أدَْعِيَاءَكُمْ أبَْنَاءَكُمْ ۚ◌ ذٰلَِكُمْ قوَْلكُُم بِأفَْوَاهِكُمْ ۖ◌ وَ َّ ُ يَقوُلُ الْحَ َّ ق وَهُوَ يَ هْدِي ال َّ سبِيلَ ﴿٤﴾
“Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir. (SHuningdek), sizlar “zihor”1516 qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni o‘z bolalaringiz qilgan emasdir. Bu sizlarning og‘izlaringizdagi so‘zingizdir. Alloh esa haqiqatni aytur va Uning O‘zi yo‘lga
boshlar”16.
Oyatdagi ikkinchi masala asrandi bola haqida. Boqib olingan asrandi bola hech qachon o‘zi tuqqan bolalaridek mahram bo‘la olmasligini, nikoh va meros masalalarida ularning huquqi begonalar huquqi bilan barobar bo‘lishi haqida ko‘rsatmalar berilgan. Bu bilan bola asrab olish va uni tarbiya qilib voyaga yetkazish savobi inkor etilayotgani yo‘q. Masalan, bir oilada asrandi o‘g‘il voyaga yetsa, shu oiladan “singilga” uylanish mumkin va aksincha ham.
Surada Rasululloh sallallohu alayhi vassalam asrab olgan Zayd ibn Horisa voqeasi batafsil bayon etiladi.
Umuman, Qur’onda yetim bolalar va ularning huquqlarini ta’minlashga doir bir qator oyatlar mavjud. Misol uchun, Niso surasining bir qancha oyatlarida ularning mulki har tomonlama himoya qilinadi:
“(Voyaga yetgan) yetimlarga mol-mulklarini (qaytarib) beringiz, pok
narsani nopok narsaga almashtirmangiz! Ularning mollarini o‘z
mollariningizga qo‘shib ham yemangiz! Zero, bu katta gunohdir”.17
“Yetimlarni to balog‘at yoshiga yetgunlaricha, imtihon qilib (jinsiy holatini tekshirib) turinglar: voyaga yetganliklarini sezsangiz (omonat) molmulklarini o‘zlariga topshiringlar! Ularni isrof qilib va (ulg‘ayib qolmasinlar deb) shoshqoloqlik bilan yeb yubormangiz. Kim boy bo‘lsa, (yetim molidan) saqlansin. Agar kambag‘al bo‘lsa, yaxshilikcha (me’yorida olib) yesin. Molmulklarini o‘zlariga qaytarganingizda, ularga guvoh chaqiringlar. Alloh hisob-kitobda kifoya qiluvchidir”.18
“Meros taqsimlashga uzoq qarindoshlar, yetimlar va miskin (bechora hol)lar hozir bo‘lsalar, ularni ham u (meros)dan bahramand qilib ularga
yaxshi gapiringlar”.19
“Yetimlarning mol-mulklarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar, albatta, qorinlarida olov yegan bo‘lurlar va albatta, do‘zaxda toblanurlar”.20
SHuningdek, Rasululloh sallallohu alayhi vassalam ham O‘zlarining sunnatlarida yetim bola asrab olish uni boqib tarbiya berish, voyaga yetgach esa o‘g‘il bola bo‘lsa uylantirish, agarda qiz bola bo‘lsa, uni uzatishning savoblari haqida gapirib o‘tganlar.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu islomiy qonun-qoidalar o‘zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan odamiylik, insonparvarlik kabi xislatlar bilan uyg‘undir.
“Alloh taologa xonodonlaringiz ichida sevimlisi yetim asrab, yaxshi boqayotgan xonadondir”.
“Men sizlarga ikki zaiflarning haqqini harom qilaman:
Yetim
Xotin”.
“Men va yetimni kafolatga olgan kishi jannatda shunday birga bo‘lamiz, -deb ikki barmoqlarini ko‘rsatdilar”.
“Yetim- yesir (tul xotin) va miskin uchun urinayotgan odamlar Alloh yo‘lida jihod qilayotgandek, yoki kechalari qoim va kunduzlari soimlarning savobiga egadir”.21
Do'stlaringiz bilan baham: |