Xulosa.
“Ushbu bitiruv ishi” ni yozganda olgan ta`surotlarim.
Menga “O`rta Osiyo olimlari qomusi” mavzusida “Bitiruv ishi” yozganim juda katta taassurot qoldirdi. Chunki men ushbu mavzuda ish qilganimda mazkur mavzuda musulmonlarning talablariga hozirjavob olim, ezgulik, xayr-ehson sohibi, ochiq qo`l inson, ustoz doktor Abdulloh Saad yozgan asar va bir qancha adabiyotlar bilan tanishdim.
Abdulloh Saad qomusda har bir ulamo va shaxs, uning kindik qoni to`kilgan joy bilan bog`liq ma`lumotlar ; islom tavhid dini ekanligi, uning madaniyati qibtiy, fir`aviy, forsiy, finikiy, oshuriy, hindiy – sanskritiy, yunoniy va rumoniy kabi qadimgi madaniyatlar bilan uyg`unlashib ketgan olamiy madaniyat ekanligi, u dillarga ilhom baxsh etadigan, ko`zlarni qamashtiradigan zarhal nurlar ila yo`g`irilganini yana bir bora guvohi bo`ldim.
O`z asarlari, ilmiy va madaniy yutuqlari bilan ilm merosida chuqur iz qoldirgan o`zini hozirgacha tanishib ulgurmagan buyuk ulamolarning ismi shariflari, ularning qaysi diyorga mansubligi va kindik qoni to`kilgan vatanini ko`rsatuvchi nisbalar bilan tanishdim. Darhaqiqat, ular – Imom Abu Abdulloh Muhammad al- Buxoriy, Abu Muso al- Xorazimiy Abu Rayhon Muhammad al- Beruniy, Abu Nasr al- Farobiy, Shayxurrais Abu Ali ibn Sino, Jarulloh az- Zamaxshariy al- Xorazimiy va boshqalar.
Men Vatanimizdagi yoshlarning ham ulug` ulamolarimizning ibratomuz faolyatlari bilan tanishib, ular bosib o`tgan yo`llardan yursalar, jamiyatimiz, jumhuriyatimiz ravnaqiga o`z hissalarini qo`shishlariga tilakdoshman.
Islom ulamolari ko`kda to`lin oy erur,
To`lin oylar vatani – Turkistondir Turkiston.
Xohlasang pok dunyoni, uldur shon – shavkat koni,
Qurilgan pok zaminga davlatiyu arkoni.
Yakkaxudolik dinin toparsan gar istasang,
Uldur ezgulik, hudo, unvonu vatan, iymon.
Dinu dunyoviylikni uyg`un aylaganlaring
Fazlidan yetarsan sen, maqsudingga begumon.
Foydalangan adabiyotlar.
1.Qur`oni Karim ma`nolarining tarjimasi va tafsiri, Abdulaziz Mansur. Toshkent – 2004.
2.Hadisi sharif. “Sahihi Buxoriy” Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent – 2008.
3.”O`rta Osiyo olimlari qomusi” , Abdulloh Abdulhamid Saad. Imom Buxoriy respublika ilmiy – ma`rifiy markazi nashriyoti Toshkent-2007.
4.”Nasabnoma”, Abu Sa`d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at – Tamimiy as – Sam`oniy. “Buxoro” nashriyoti – 2003.
5.”Islom huquqshunosligi, Hanafiy mazhabi va O`rta Osiyo faqihlari”, Abdulhakim Shar`iy Juzjoniy. “Toshkent islom universiteti” nashriyoti – 2002.
6.”Markaziy Osiyoda Islom Madaniyati” , Hoji Ismatulloh Abdulloh. “Sharq” nashriyoti – Matbaa Aksiyadorlik Kompaniyasi Bosh Tahririyati Toshkent – 2005.
7.”Islom odoblari va axloqi”, Hoji Ahmadjon Bonomurod. O`zbekiston Musulmonlar Idorasi “Movarounnahr” Toshkent – 2008.
8.”Talabaning odobi”Doktor Anas Ahmad Korzun. Tarjimasi Abdug`ofur Sodir. “Movarounnahr” Toshkent – 2006.
9.”Ilmning fazilati” Usmonxon Alimov. “Movarounnahr” Toshkent – 2010.
10. Internet saytlari: www.wikipidia.com
www.google.uz www.ziyo.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |