O`zbekiston musulmonlar idorasi Buxoro shahar "Jo`ybori Kalon" ayol -qizlar o`rta maxsus islom bilim yurti


“O`rta Osiyo olimlari qomusi” mavzusida “Bitiruv ishi ” yozishdan maqsadim



Download 95,88 Kb.
bet5/14
Sana11.06.2022
Hajmi95,88 Kb.
#655361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'rta Osiyo olimlari qomusi Mahliyo Muxtorova word

2“O`rta Osiyo olimlari qomusi” mavzusida “Bitiruv ishi ” yozishdan maqsadim.
Darhaqiqat, “O`zbekiston – allomalar yurti” degan iborani barchamiz ko`p eshitganmiz, kezi kelganda, o`zimiz ham g`urur bilan aytamiz. Zero, ushbu so`zlar zamirida shunday ulkan haqiqat va ibratli e`tirof yotadiki, ularga sazovor bo`lish dunyodagi sanoqli o`lkalargagina nasib etgan. Lekin tarix gardishi bilan ushbu haqiqat uzoq yillar davomida avaylab kelindi, uning umuminsoniy ahamiyati ataylab pastga urilib, talqin etildi. Mana, bugun, alhamdulillah, zamon o`zgardi: xalqimiz istiqlol nashidasini surmoqda, barcha moddiy va ma`naviy xazinalariga o`zi egalik qilmoqda. Jumladan, nafaqat musulmon olamining rivoji, balki umuminsoniy taraqqiyotning yuksalishiga benazir hissa qo’shgan alloma ajdodlarimizni yangidan kashf etmoqdamiz.
Yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar jahon ilmu taraqqiyotiga qo`shgan salmoqli hissaning haqiqiy zalvorini oydinlashtiradi. Masalaning ikkinchi tarafi – “Bitiruv ishi” qalbimizdagi eng nozik hissiyotlarni junbushga keltirib, ajdodlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib voris bo`lish, mazkur zaminga mansublikdan g`ururlanish tuyg`ularini uyg`otadi. Oddiy qilib aytganda, vatanparvarlik deya atalmish oliy insoniy fazilatni mustahkamlaydi.
Yangi bir asrning ostonasi bu,
Yetishdim “Bitiruv ishi” yozishga.
Tilimda shukrona dilimda g`urur,
Ulamolar kitobin keldim qoshiga.

II.1. Movarounnahrda yashab, faoliyat ko`rsatib o`tgan ulamolar.
Milodiy yettinchi asrda Markaziy Osiyoga kirib kelgan Islom dini mana o’n uch asrdirki, mintaqa xalqlari hayotida muhim o’rin egallab kelmoqda. Tarixda “O’rta Osiyo uyg’onishi” deb atalgan davr va shu paytda yaratilgan nodir ilmiy, me’moriy, madaniy va ma’naviy boyliklar Islom dini bilan bevosita bog’liqdir. “Ilm olish har bir musulmonga farzdir” hadisi sharifga amal qilingan bu yurtdan dovrug’I dunyoni tutgan ulug’ olimlar, fan darg’alari, atoqli imomlar yetishib chiqqan. Shulardan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Burxoniddin Marg’inoniy, Abu Mansur Moturidiy kabi buyuk olimlar va mutafakkirlarning yaratgan boy ilmiy merosi jahon madaniyati va tamadduniga bebaho xazina bo’lib qo’shilgan.
Diyorimiz Mustaqillikka erishganidan keyingi qisqa muddat ichida hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o’zgarishlar ro’y berdi. Islom dinining xalqimiz ruhiyati va ma’naviyatidagi muhim o’rnini to’g’ri anglagan holda dinning hayotimizdagi ahamiyatiga xolis baho berishga va diniy qadriyatlarni tiklashga kirishildi. Muxtaram yurtboshimiz Islom Karimov : “Biz o’z millatimizni ana shu muqaddas dindan ayri holda tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o’zligimizni yo’qotamiz”, deb ta’kidlaganlar.
Mamlakatda e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy qadriyatlarni tiklash, ulkan tarixiy merosni o’rganish bo’yicha katta tadbirlar belgilanib, amalga oshirila boshladi. Hukumatimizning “Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazini tashkil etish to’g’risida”, “Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash to’g’risida“, Payg’ambar alayhissalom amakivachchalari Qusam ibn Abbos dafn etilgan “Shohi Zinda majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to’g’risida ” gi qarorlari bu sohadagi ishlarning bir qismi desak mubolag`a bo`lmaydi.
Shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan ulug’ allomalarning tavallud to’ylarini o’tkazish, ular merosini tadqiq qilish borasida ham talay ishlar qilindi. Jahon islom hazorasiga, fan va madaniyatga ulkan xissa qo’shgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Ahmad Farg’oniy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Xoja Ahror Valiy kabi atoqli islom olimlari va tasavvuf shayxlarining tavallud to’ylari keng nishonlandi, qadamjolari obod qilindi, asarlari qaytadan nashr etildi.
O’tgan mustaqillik yillarida diniy ta’lim berish tizimi tubdan qayta shakllandi, ilmiy kadrlar tayyorlash yaxshilandi. Bugungi kunda Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom instituti (Ma’had) va o’nta Islom o’rta maxus bilim yurtida 1200 ga yaqin talaba Qur’oni Karim, aqida, hadis, din tarixi, fiqh ilmlarini egallash bilan birga dunyoviy bilimlardan ham saboq olyapti, 1999-yil 7-aprelida Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom Universitetining tashkil etilishi muhim voqea bo’ldi. Universitetda islom tarixi va falsafasi, shariat(fiqh), iqtisod va tabiiy fanlar fakultetlari bor. To’rt yillik bakalavrlik, ikki yillik magistrlik bosqichlariga ega. Unda 500 dan ziyod talaba taqsil oladi. Universitet tarkibida islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, kitob va o’quv qo’llanmalari chiqariladigan nashriyot ham bor. Bularning hammasi bugungi kunga kelib har bir masjidni 3-5 nafar malakali imom bilan ta’minlash imkonini berdi.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro markazining faoliyat boshlashi ham mamlakat ma’naviy hayotida katta voqea bo’ldi. Bu yerda hadis ilmi bo’yicha tadqiqotlar olib boriladi, turli xalqaro ilmiy anjumanlar o’tkaziladi, masjidlarning imom-xatiblarini malakasi oshiriladi.
Islomiy adabiyotlar nashr etish ham ancha faollashdi. Sovet peytida diniy adabiyot deyarli nashr etilmagani holda Musulmonlar idorasi qoshidagi “Movaraunnahr” nashriyotida minglab nusxada darsliklar va diniy adabiyotlar nashr etilmoqda. Arab tilidagi Qur’oni Karim (Abdurahmoniy Qur’oni) va uning bir qismi bo’lgan “Haftiyaki Sharif” ning, Qur’oni Karim ma’nolarining zamondosh olimlardan Sayyid Mahmud Taroziy (Oltinxonto’ra), Alouddin Mansur, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdulaziz Mansur va boshqalar o’girgan o’zbek tilidagi tarjimalari va tafsiri bir necha marta ko’p adadda chop etilishi musulmonlar hayotida katta voqea bo’ldi.
Shuningdek, Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih”, “Al- adab al-mufrad”, Burhoniddin Marg’inoniyning “Xidoya”, Abu Iyso Termiziyning “Sunan”, mazhabboshimiz Imom A’zamning “Asarlar ”, “Musnad”, Abu Homid G’azzoliyning “Ihyou ulumid-din”, Imom Nabaviyning “Riyoz us-solihin”, “Azkor” kitoblari, “Ahli sunna val jamoa aqoidi”, “Til ofatlari” kabi mashhur asarlar, arab tili sarfi va nahvi, aqoid, fiqh usullari, hadis, siyratga doir o’nlab darslik va kitoblar nashr etildi.
Bulardan tashqari, o`ttiz sakkiz ming nusxada oylik “Hidoyat” jurnali va o`n ming nusxada haftalik “Islom nuri” gazetasi, musulmonlar uchun taqvimlar ham nashr etilmoqda.
2007 yil boshida O`zbekiston Musulmonlari idorasi, respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, respublika Ma`naviyat - targ`ibot markazi hamda bir qancha savobtalab homiylarning tashabbusi bilan Toshkent shahar Hokimligi qoshida Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamg`armasi tashkil etildi. Jamg`arma Hazrati Imom majmuasining asl tarixiy qiyofasini tiklash, bu yerda keng ko`lamli qurilish – ta`mirlash va obodonchilik ishlari olib borishga vazifalangan edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 fevraldagi Qaroriga binoan jamoatjilik jamg`armasining faoliyati qo`llab – quvvatlandi va shu maqsadda 500 million so`m mablag` ajratildi.
Shundan keyingi qisqa vaqt ichida Hazrati Imom majmuasidagi yodgorliklarni qayta tiklash va bu yerni obod qilish bo`yicha misli ko`rilmagan miqiyosda qurilish – ta`mir ishlari olib borildi. O`zbekiston musulmonlar idorasining yangi binosi, besh ming namozxonga mo`ljallangan hashamatli jome` masjidi va uning 56 metrli ikki minorasi, Toshkent Islom institutining yangi binosi qurib bitkazildi. “Tillashayx”, “Mo`yi muborak”, “Namozgoh” masjidlari, Baroqxon madrasasi va boshqa obidalar qayta ta`mirlandi, katta obodonchilik ishlari olib borildi, yo`llar chiqarildi. 2008-yil 18-may kuni yangi masjidda ilk bor juma namozi ado etildi.
O`zbekiston musulmonlarining xorijdagi dindoshlari bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Mamlakatimiz 1996-yili Xalqaro Islom Konferensiyasi Tashkilotiga a`zo bo`ldi.
2007-yili Islom Konferensiyasi tashkilotinning ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha Islom tashkiloti AYSESKO (ISESCO) Toshkentni Islom madaniyati Umumjahon poytaxti deb e`lon qilgani O`zbekistonnning Islom olamidagi nufuzi va obro`si oshib borayotganining yana bir yorqin ko`rinishi bo`ldi.
Muazzam poytaxtimizning umumjahon Islom hazorasiga qo`shgan bebaho hissasini allaqachon Sharqu G`arb tan olib ulgurgan. Toshkent olimlarining Qur`on, hadis, aqida, fiqh, tarix va kalom ilmlarini boyitish, islomiy qadriyatlarni asrab-avaylash, xalqni ma`rifatli qilish borasidagi buyuk xizmatlari har qancha tahsin – e`tiborga molik. Tarixga murojaat qiladigan bo`lsak, ayni Toshkent Movarounnahrda birinchilar qatori Islom bilan sharaflangan o`lkalardan sanaladi. Abul Futuh al-G`afforning “Qoshg`ar tarixi”asarida bunday yozilgan: “Shosh aholisi Islomni qabul qilgan birinchi turk o`lkasi sanaladi. Bilga hoqon zamonida amir Nuh ibn Mansur ar-Roziy as-Somoniy Shoshga qo`shin tortib keldi va hatto Isfijob (Sayram) ostonalarigacha kirib bordi”.
Mo`tabar manbalardan yana birida keltirilishicha, “Hijriy 95 (milodiy 713) yili Qutayba ibn Muslim Shoshga yurish boshladi. Xalifa Hajjoj unga yordam uchun Iroqdan qo`shin yuborgan edi. Qutayba shavvol oyida Shoshda yoki Qo`shmaxonada turganida Hajjojning o`limi haqidagi xabar keldi va bundan qayg`uga tushib, qaytadan Marvga qarab yo`lga tushdi”. (Abu Ja`far at-Tabari. “Istoriyaat-Tabari”, Tashkent, Fan” 1987, 144).
O`n to`qqizinchi asr avvalida Toshkentda bo`lgan rus konchilik muhandisi Timofey Burnashev xotiralarida shunday jumlalar bor: “1800 yil boshida Toshkentda o`ng ming hovli bo`lgan, shahardagi erkak aholining soni esa 40 mingga yaqin edi. Muhammad (a.s)ning diniga e`tiqod qiluvchi toshkentliklar Qur`oni Karim qoidalariga qattiq amal qilishgan. Ular ko`proq diniy kitoblar o`qish va yozuv-xat o`rganish ila mahg`ullar. Masjidlarda ibodat har kuni o`tkaziladi, balog`atga yetgan har bir erkak unda albatta qatnashadi. Ruhiy rahnamolar sifatida mullalarning obro`yi katta. Hatto shahar hokimi ham xudojo`ylikda boshqalarga namuna ko`rsatadi.” (“Vestnik Russkogo Imperatorskogo geograficheskogo obshestva”, kniga 1, SPb, 1851g. str. 56).
Islom kelganidan so`ng Toshkent ilm-fan gullab-yashnagan, jahonga ko`plab nomdor olimlarni bergan, Islom tamadduniga salmoqli ulush qo`shgan saodatli o`lkaga aylandi. Tarixchilarning guvohlik berishicha, birgina Toshkent shahri va atrof qishloqlaridan o`rta asrlarda yuzdan ortiq mashhur olimlar yetishib chiqqan. Toshkentli atoqli olim Imom al-Kabir Abu Bakr Ali ibn Ismoil Qaffol ash-Shoshiy nafaqat Movarounnahr balki butun Islom olamida mashhur muhaddis va faqih edi. U ilm talabida Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va boshqa o`lkalarga sayohat qilgan, taniqli muhaddis Haysam ibn Kulaybdan hadis ilmini o`rgangan. Abu Ja`far at-Tabariy, Abu Muso al-Ash`ariy ham unga ustozlik qilishgan. Uning “Odob ul-qozi”,“Odob ul-bahs”, “Husni jadal” kabi asarlari bor.
Abu Ya`qub Is`hoq ibn Ibrohim ash-Shoshiy esa mashhur fiqh va tafsir olimlaridan bo`lgan. U Shoshda tug`ilgan, keyin Misrga borib o`sha yerda istiqomat qilgan. Misr viloyatlarida amaldor va qozi bo`lgan, kitoblar tasnif etgan. Uning “Kitab ul-usul” asari “Usuli Shoshiy” nomi bilan Islom olamida mashhur.
Imom Shoshiy nomi bilan tanilgan Abu Said Haysam ibn Kulayb ibn Surayj (ba`zi manbalarda Shurayh) ibn Ma`qal ash-Shoshiy al-Binkasiy at-Turkiy al-Ma`qiliy ham Movarounnahrning taniqli muhaddis olimlaridan edi. Abu Iso at-Termiziy, Bag`aviy al-Makkiy kabi ellikdan ortiq mashhur shayx va muhaddislardan hadis ilmini o`rgangan. Uning o`n besh jildli “Al-Musnad al-Kabir” asari Islom olamida mashhur.
Yana bir shoshlik olim Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ash-Shoshiy Movarounnahrning taniqli faqih va muhaddislaridan bo`lgan. U Bag`dodda tahsil olgan. Keyinchalik mashhur Nizomiyya madrasasida mudarris bo`lgan. “Hilyat ul-ulamo”, “Al-mo`tamad”, fiqhga doir yigirma jildli “Ash-shofiy” va boshqa asarlari mashhur. Bundan tashqari uning Qur`on, hadis, tilshunoslikka oid kitoblari ham bor. Qomusiy asarlarning barchasida uning nomiga “Islom mamalakatlari faxri” unvoni qo`shib zikr qilinadi. Toshkentlik ulamo va fuzalolardan Alouddin Shoshiy-Kosoniy, Shayx Hovandi Tohur, Xoja Ahror Valiy, Hofiz Ko`hakiy kabilarning nomlari ham Islom dunyosida ma`lumu mashhurdir.
Bularning hammasi o`tmishda ham, hozirda ham Toshkent Islom madaniyatining yirik markazlaridan biri bo`lganini, u Islom hazorasi ravnaqiga bebaho ulush qo`shganining isbotidir. Shu jihatdan Xalqaro Islom Konferensiyasi Tashkilotining ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha Islom tashkiloti ISESCO ning Toshkentni madaniyati Umumjahon poytaxti deb e`lon qilgani ham bejiz bo`lmagan.
Samarqand va Buxoro, Termiz va Kesh, Nasaf va Xorazm, Farg`ona vodiyidan chiqqan olimlarning hatto sanog`iga yetish qiyin. Birgina Samarqandning o`zidan islomiy ilmlarning barcha sohalarida peshqadam bo`lgan yuzlab ulug` allomalarning yetishib chiqqanining o`ziyoq yurtimizda ilm-fan qanchalik rivoj topganiga dalildir. Termiz shahridan jahon tan olgan uch buyuk olim: Abu Iso Termiziy, Hakim at- Termiziy, Abu Varroq Termiziylar chiqishgan. Nasaf (Qarshi)dan olti farsah narida joylashgan Bazda qishlog`i Islom olamiga o`rta asrlarda dunyo tan olgan yetti nafar fiqh va hadis olimini bergan. Buxoroning G`ijduvonidan o`ndan ziyod mashhur olim va tasavvuf shayxi yetishib chiqqan, yana bir G`unjor qishlog`i ham ko`plab olimlarni bergan.
Samarqandni tom ma`noda “olimlar va ilm yurti” deb atash mumkin. Shu yerdan chiqqan Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdussamad Tamimiy as-Samarqandiy ad-Dorimiy dunyoga mashhur atoqli olim, yetuk muhaddis bo`lgan. U hijriy 182 (milodiy 797) yili Samarqandda tug`ilgan. Bobosi asli arab bo`lib, Xuroson fathidan so`ng Samarqandni vatan tutib qolgan. Olimlar xabariga ko`ra, Imom Dorimiy aqlda, fahmda, dinda, ilmda, halimlik va zuhdda yetuk bo`lgan. Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiylar undan hadis rivoyat qilishgan. Eng mashhur kitobi “Sunani Dorimiy” “Sihohi Sitta”ning oltinchisi bo`lishga haqli (ba`zilar Ibn Mojaning “Sunan”ini yoki Molikning “Muvatto”sini oltinchi kitob deyishadi). Dorimiy tafsir va fiqh ilmida ham peshqadam bo`lgan. “Bi savmi mustahoza val mutahayyira” degan fiqh kitobi va Qur`oni Karimning ba`zi juzlariga tafsir kitoblari bo`lgan, lekin tafsir bizgacha yetib kelmagan.
Imom Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy as-Samarqandiy Moturidiy ham Movarounnahrning mashhur allomasi, “Ahli sunna val jamoa” aqidasi asoschilaridan biri edi. Samarqand yaqinidagi Moturud qishlog`ida tug`ilgan olim zamonasining atoqli imomlaridan bo`lib yetishdi. Tavhid, fiqh, aqida, tafsirga doir bir necha asarlari bor. Butun dunyo musulmonlari aqidada shayx Abu Mansur Moturidiy va shayx Abul Hasan al-Ash`ariy ta`limotiga tayanishadi.
Alouddin as-Samarqandiy esa Movarounnahrning mashhur olimlaridan, hanafiy mazhabining atoqli faqihi edi. U fiqhning furu` va usul sohalari bo`yicha yetuk olim bo`lib yetishgan. Uning “Tuhfatul fuqaho”, “Al-Mabsut”, “Az-Ziyodot”, “Al-lubob fi usulil-fiqh”, “Sharhut ta`vilotul – Qur`on”, “Sharhul jomiul kabir”, “Sharhut Tahoviya” kabi o`nlab mashhur asarlari bor. Bu zotning shogirdi Alouddin Abu Bakr Kosoniy ham zamonasining yetuk faqihlaridan bo`lgan. U ustozining “Tuhfatul – fuqaho” asariga sharh yozib, fiqhning usul va furu` ilmlaridan peshqadam bo`lgan. Alouddin Samarqandiyning ilmda, husnda, aqlda tengsiz, mustaqil fatvo berishga qodir Fotima ismli bir qizi bo`lib, atrof mamlakatlarning podshohlari uning qo`lini so`rashgan bo`lsa-da, ularga rozi bo`lmay shogirdi Alouddin Kosoniyga turmushga beradi. O`sha davrda yashagan fiqh olimlari: “Ustozining “Tuhfa…” sini sharhlab, qiziga uylandi”, deyishgan ekan.
Yana bir samarqandlik olim Abul Qosim Nosuriddin Muhammad as-Samarqandiy atoqli faqih bo`lgan. Hanafiy fiqhiga doir bir necha mashhur asarlari bor. Bulardan “Al-jomi al-kabir”, “Kitob al-fiqh un-nofi`” ayniqsa mashhur. “Al-jomi” asarini qisqartirib, “Kitob al-multaqat fil fatvoi al-hanafiya” kitobini tuzgan. Bu “Multaqati Nosiriy” nomi bilan Islom olamida keng tarqalgan va madrasalarda o`qitilgan.
Buxorodan chiqqan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriyni dunyoda bilmagan, hech bo`lmaganda nomini eshitmagan kishi topilmasa kerak. “Muhaddislar imomi”, “Hadis ilmining amiri” nomlari bilan sharaflangan Imom Buxoriyning Payg`ambarimiz Muhamma s.a.v. sahih hadislarini o`zida jamlagan “Al-jomi` as-sahih” (Ishonchli to`plam) kitobi dunyoga mashhur shoh asarlardan sanaladi va unda keltirilgan sahih hadislar Islom dini ta`limotida Qur`oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi.
Shu o`rinda Imom Buxoriyning nabiralari ham taniqli muhaddis bo`lganini aytib o`tish joiz. Sayyida Sakina binti Qozi Abu Zarr al-Buxoriy dunyoga mashhur bobosi Imom Buxoriydan bir nechta hadis rivoyat qilgan. Undan esa ko`pgina Buxoriylar hadis rivoyat qilishgan.
Yana bir buxorolik atoqli olim, shayx, “Imom Abu Hafs Kabir” kunyasi bilan tanilgan Ahmad ibn Hafs Buxoriy Bag`dodda Imom Muhammad Shayboniy bilan uchrashgan, undan ta`lim olgan. U keyinchalik ulug` faqih bo`lib yetishdi, Movarounnahrga hanafiy mazhabini olib keldi, Buxoroda ilk hanafiy mazhabidagi madrasani qurdirdi, o`zi ham ko`plab faqihlarni tarbiyalab yetishtirdi. Uning hatto Imom Buxoriyga saboq bergani haqida rivoyatlar bor. Olimning “Fatovoi Abu Hafs Kabir”, “Kitab ul-iyman”, “Al-ahva` va-ixtilaf”, “Ar-raddu alal-lafziya” kabi asarlari Islom olamida mashhur. Abu Hafs Kabir sharofatidan Buxoro o`sha paytda “Qubbatul Islom” (Islom gumbazi) deb nom olgan.
Mavlono Shamsuddin ibn Jaloliddin Ubaydulloh Mahbubiy al-Buxoriy ham Movarounnahrning atoqli fiqh olimlaridan, valiyulloh, sarkarda bo`lgan. U zamonasining ulug` faqihi darajasiga yetgan, usulul fiqh ilmining bilimdoni edi. ,,Taqiqul-Furu’’ kitobi mashhur. Bu zotning otasi Mavlono Ubaydulloh ibn Ibrohim Mahbubiy ham taniqli olim, sahobiy Uboda ibn Somitning avlodlaridan edi. Uning “Jome` us-sag`ir”, “Kitab ul-furu`” asarlari mashhur.
Kesh (Shahrisabz) o`lkasining farzandi Abu Muhammad Abdulhamid ibn Humayd ibn Nasr al-Keshiy hadis va fiqh maktabiga asos solgan yirik olim va tilshunos. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar Keshiydan dars olishgan. Fiqh, tafsir, hadis ilmlari va tilshunoslikka doir yettita asar yozishgan. Xotirasi nihoyatda kuchli bo`lganidan hadisni yod olishda Imom Buxoriydan qolishmagan. “At-Tafsir”, “Al- Musnad” asarlari, arab tili sarfi va nahviga doir kitoblari mashhur.
Qadim Xorazmning Zamaxshar qishlog`idan chiqqan Abulqosim az-Zamaxshari ham tafsir, hadis, tilshunoslik, lug’atshunoslik, fiqh, notiqlik kabi ilimlarda yetuk bo’lgan. Uning ellikdan ortiq asar yozgani ma’lum. “Muqaddamat ul-adab”, “Kashshof” tafsirlari mashxur. Arab tilshunosligi va sarfu nahviga doir “Al-mufassal” asari ayniqsa katta shuxrat qozongan. Olimlar “shu cho’loq bo’lmaganida arablar o’z tilini bilmay o’tardi”, deyishgan. Olimlar uni ulug’lab “Ustoz ul-arab val ajam” (Arablar va ajamlar ustozi), “Faxru Xorazim” deb atashgan.
Nasafdan chiqqan atigi uch olimning shuxrati bu shaxarni butun dunyoga tanitishga yetarli bo’ldi. Bulardan Abul Barokot Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy al-Hanafiy Movarounnahrning mashxur olimlaridan, mo’tabar imom, atoqli mufassir va faqih edi. U ancha vaqt Bog’dodda muddarislik qilgan. Qur`on va hadis ilmida mohir, benazir faqih bo`lgan. Uning “Matnul vofiy”, “Al-Kofiy” (far`iy masalalar), “Kanz ud-daqoiq” (fiqh), “Al-manor al-anvor fi usulil fiqh” (usuli fiqh), “Al-umda” (usuli din) kabi yigirmadan ortiq asarlari bor. Ayniqsa uning “Madorik ut-tanzil va haqoyiq ut-ta`vil”nomli to`rt jildli tafsiri ulamolar orasida mashhur.
Abul Muti`n Fazl ibn Makhul an-Nasafiy esa atoqli olimlar sulolasi asoschisi, yetuk faqih bo`lgan. “Kitob fit-tasavvuf”, “Kitob fi fazli Subhanalloh” kabi o`nlab asarlar muallifi. Uning “Kitob ur-raddala ahlal bid`at val ahvo”, hanafiy fiqhiga bag`ishlangan “Kitob ush-shu`o” asarlari ayniqsa mashhur.
Nasafiylardan yana biri Abul Muin Maymun ibn Muhammad an-Nasafiy kalom va aqida ilmining atoqli olimlaridan bo`lgan. Bobosi Makhul an-Nasafiy Imom Moturidiyning shogirdi bo`lgan. Bayrutlik mashhur olim Fathulloh Hulayf Abul Mu`inga “Moturidiya kalom maktabining himoyachisi” deb ta`rif bergan. U o`n beshga yaqin asar yozgan, ularning aksariyati kalom ilmiga bag`ishlangan. “Al-umda fi usulil fiqh”, “Bahrul kalom fi ilmit-tavhid”, “Tabsirat ul-adilla fi usulid-din”, “Al-olim val muta`allim”, “Sharhul Jome`ul Kabir”, “Mu`taqidot”, “Manohijul aimma”, “At-tamhid fi qovaid ud-tavhid” va boshqalar shular jumlasidandir.
Xalqimiz azaldan ilm-ma`rifatga intilgan, kitob o` qishga qattiq muhabbat qo`ygan. Yurtimizdan dong`i dunyoni tutgan ulug` olimlar va mutafakkirlarning ko`plab chiqqani ham bejiz emas. Ilmli ziyolilar u yoqda tursin, oddiy hunarmand kosib yoki dehqonning xonadonida uzun qish kechalari oilaviy kitobxonliklar bo`lgan, savodxon kishilar oila a`zolariga turli diniy, ilmiy va nazmiy kitoblarni o`qib berishgan. Matbaachilik rivojlanmagani, kitoblar xattotlar tomonidan qo`lda ko`chirilganiga qaramay, ota-bobolarimiz hamisha kitobga intilishgan, kitobni ardoqlashgan, o`qiganlarini boshqalarga yoyishgan. Quyida bir necha misollarni keltirib o`tmoqchiman:
Arab tarixchisi Yoqut Hamaviy mashhur faylasuf Ibn Qibtiyga yozgan maktubida bunday deydi:
“Movarounnahrning Marv shahrida bo`lganimda u yerdagi kutubxonalar, bu yurtning ulug` donishmandlari asarlaridan foydalanishdagi zavq-shavq bilan bola-chaqa, yoru do`stlarimni ham unutib yubordim. Marvning obodligi, bog`u bo`stonlari, xalqining axloqi va xushmuomalaligidan lazzatlanib, yana u yerga borib turishni orzuladim. Marvda ilmiy ahamiyatga ega bo`lgan qimmatli kitoblar juda ko`p edi. Men u yerdan ketgan vaqtimda vaqf qilingan, ya`ni tekinga xizmat qiladigan o`nta kutubxona bor edi. Dunyoda kitobining ko`pligi va yaxshiligi jihatidan unday joyni ko`rmaganman. Masalan, Katta Jome` (dorulfunun majmui)ga qarashli ikkita kutubxona bo`lib, biri Sulton Sanjar xodimlaridan Aziziddin Abu Bakr Zanjoniy nomiga qo`yilgan. Unda o`ng ikki ming jildga yaqin qo`lyozma kitoblar saqlanadi.”
Buxorolik xattot va olim Sharifjon Maxdumning “Risolai xattoton” asaridan: “Buxorodagi Mozori sharif darvozasining tashqarisi “Gulzor”da qalandarona hayot kechiruvchi Fozil devona forsiy kitoblarni ko`chiradigan kuchli xattotlardan edi. 1803-yili bir savdogar Hindistondan Buxoroga Mirzo Abdulqodir Bedilning o`z qo`li bilan yozilgan devonini olib keldi. Bu xabar Buxoro amiriga ham yetib, u kitobni ko`rish va sotib olib mulkiga aylantirish havasiga tushdi. Lekin savdogar uni har qanday qimmat bahoga sotishga ham, juz bandini buzib nusxa ko`chirtirishga ham rozi bo`lmadi. Buxoroda bir oy qolishni rejalashtirgan savdogarni qirq kun qolishga majburlashdi. Chunki amir shu muddat ichida undan bir nusxa ko`chirtirib olmoqchi edi. Hamma yoqqa jar solib, “qaysi kotib shu ishni qirq kun ichida uddalasa, ming tillo pul, yana in`om va hadyalar berilishi” ovoza qilindi. Oz muddatda katta bir ishni bajarish qiyinligidan biror xattotning nafasi chiqmadi. Shunda to`satdan paydo bo`lib qolgan Fozil devona bu shartga ko`ndi. “Gulzor”dagi hujrasining eshigini yopib, kitobatga kirishdi. Qirq kun deganda amirning odamlari uni tantana bilan arkka olib kelishdi. U ko`rsatilgan muddatda ikkita nusxa ko`chirgan bo`lib, birini amirga taqdim qildi, ikkinchisini o`ziga qoldirdi. Nusxalarning har biri ikki varaqli qog`ozga ko`chirilgan, taxminan 500 ga yaqin juz (taboq) bo`lar edi. Amir xattotga iltifotlar ko`rsatib, bir ming qizil oltin, bosh-oyoq sarpo, turli hadyalar berdi. Fozil devona pulga suv labida bir bino qurgan edi”.
Biz shunday ilm-fan vatanining farzandlari ekaninmizdan faxrlanishga, o`tgan ajdodlarimizga hurmat-ehtirom ko`rsatishga burchlimiz. Bunga esa ular qoldirgan boy merosni chuqur o`rganish, insonlarga foyda keltiruvchi barcha ilmlarni puxta o`rganish va uni fazandlarimizga ham o`rgatish orqali erishiladi.

Download 95,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish