– bu har bir din ilgari surgan diniy e’tiqodga bag‘rikenglik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish; – har bir din vakillari bilan muloqotga kirishgan vaqtda tenglik tamoyiliga qat’iy amal qilish; – o‘zga din vakillariga bo‘lgan munosabatning tarixiy aspektlarini to‘g‘ri anglab etish.
Xulosa qilib aytganda, bugungi globallashuv jarayonlarida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir inson, jamiyat va millat bashariyatning turli-tuman urf-odat, madaniyat va qadriyatlarini hurmat qilgan holda munosabatda bo‘lishlari zarur. Zero, bag‘rikenglik taraqqiyot garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |