Masalan, Farhod keldi - Keldi Farhod;
substitutsiya, ya’ni yadro gap tarkibidagi bir element- ni o'zaro substitutsiya munosabatida bo'lgan boshqa element bilan almashtirish. Masalan, Men uning nima xohlashini bilaman - Men buni bilaman;
adyunksiya, ya’ni yadro gap tarkibiga boshqa element- larni qo'shish. Masalan, Men o‘qidim - Men bu kitobni o‘qidim;
ellipsis, ya’ni yadro gap tarkibidan ayrim elementlar- ni soqit qilish. Masalan, Men keldim - Keldim.
TMning DMdan kuchli tomoni shundaki, DM XX asrning 40-50-yillarigacha faqat faktlarni tahlil qilish bilan chek- langan bolsa, TM tahlil metodlarini ishlab chiqishga asosiy e’tiborni qaratdi.64
Agar distributiv tahlil va BI metodlari jumla qanday mayda qismlardan tashkil topadi, degan savolga javob be- rishga harakat qilgan bo'lsa, TM bu jumla qanday gapning transformatsion qayta shakllanishidan hosil bolgan, de- gan savolga javob berishi lozim bo'ldi. F.M.Berezin to'g'ri ta’kidlaganidek, TM ning ojiz tomoni ana shunda namoyon boladi. Chunki TM bevosita lingvistik materialdan kelib chiqmaydi, balki dastlab sof empirik asosga quriladi, so'ngra til materiali asosida tekshiriladi. Bundan tashqari, TMn- ing qollanilish doirasi va turli tillardagi yadro gaplar tiplari- ning miqdori aniq belgilanmagan65.
Bundan tashqari, sintaktik sathda transformatsiya bilan derivatsiya o'rtasidagi o'xshashlik va farq ochilmaydi. Yadro gapning mohiyatini o'zgartirib yuboradigan shakliy o'zgarishlar ham transformatsiya doirasida o'rganiladi. Masalan, transformatsiya qoidasi sifatida alohida tur qilib nominalizatsiya ajratiladi. Bunda yadro gap kesimidagi kesimlik shaklining yo'qotilishi transformatsiya vositasi hisoblanadi. Masalan, Dars boshlandi/ darsning boshlanishi. Bu esa transformatsiya oldiga qo'ygan talabga javob ber- maydi. Chunki transformatsiya yadro gapning gaplik hola- tini saqlab qolish doirasidagi turli ichki grammatik o'zgarishlardir. Yuqoridagi holda esa yadro gap gaplik ho- latini yo'qotib, birikmaga aylanayapti.
TMdagi ana shu cheklangan tomonni e’tiborga olgan holda, V.S.Xrakovskiy sintaktik transformatsiya bilan sintaktik derivatsiyani bir-biridan farqlash lozimligini ta’kid- laydi.66
S.D.Kasnelson gaplar o'zaro faqat transformatsiya munosabatida emas, balki derivatsiya munosabatida ham bolishini bayon qilgan edi.67
Shuning uchun V.S.Xrakovskiy sintaktik derivatsiya deb hosila gapning asos gapdan grammatik maqomi va mazmuni jihatidan farq qiladigan shakliy o'zgarishni tushunadi68.
Derivatsiyaning tarkibiy qismlarini ham transformatsi- yaning tarkibiy qismlariga anologiya yo'li bilan quyidagicha belgilaydi: asos gap uchun operand, hosila gap uchun deri- vat, yasovchi vosita uchun esa derivatsiya operatori ata- malarini qo'llaydi.
Yuqorida ko'rib o'tilgan lingvistik tahlil metodlari Amerika deskriptiv lingvistikasining tulshunoslik nazariyasi uchun bergan eng qimmatli tomonlaridar. Bu metodlar, garchi, tilning qanday funksiallashuvi haqida savolga javob bera olmasa ham, lekin uni tavsiflash uchun katta xizmat qildi. Bu tahlil metodlarining ko'p jihatlari bugungi tilshunoslikning tahlil usuli uchun ham foydadan xoli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |