O’zbekiston musulmonlari idorasi


بسِْمِ َّ ِ ال َّ رحْمَـٰنِ ال َّ رحِيمِ



Download 0,5 Mb.
bet2/11
Sana15.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#449978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Document (5)

بسِْمِ َّ ِ ال َّ رحْمَـٰنِ ال َّ رحِيمِ


الَْحَمْدُ الَّ ذِي قَالَ لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ ﷲ اسُْوَةٌ حَسَنة ٌ
وَ ال َّ صلَوةُ وَ ال َّ سلامَُ عَلَى خَيْرِ خَلْقِهِ ﷴ الَّ ذِي قَالَ
اِ َّ ن ﷲ جَمِيلٌ يحُِ ُّ ب الْجَمَالَ وَ عَلَى آلِهِ وَ اصَْحَ ابهِِ
الَّ ذِينَ يقُاَلُ فِي حَقِهِّمْ فيِهِ رِجَالٌ يحُِبُّ ونَ
. انَْ يَتطََ َّ هرُوا وَ ﷲ يحُِ ُّ ب الْمُتطََهِّرِينَ
:ا َّ مَا بَعْد ُ
Kirish.
Tadqiqotning dolzarbligi. Mamlakatimizning buyuk kelajagi poydevorini qurish asnosida, davlatimiz yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish borasida alohida e’tibor qaratmoqda.Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim berish va sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar miqdori yildan-yilga ko‘paymoqda.
Bolalar manfaatlarini himoya qiladigan milliy qonunchilik takomillashtirilmoqda, yuvenal adliya rivojlanmoqda. Ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, yetim-yesirlar va nogiron bolalar doimiy davlat e’tiborida. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlash, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantirishni o‘z zimmasiga olgan1. Ularga aniq yo‘naltirilgan tarzda yordam ko‘rsatilmoqda, bunday yordamning yangi shakllari ishlab chiqilyapti. Bularning boisi bolalar bilan bog‘liq masalalar hamma davrda dolzarbligini yo‘qotmasdan, o‘zining ko‘p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma’nan barkamol, ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Voyaga yetmaganlar, yanada soddaroq qilib aytganda bolalar masalasi, ularning oila bilan bog‘liq bo‘lgan holdagi huquq va majburiyatlarining ta’minlanganlik darajasini oshirish muhim masalalardan hisoblanadi2. Bu masalaning tig‘izligi yana shundaki, O‘zbekiston bolajon mamlakat, O‘zbekiston xalqi bolajon xalq. Bundan tashqari atrofimizga nazar tashlasak, jamiyatimiz asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish bir-biridan go‘zal, bir-biridan ahil oilalarning birida – ikkita, ikkinchisida – to‘rtta, uchinchisida – beshta va undan ortiq farzandlar kamol topayotganini ko‘rishimiz mumkin3. Lekin ularning orasida farzandli bo‘lish baxtidan mahrum bo‘lgan oilalar ham yo‘q emas. Albatta, ularning ham farzand tarbiyalash, ularning quvonch va qayg‘usiga sherik bo‘lish, o‘zlaridan keyin, duoi fotiha qilib turadigan farzandi bo‘lishga huquqlari bor. SHunday ekan bu masalani har tomonlama to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bu sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mavzuni o’rganish darajasi; Ushbu mavzu islom dinining bir bo’lagi sanaladi. Chunki bugungi kunda biz yoritib bermoqchi bo’lgan mavzu har bir insonni o’ylantirib qo’yuvchi va xoxlovchi mavzusidir. Islom dinida farzand ulug’ nemat sanaladi. Farzand har bir qalbning gulu rayhoni chechagidir. Farzandsiz har bir xonadon xoh boy xoh kambag’al bo’lsin fayzsiz bo’ladi.Farzandning kulgusi har bir qalbni yorituvchi harbir xonadonning baxt saodatidir. Lekin Allohning irodasi ila hozrda farzand ko’ra olmaydigan oilalar ham uchrab turadi. Biz shu masalada ular uchun foydali va diniy huquqiy yo’llarini ochib beruvchi bir massalani yoritishni qasd qildik.Bu masala borasida Qur’oni Karimda bir necha oyatlar nozil bo’lgan. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning bir necha hadislarida ham bu masala borasida tavsiyalar kelgan. Hattoki Nabiyimizning o’z hayotlarida ham bu masala duch kelgan.
Ushbu ilmiy ishni yozishda ko‘plab huquqshunos olimlarning asarlari hamda ilmiy huquqiy maqolalaridan foydalanildi. Jumladan, turli xil bolalar huquqlarini ta’minlovchi tashkilot va qo‘mitalarning statistik ma’lumotlari ham misol tariqasida keltirilgan. Hozirgacha shu soha mutaxassislaridan ko‘pchiligi oila masalalarining qator qirralarini o‘z ilmiy izlanishlarida o‘rganganlar. O‘zbekiston qonunchiligida Otaxo‘jaev F.4, Yo’ldasheva SH5., To‘xtashev A6, Xolmatova M7., Xolmo’minov J.T kabi tadqiqotchi olimlarning oila huquqi sohasida ancha salmoqli ishlar olib borganligini ko‘rish mumkin. Xossatan ular farzandlikka olish, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, farzandlikka olishning shart-sharoitlari kabi mavzularni ham tadqiq etganlar.
Bulardan tashqari, oilaviy muammolar va farzandlikka olish masalasi oxirgi yillarda rus va sobiq Ittifoq olimlari Antokolskaya M.V, Nechaeva A.M, Kochergina T.V., Sviridova I.Alar tomonidan olib borilgan izlanishlarning predmetiga aylantirilgan. Olimlar tomonidan to‘plangan ilmiy dalil va xulosalarning barchasi mohiyatan o‘zbek muhitiga to‘g‘ri kelmasligi aniq. Negaki, bir millatning urf-odati, an’ana va milliy qadriyatlari boshqasinikiga mos kelmaydi. Muhimi, O‘zbekistonda oila va undagi o‘zaro munosabatlarga alohida qadriyat sifatida qaralishi ham bu borada yurtimizgagina xos bo‘lgan ma’lum qonuniyatlarning borligidan dalolat beradi. SHu bois ham, mavjud muammoni har bir xalqning xususiyatlari va urf-odatlarini inobatga olgan holda o‘rganish zarur. Islom huquqida aynan farzandlikka olish nomi ostida normalar mavjud bo‘lmasada, lekin razoat8 bobida o‘rganilayotgan ishga daxldor masalalar bayon etiladi. Avvalo, islom dining muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’oni karimda razoatga daxldor muhim normalar mavjud. Misol uchun,

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish