Oʼzbekiston milliy universiteti tаrix fаkulteti oʼzbekiston tаrixi kаfedrаsi


Sharq adabiyotida “Ma’nolar otasi” deb tanilgan Mirzo Abdulqodir Bedilning shunday ruboiysi bor



Download 0,58 Mb.
bet10/70
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#242696
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70
Bog'liq
(Qosimov Sardor) Dess

Sharq adabiyotida “Ma’nolar otasi” deb tanilgan Mirzo Abdulqodir Bedilning shunday ruboiysi bor:

She’rim menga necha yuz zabondin keladir,

Ko‘pdan beri, ko‘p vaqtu zabondin keladir.

Tavrot emaski ul, to taxmin etsam:

Bir yo‘la magarki osmondin keladir.

Ushbu ruboiyda Tavrotning osmondan kelishini ta’kidlash bejizga emas, chunki Qur’onda o‘zga dinning muqaddas kitoblari Tavrot va Injil ham hurmat bilan tilga olinadi.


Uchta jahon dini – buddaviylik, xristianlik, islom dinlarining muqaddas manbalarini o‘rganish asnosida ularning asl mohiyati ezgulikka chaqirishini ko‘rish mumkin. Mazkur manbalarda o‘z aksini topgan yuksak insoniy fazilatlar orasida bag‘rikenglik, o‘zgalarga rahm-shafqat, mehr-oqibat ko‘rsatish alohida o‘rin tutadi. Bu borada buddaviylikning muqaddas manbasi bo‘lmish Tripitakadagi ba’zi boblar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xususan, «Metta sutta» bobida aytilishicha, bag‘rikeng, boshqalarga mehr ko‘rsatuvchi kishi quyidagi 11 xislatga erishishi ta’kidlanadi. Ular:

1. Sokin uxlaydi;

2. Oson uyg‘onadi;

3. Yomon tushlar ko‘rmaydi;

4. Uni odamlar yaxshi ko‘radi;

5. Boshqa mavjudotlar ham yaxshi ko‘radi;

6. Ilohiyot himoyasida bo‘ladi;

7. Unga olov, qurol va zahar ta’sir qilmaydi;

8. U fikrini tez jamlay oladi;

9. Xushro‘y bo‘ladi;

10. Qiynalmay vafot etadi;

11. Ruhi braxma dunyosi bilan birlashib ketadi.23

Xristianlikning muqaddas manbasi «Bibliya»da kelgan Iso Masih bilan yuz bergan quyidagi hikoya bag‘rikenglikka yorqin misol bo‘la oladi. Unda aytilishicha, yahudiy ulamolari Isoning huzuriga zinokorlik ustida qo‘lga tushgan bir ayolni keltiradilar.

– Muso Qonun kitobida bundaylarni toshbo‘ron qilishga buyurgan, – deb uni jazoga tortishni talab qiladilar. Iso ularga bosiqlik bilan shunday javob beradi:

– Orangizdan bir begunoh kishi chiqib, unga tosh otishni boshlab bersin.

Shunda atrofda yig‘ilganlar birin-sirin tarqalib keta boshlaydi. U erda Iso va ayoldan boshqa hech kim qolmaydi. Shunda Iso ayoldan so‘raydi: – Seni ayblaganlar qani?

Ayol deydi:

– Ular yo‘q.

Iso deydi:

– Unda men ham seni ayblamayman. Bor, endi gunoh qilma24. Hikoyadan ma’lum bo‘ladiki, inson birovni ayblashdan avval o‘zi begunohmi-yo‘qmi, uning o‘rnida o‘zi bo‘lganida nima qilgan bo‘lardi, shular haqida o‘ylab ko‘rishi lozim. Ana shunda o‘zgalarni tushunish, ularning haq-huquqlari va qarashlarini hurmat qilish xislati shakllanadi.

Islom dini muqaddas manbasi Qur’onda qaysi dinda bo‘lishlaridan qat’i nazar insonlarga yomon munosabatda bo‘lishdan qaytarilgan. Jumladan, «An’om» surasida: «Allohdan o‘zgaga sig‘inadiganlarni so‘kmangiz!...» deya, o‘zga dindagilarning o‘zlarini ham, e’tiqodlarini ham haqorat qilmaslikka buyurilgan. Oyat davomida o‘zga e’tiqod vakillariga adovat nazari bilan qarash ularda ham ezgulik sari o‘zgarish o‘rniga oradagi yomon munosabatlarning avj olishiga va natijada, islom diniga nisbatan ham salbiy munosabatlarning kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanadi. 25

Shuningdek, Qur’oni karimda boshqa din vakillari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish targ‘ib qilinadi: «Dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo‘lishlaringizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh adolatlilarni sevar» deya, yomon niyatda bo‘lmagan insonlar bilan, ular kim yoki qaysi dinda bo‘lishlaridan qat’i nazar, ularga yaxshilik qilish, adolatli munosabatda bo‘lishga chaqiriladi. Rasululloh (s.a.v.) esa, huzurlariga kelgan najronlik xristianlarga misli ko‘rilmagan lutf bilan munosabatda bo‘lganlar. Ularni o‘z masjidlariga tushirib, hatto ibodat qilishlariga ham to‘sqinlik qilmaganlar. 26

Yana «Rum» surasining 22-oyatida: «Uning oyatlaridan (yana biri) – U zot osmonlar va erni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni xilma-xil qilib qo‘ygandir. Albatta bunda barcha olamlar uchun oyat-ibratlar bordir», deya marhamat qilinadi. Hanafiy mazhabining mashhur tafsirlaridan biri bo‘lgan Imom Nasafiyning «Madorik at-tanzil» asarida mazkur oyat tafsiri xususida insonlarning tillari, so‘zlashuvlarining turfaligi, terilari ranglarining xilma-xilligidan ko‘zlangan hikmat ularning o‘zaro tanishishlari va hamjihat hayot kechirishlari ekani, buning aksi esa har tomonlama ham manfaatlarga zid ekani ta’kidlangan. 27

Shu bilan birga, islom dinining asosiy manbalaridan yana biri hisoblanmish Hadisi sharifda shunday deyiladi: «Imonning afzali sabr va bag‘rikenglikdir». Imom Daylamiy tomonidan rivoyat qilingan ushbu hadis insonni har qanday mutaassiblikdan qaytaradi va bag‘rikenglikka chaqiradi.

Endi, diniy bag‘rikenglikning xususiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular quyidagilardir:


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish