Tavsifiy metod. Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa, bu metod til o'qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega.
Tavsifiy metodning o'ziga xos jihati shundan iboratki, u obyektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asos- lanib o'rganadi. Xususan, tavsifiy tilshunoslikning o'rganish obyekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so'zlar, so'zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi.
Tavsifiy metod malumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi. Xususan, struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko'radi. Yoki qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslana- yotgan obyekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Demak, u ham tavsifiy metod xulosalari asosida ish ko'radi.
Qiyosiy metod. Olamni bilishda o'rganilayotgan obyektni qiyoslash katta rol o'ynaydi. Oldin o'rganilgan obyektni yangi o'rganilayotgan obyektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biridir. Qiyoslash natijasida qiyoslanayotgan obyektlarning umumiy va o'ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bunday usul tilshunoslikda ham qardosh va qardosh bo'lmagan tillarning umumiy va o'ziga xos jihatlarini yori- tishda keng qo'llaniladi. Shuning uchun ham qiyoslash umumilmiy tafakkur jarayoni sifatida lingvistik tahlilning barcha metodlarida uchraydi.
Lekin lingvistik tadqiqot metodikasida bir tilning ichki tuzilishi bo“yicha qiyoslash va tillararo qiyoslash jiddiy farqlanadi. Bir tilning ichki tuzilishi bo“yicha qiyoslash shu tilning turli grammatik hodisalari va kategoriyalari- ni o'z ichiga oladi. Masalan, sifat bilan ravish qiyoslana- di va ularning umumiy hamda o'ziga xos jihatlari aniqlanadi.
Tillararo qiyoslashda turli tillar bir-biriga taqqoslanadi.
Tillararo qiyoslash, bir tomondan, qardosh tillarni, ikkinchi tomondan, noqardosh tillarni o'rganish va o'qitish tajribasi ta’sirida maydonga keldi.
Tillararo qiyoslash o'ziga xos tadqiqot usullari sistemasi- ga ega. U ikki xil tilshunoslik metodini vujudga keltirdi. Birinchisi, qardosh tillarni qiyoslash, ikkinchisi esa noqardosh tillarni qiyoslash.
Birinchi tipdagi qiyoslashda qardosh tillardan bittasini boshqasiga qiyoslash yo'li bilan ularning tarixiy taraqqiyo- ti, ular o'rtasidagi farqlanish jarayoni ochib beriladi. Bunday qiyoslash qiyosiy-tarixiy metod asosida olib boriladi. Bu metod tillarning genetik umumiyligiga asoslanadi.
Ikkinchi tipdagi qiyoslash turli sistemadagi tillar asosida olib boriladi va uning natijasida tipologik kategoriyalar aniqlanadi. Bunday metod qiyosiy-chog'ishtirma metod sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |