inson haqidagi boshqa fanlar - antro- pologiya, paleonevrologiya kabilar) erishgan yutuqlar ham inobatga olinadi. Umuman, glottogenez kompleks, yaxlit muammo bo'lgani uchun, u faqat sof lingvistik metodlar (ayniqsa, qiyosiy-tarixiy metod va tarixiy tipologiya metodi) yordamida emas, balki inson haqidagi boshqa fanlar ishlab chiqqan metodlar yordamida ham o'rganiladi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning ayrim makrotil oilalariga kiruvchi qadim- gi bobo tillarini (bunday tillar o‘nga yaqin) aniqlab, ularning ham eng dastlabkisi - «Homo sapiyens» (ya’ni, hozirgi zamon kishisi)ni belgilashga intilishi fan uchun muhim aha- miyat kasb etadi. Glottogenez nazariyasiga muvofiq, eng qadimgi til («Homo sapiyens») bundan yuz ming yil oldin Afrikada va Yevroosiyoda qadimgi odamlarning ko'payishi bilan turli tillarga (makrotil oilalarining qadimgi bobo tillariga) ajrala boshlaydi.
Tarixiy-tipologik tadqiqotlar makrotil oilalarida til kate- goriyalari (zamon, nisbat, shaxs-son kategoriyasi kabilar)- ning shakllanish jarayonini aniqlash imkonini beradi. Antropologiya va unga yondosh fanlar (masalan, paleon- tologiya) metodlari yordamida tilning shakllanish jarayonini aniqlash mumkin.
Paleonevrologiya fanining xulosalariga qaraganda, bundan 500-600 ming yil burun Homo sapiyens turkumiga kiruvchi primatlarda miyaning chap qismi rivojlana boshla- gan, bu esa qo‘l harakatlari, turli imo-ishoralar va nutqni idora qilish imkonini bergan.
XX asr davomida glottogenez nazariyasi A.Trombetti,
Rozenkrans, Vyach, V.Ivanov, G.A.Klimov kabi tilshunos- lar, V.V.Bunak, G.U.Xyuz, A.Liberman kabi antropologlar, V.I.Kochetkova singari paleonevrologlar tomonidan tadqiq etilgan, bu ish hozir ham davom etmoqda. Ayniqsa, bunday tadqiqotlar XX asrning 70-yillaridan boshlab, tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1976-yilda Amerika Milliy akademi- yasida shu muammoga bag'ishlab, maxsus simpozium o'tkazilgan bolsa, 1984-yilda YUNESKO tomonidan o'tkazil- gan xalqaro simpozium ham shu muammoga bagishlanadi. Parijda 1984-yildan buyon xalqaro glottogenez muammosi- ni tadqiq etish markazi faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |