O`zbekiston musulmonlar idorasi Buxoro shahar "Jo`ybori Kalon" ayol -qizlar o`rta maxsus islom bilim yurti



Download 95,88 Kb.
bet2/14
Sana11.06.2022
Hajmi95,88 Kb.
#655361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'rta Osiyo olimlari qomusi Mahliyo Muxtorova word

III Xulosa.
“Ushbu bitiruv ishi” ni yozganda olgan taassurotlarim.
IV Foydalanilgan adabiyotlar.
V Ilova.


الحمد لله رب العاللمن حمدا كثيرا طيبا مباركا فيه علي كل حال حمدا يوافي نعمه و يكافي مزيد لك الحمد كما ينبغي لججلال وجهك و لعظيم سلطانك الحمد لله الذي تواضع كل شئ لعظمته والحمد لله الذي ذل كل شئ لعزته والحمد لله الذي خضع كل شئ لملكه و الحمد لله الذي استسلم كل شئ لقدرته.
Mo`minlarni O`ziga itoat qilishga buyurgan, shu ibodat orqali ularning nafslarini poklab, ruhlarini haqiqiy bandalik me`rojiga yuksaltirib, qalblarini ixlos va sadoqatga to`ldirgan, bemor bo`lgan bandalariga shifo beruvchi, bizlarni mo`min musulmon bandasi qilib yaratgan ko`nglimizga tavfiqu toatni ilhom qilib, namoz o`qish va ro`za tutish va ilm olish muhabbatini ko`nglimizga solgan, yana buning ustiga Hazrati Muhammad Mustafo (s.a.v.)dek zotga ummat qilgan Alloh subhonahu va taologa beadad va behisob hamdu sanolarimiz bo`lsin.
Olimlarning yo`lboshchisi, obidlarning na`munasi, so`zda ham amalda ham taqvodorlarning imomi bo`lgan Habibimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.)ga durud-u salovotlar bo`lsin.
Din yo`lida faqih bo`lib, ruhlarini toatga, badanlarini istiqomatga bo`ysundirgan, Allohning roziligi yo`lida haqiqiy bandalik qilgan sahobalardan Allohning O`zi rozi bo`lsin.
Yana haq yo`lni topishlikda porlab turgan yulduzlar kabi bo`lgan ulug` sahobalarga ergashib, u zotlarning izidan borishlikda chidam kamarini bellariga mahkam bog`lab, to qiyomatgacha o`tadigan ummati Muhammad Mustafo (s.a.v.)ga cheksiz rahmatlar yog`ilsin.


1 Ilm talab qilishning fazilati, ulamolar martabasi va ahli ilmlarni hurmat qilish odobi.

اغد عالما او متعلما او مستعما او محبا ولا تكن الخامسة فتهل
Payg`ambar a.s. shunday marhamat qiladilar: “Olim yoki O`rganuvchi yo ilm tinglovchi yohud ilmni suyuvchi bo`lig! Beshinchisi (ilmni dushmani)bo`lishdan saqlaning, aks holda halok bo`lasiz”.
Olimlar haqida so`z boshlashdan avval ilm talab qilishning fazilati, ulamolar martabasi va ularning Alloh taolo nazdida qadri baland ekani haqida qisqacha aytib o`tmoqchiman. Bu mavzuda kelgan Qur`oni karim oyatlari, hadisi shariflar, sahobai kirom va salafi solihlarning so`zlarini ham keltirishni lozim topdim.
Zero, inson ilm talab qilish bilan yuksak sharaf va oliy martabaga erishajagini anglasa ta`lim olish va ilm berish yo`lidan yursa, shar`iy odob bilan xulqlanishga yanada ko`proq harakat qiladi. Oqibatda Alloh subhonahu va taolo nazdida uning martabasi va fazilati ziyoda bo`ladi, qadri ortadi, odamlar ham undan manfaat ko`radilar.
Quyida ilm talab qilishga targ`ib etuvchi oyat-hadislarni, ulamolar erishadigan martaba, Alloh ular uchun hozirlab qo`ygan katta ajr- mukofotlar va ulug` fazilatlar haqida qisqacha aytib o`tmoqchiman.
Alloh taolo O`zining muborak oyatida olimlarning fazilati, martabasi va qadri haqida bunday deydi:
قل هل يستوى الذين يعلمون والذين لا يعلمون انما يتذكراولوا الالب
Ayting: “biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo`lurmi?! Darhaqiqat, aql egalarigina pand – nasihat olurlar”(Zumar,9).
Bu bilan Alloh taolo olimlarning martabasi balandroq ekanini ta`kidlamoqda.
Yana Alloh taolo aytadi:
يرفع الله الذين ءامنوا منكم والذين اوتوا العلم درجت والله بما تعملون خبير
Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja – martabalarga ko`tarur” (Mujodala,11).
Albatta, darajalarni ko`tarish ulug` fazlu marhamatga dalolat qiladi. Dunyodagi oliy martaba ma`naviy yuksaklikni, jannatdagi yuksak daraja esa hissiy yuksaklikni qamrab oladi. (“Fathul boriy”dan)”.
Ilm fazilatiga, uni doimo ziyoda etib borish lozim ekaniga ushbu oyat ham dalil bo`ladi:
وقل رب زدنى علما
Ayting, (ey Muhammad s.a.v): “Robbim, ilmimni ziyoda qilgin”(Toha,114).
Alloh subhonahu va taolo Payg`ambarimiz alayissalomni ilmdan boshqa biron narsani ko`paytirishga buyurmadi. Albatta, bu oyati karimada bandaga Robbini tanituvchi hamda ibodat va muomaladagi din buyruqlarini o`rgatuvchi shar`iy ilm nazarda tutilgan.
Alloh taolo ilmni va ulamolarni sharaflab, ularga hikmat va ko`p yaxshiliklar beradi.
يؤتى الحكمة من يشاء ومن يؤت الحكمة فقد اوتي خيرا كثيرا ومايكر الا اولوا الالبب
U o`zi istagan kishilarga hikmat (foydali ilm) beradi. Kimga hikmat berilgan bo`lsa, bas, aniqki, unga ko`p yaxshilik berilibdi. Va`z-eslatmalarni faqat ahli donishlargina oladilar”(Baqara,269).
Mujohid aytadilar: “Oyatda zikr qilingan “hikmat”ning ma`nosi ilm va fiqhdir”. Ushbu oyati karimada ham ilmning ahamiyati va ilm talab qilish zarurligi ta`kidlanadi.
فا علم انه لا اله الا الله واستغر لذنبكوللمؤمنين والمؤمنت
Bas,(ey Muhammad) hech qanday iloh yo`q, magar Allohgina bor ekanini biling va o`z gunohingiz uchun hamda mo`min va mo`minalar (ning gunohlari) uchun mag`firat so`rang” (Muhammad,19).
Imom Buxoriy bu oyati karimada amaldan avval ilm zikr etilganini ta`kidlab o`tganlar.
Foydali ilmning ko`p samaralari bo`lib, ulardan eng muhimi – ilm o`z sohibida Allohdan qo`rquv, ya`ni taqvo paydo qilishdir. Zero, insonlar orasida olimlar Parvardigordan eng ko`p qo`rquvchi bandalardir. Chunki ular Allohni tanitadigan, qalblaridagi iymonni mustahkamlaydigan ilmni ta`lim olganlar.
انما يخشى الله من عباده العلمؤا
Allohdan bandalari orasidagi olim – bilimdonlargina qo`rqur”(Fotir,28) oyati karimadagi ulamolar aql – idrokli, fahm – farosatli kishilardir.
يعقلها الا العلمون وتلك الامثال نضربها للناس وما
Ushbu masalalarni biz odamlar (ibrat olsinlar) uchun ayturmiz. (Lekin ) ularni faqat ilm egalarigina anglay olurlar” (Ankabut,43).
Qur`oni karim oyatlarini yaxshi o`rgangan kishi ilmning va ulamolarning martaba – darajalarini bilib oladi. Qur`onda foydali ilmning samarasi haqida, insonlarni fahmlash, idrok etish, munozara qilish, fikrlash va aql ishlatishga targ`ib etuvchi ko`plab oyatlar bor.
Mo`tabar manbalarda Payg`ambarimiz s.a.v.ning ilm olishga buyuradigan, olimlar martabasini ulug`lovchi va ular sifatlanishi lozim bo`lgan xulqu odoblar haqidagi ko`plab hadisi shariflari keltirilgan. Birgina “Sahihi Buxoriy” ning o`zida ilm, ilm talab etish va unga targ`ib qilish haqida yuzdan ortiq hadis bor. Hatto, Imom Buxoriy “Iymon kitobi”dan keyin alohida “Ilm kitobi”ni tasnif etganlar.
Boshqa hadis kitoblarida ham Nabiy s.a.v.ning hadislari, sahobai kirom va tobeinlarning ilm haqidagi hikmatli so`zlari ko`plab keltirilgan. Bularning barchasi olimlar martabasi, Alloh taolo foydali ilm o`rganuvchi, o`rgatuvchi mo`minlarga berajak yuksak maqomlarga ishora qiladi.

Download 95,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish