O’zbekiston musulmonlari idorasi


أرَْضَعْنَكُمْ وَأخََوَاتكُُم مِّنَ ال َّ رضَاعَةِ



Download 0,5 Mb.
bet6/11
Sana15.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#449978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Document (5)

أرَْضَعْنَكُمْ وَأخََوَاتكُُم مِّنَ ال َّ رضَاعَةِ


Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayollar) - bu onalaringiz, qizlaringiz, opasingillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opasingillaringizning qizlari, emizgan "ona"laringiz, emishgan "opa-
singil"laringiz( nikohlab) olishingiz (ham harom qilindi)26.
Emizish haqidagi fiqhiy masalalar asosan Rasululloh sallallohu alayhi vassalam hadislarida va fiqhiy kitoblarning nikoh bobida zikr qilinadi. Razo’ haqidagi mashhur hadislar quyidagilardir:
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalam dedilar: “Bitta va ikkita so‘rish yoki bitta va ikkita emish harom qilmaydi” (ya’ni, mahramlik vujudga kelmaydi). Bu hadis shofe’iy va hanbaliy mazhabining emikdoshlik masalasidagi asosiy dalili hisoblanadi, ya’ni ular shu hadisga ko‘ra mahramlik hosil bo‘lishi uchun chaqaloq ayolni besh marta emishi kerak bo‘ladi, deydilar.27 Lekin hanafiy va molikiy mazhabi tarafdorlari esa “Sizlarni emizgan ayollar (emikdosh)onalaringizdir” oyati va Rasululloh sallallohu alayhi vassalamning «Nasab bo‘yicha harom bo‘lgan narsa, razo’-emish bo‘yicha ham harom bo‘ladi», hadislarini dalil qilib, qarindoshlik yuzaga kelishi uchun emishning sonini ahamiyatga ega emasligini aytadilar28.
Razo’atning sobit bo‘lishida bolaning yoshi barcha mazhablarda katta ahamiyatga ega. Imom Abu Hanifa (r.a.) bola ikki yarim yoshgacha o‘z onasidan boshqa ayolni emsa, unga emizikli farzand bo‘ladi, deganlar. Lekin boshqa hamma mazhab imomlari hamda Imom Abu YUsuf va Imom Muhammadlar ham bu yoshni ikki yosh deb belgilaganlar29.
Ularning dalillari : «Go‘dakning homilalik va sutdan ajralish vaqtining muddati o‘ttiz oydir»30, oyati va Rasululloh sallallohu alayhi vassalamning “ikki yildan keyin emish yo‘q” degan hadislaridir. Homilalik muddatining eng oz muddati olti oydir, demak , sutdan ajraladigan vaqtgacha ikki yil qoladi.
Ushbu oyati karimadan ulamolarimiz emizish sobit bo‘lishi uchun bola ikki yosh yoki undan kichik bo‘lishi kerak, degan hukmni olganlar.
Imom Abu Hanifa (r.a.)ning dalillari ham yuqorida keltirilgan oyatdir. Lekin uning talqini shundayki, Alloh taolo ikki narsani zikr etib ularga bir muddatni keltiradi. SHunday ekan, bu muddat u narsalarning har biriga alohidaalohida to‘liq taalluqli bo‘lib, xuddi ikkita qarzga bitta muddatni belgilaganga o‘xshaydi. Faqat ikkisidan birida (ya’ni, homilada) muddatni noqis qiluvchi narsa bor30. Ikkinchisida esa, muddat zohirligicha qolaveradi. SHuningdek, bola sut bilan o‘sishdan to‘xtashi uchun ovqati o‘zgarishi shart. Bu esa, bolaga boshqa ovqatni eyishga odatlanishi uchun kerak bo‘lgan muddatni qo‘shimcha qilish bilan bo‘ladi. SHunday ekan, bu muddat homilaning eng oz muddati bilan taqdir qilinadi. CHunki bu muddat bolaning ovqatini o‘zgartirishiga kifoya qiladi.31
CHaqoloqning begona ayolga o‘z tuqqan bolasidek mahram bo‘lishi uchun sutning shakli-shamoyili ham ahamiyatlidir. Sut albatta, suyuq holatda bo‘lishi shart. Agar ayol sutidan quyiltirib biror narsa tayyorlansa va u go‘dak bolaga edirilsa, ona-bolalik sobit bo‘lish zarur bo‘lgan mahramlik yuzaga kelmaydi. CHunki, u narsani “edi”, deyiladi, “emdi”, deyilmaydi32. Qur’oni karim va hadisi sharifda “emish” mahramlikni vujudga keltiradi deyilgan.
Sut suvga aralashsa, aralashmada sut suvga nisbatan ko‘proq bo‘lsa, bu aralashma go‘dakka ichirilsa mahramlik vujudga keladi33. Lekin suv ko‘proq bo‘lsa, u bilan mahramlik sobit bo‘lmaydi.
Agar sut taom bilan aralashgan bo‘lsa, ona-bolalik mahramligini vujudga keltirmaydi. Abu Hanifa (r.a.) nazdlarida, garchi sut taomda katta qismni tashkil qilsada, bu qoida amal qiladi. Lekin Abu YUsuf va imom Muhammadlar bu holatda sut g‘olib bo‘lsa, mahramlik sobit bo‘ladi, deyishgan. Burhoniddin Marg‘iloniy (r.a.) aytadilar: “Abu YUsuf va Muhammadning gaplari sut olovga qo‘yib pishirilmagan holatga tegishlidir. Agar olovda pishirilsa, barchalarining nazdlarida ham, mahramlik sobit bo‘lmaydi”.35
Islom ulamolari emikdoshlik masalalarini har tomonlama o‘rganib chiqib quyidagi xulosalarga kelganlar:
Hech bir sababsiz bolalarning begona ayolarni emishlari yoki sutlarini ichishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Emizikli bola yetim qolganda yoki onasining suti yo‘q bo‘lgandagina boshqa ayollarning emdirishlari mumkin.
Bola boshqa ayolni emishi lozim bo‘lsa, bu ishga pokiza, adolatli muslima ayollardan guvoh qilish kerak.
Emizish sutli ayollardan sobit bo‘ladi. Suti yo‘q ayolning ko‘kragini og‘ziga olishi bilan emish sobit bo‘lmaydi.
Emgan bola ikki yosh yoki undan kichik bo‘lishi kerak.
Alloh taolo qur’oni Karimda: «Emizishni batamom qilmoqchi bo‘lganlar uchun onalar bolalarini to‘liq ikki yil emizadilar», degan. (Baqara surasi, 233-oyat).
Ushbu oyati karimadan ulamolarimiz emizish sobit bo‘lishi uchun bola ikki yosh yoki undan kichik bo‘lishi kerak, degan hukmni olganlar.
Emish orqali bir ayolga bola bo‘lgan farzand, o‘sha ayolning eriga ham emish orqali farzand bolalariga esa aka-uka yoki opa-singil bo‘ladi. SHu bilan birga, o‘sha bolaning tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar bilan, emishgan aka-uka, opa-singillari orasida hech qanday aloqa paydo bo‘lmaydi. SHar’iy hukmlar faqat emikdosh bo‘lgan bolaga nisbatan sobit bo‘ladi xolos.
Bir ayolni boshqa ayollardan tug‘ilgan turli bolalar emsa ham ular orasida ham nikoh harom bo‘ladi.
Nikohning haromligi faqat emikdosh bo‘lgan aka-singillar orasida emas, balki nasab qarindoshligi bo‘yicha qaysi juftlar orasida harom bo‘lsa, o‘shalar orasida emish orqali ham sobit bo‘ladi.
Bunga avval ham aytib o‘tilganidek Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
«Nasab bo‘yicha ham harom bo‘lgan narsa, rizo’-emish bo‘yicha ham harom bo‘ladi», degan hadislari asos bo‘lgan. Bunga binoan, bir musulmon yigitga o‘zining emish orqali sobit bo‘lgan singlisi, opasi, ammasi, xolasi, onasi, akasining qizi, ukasining qizi, opa-singillarining qizi va boshqalar nikoh jihatidan harom bo‘ladilar.
Albatta, bu hukmlarni musulmon bo‘lgan kishilar hech qanday gap so‘zsiz qabul qilib, ularga to‘liq amal qiladilar. Bo‘lmasa musulmonliklari qolmaydi.
Ammo ba’zi Islom dushmanlari turli gaplar chiqarishlari va sodda musulmonlarni chalg‘itishlari ham mumkin. Ular yosh bola bir xotinni emsaemibti-da, nima bo‘lar edi. Oradan yigirma va undan ko‘p yil o‘tgandan keyin bu ishni surishtirib ovora bo‘lishni nima xojati bor deyishlari mumkin.
Islom huquqida oila va oilada tug‘ilib voyaga etuvchi farzandlar sog‘ligi, baxtu saodatiga katta ahamiyat beriliganligi uchun emikdoshlik masalasi shu darajada maydalab, eng nozik tomonlarigacha faqihlar tomonidan o‘rganib chiqilgan. Nikoh ishi umr savdosi. U qanchalik poklik, halollik va to‘g‘rilik ila o‘rnatilsa shunchalik baxt keltiradi.
Alloh taolo ko‘pgina hikmatlarga binoan ma’lum bir nasab, qudachilik va emikdoshlik orqali yuzaga keluvchi qarindoshlar orasidagi nikohni harom qilgan.
Emikdoshlik qarindoshlar orasida nikohni harom qilish ham behikmat emas. Bu faqat insonlar foydasi uchundir. Zotan sha’riy hukmlarning hammasi insonlar foydasi, ularning baxt-saodati uchundir.
Ma’lumki, har bir ayol o‘zi emizayotgan bolaga nafaqat sutini, balki mehrmuxabbatini, xis-tuyg‘ularini ham qo‘shib beradi. Ana shunday mehr-muxabbat, xis-tuyg‘ular birligi bor kishilar jinsiy tomondan bir bo‘lishlari sof insoniy tabiatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ikkinchidan, avval ham aytilganidek, sut bolaning suyagi, qoni va vujudining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bir sutdan shakllangan vujudlarning jinsiy aloqada bo‘lishlari esa ko‘pgina kasalliklarga sabab bo‘ladi. Ulardan paydo bo‘lgan bolalar ham kasalmand, mayib bo‘lib tug‘iladilar. Bu haqiqatni hozirgi zamon tib ilmi ham tasdiqladi. Ana shu karindosh kizga uylanganda, u kizga shaxvat nazari bilan emas, balki shavkat nazari bilan qaraydi, natijada nogiron farzandlar dunyoga keladi. Mana shu va yana biz bilmagan boshqa hikmatlarga ko‘ra Alloh taolo emikdosh qarindoshlar orasidagi nikohni harom qilgan.
SHu bois bu masalaga alohida e’tibor bilan qarash kerak bo‘ladi. Buning uchun esa, ota-bobolarimiz qoldirgan ulkan huquqiy merosimizni o‘rganishimiz va ularni chuqur tadqiq qilmog‘imiz lozim. Bu bizning ham din oldidagi, ham Vatan oldidagi muqaddas burchimizdir.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish