Oʼzbekiston milliy universiteti tаrix fаkulteti oʼzbekiston tаrixi kаfedrаsi


Konfessiyalararo munosabatlarda bag‘rikenglik tamoyilining nazariy asoslari



Download 0,58 Mb.
bet15/70
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#242696
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
(Qosimov Sardor) Dess

2.2. Konfessiyalararo munosabatlarda bag‘rikenglik tamoyilining nazariy asoslari
Vijdon erkinligining qonun asosida mustahkamlanganligi fuqarolik jamiyatining muhim talabi ekan, demak turli dinga e’tiqod qo‘ygan odamlarning bahamjihat yashashi, birgalikda mehnat qilishi, bir-biriga xalaqit bermay, o‘zaro hurmat-ehtiromda bo‘lishi shu jamiyatning xususiyatiga aylanishi kerak. Bunda fuqarolik tuyg‘usi barcha qolgan tuyg‘ulardan baland bo‘lib, u aholining turli-tuman qatlamlari, turli qarashdagi kishilarni birlashtiradi. Boshqacha aytganda, davlatning demokratiya tamoyillarga asoslanganligi, dunyoviyligi diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) uchun imkoniyat yaratadi, dinlararo sabr-toqatlilik, bahamjihatlik uchun shart-sharoit vujudga keltiradi. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida ta’kidlanishicha, “Dinlararo bag‘rikenglik xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi”64.

Bu hol diniy bag‘rikenglik milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillaridan biri ekanini anglatadi. Sho‘rolar tuzumi davrida ham “vijdon” erkinligi haqida gapirilar, hatto sobiq ittifoq Konstitutsiyasida alohida modda bilan belgilab qo‘yilgan edi. Ammo totalitar mafkura hech qanday erkinlikni tan olmagani bois zo‘r berib ateistik targ‘ibot olib borilar, dindorlarning o‘z ibodat marosimlarini o‘tkazishga turli yo‘llar bilan to‘sqinlik qilinar, ta’qib-tazyiq avjida edi.

O‘zbekiston istiqlolga erishgach, bu harakatga barham berildi, barcha din vakillari o‘zlari xohlagancha toat-ibodatlarini emin-erkin ado etish imkoniga ega bo‘ldi. Ayni vaqtda dinlararo nizolar, bir-birini kamsitish, tarafkashlik, mutassiblarcha mazhabparastlikka ham yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bois Vatanimizda turli diniy konfessiyalar bemalol faoliyat olib bormoqda. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda o‘n oltita diniy konfessiya faoliyat yuritmoqda. Jami 2232 ta diniy tashkilot, jumladan, Islom; 2065 ta, Xristianlik; 115 ta - Rus Provaslavcherkovi; 45 ta,Rim Katolik cherkovi; 5 ta,Evangel Xristian baptislari cherkovi; 23 ta,To‘lik injilchi Xristianlar cherkovi; 23,Ettinchi kun Xristian adventistlari cherkovi; 9 ta,Novoapostol cherkovi; 3 ta,Evangel-lyuteranlar cherkovi; 2 ta, Arman apostollik cherkovi; 2 ta, “Iegova shoxidlari” cherkovi; 1 ta, “Golos bojiy cherkovi; 1 ta,Koreys protestant cherkovlari 37 ta, YAaxudiylik; 8 ta,Baxoiylik;6 ta,Krishnaiylik; 1 ta,Buddaviylik; 1 ta faoliyat olib bormokda.

Dinlararo bag‘rikenglik bilan birga, har bir din ichidagi oqim va mazhablar orasidagi bag‘rikenglik ham muhim ahamiyatga ega. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi (yangi tahrir) Qonunning beshinchi moddasida diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlik qo‘llab-quvvatlanishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ylmaydi.

Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.65

Chunki jahon dinlari ichida ko‘plab oqimlar, yo‘nalishlar bor. Masalan, islomning o‘zida 73 ta har xil mazhab va oqimlar faoliyat yuritadi. Chunonchi, sunniylik, shialik, rofiziya, ismoiliya, jabariya, xorijiya, qadariya, jahimiya, murjiya va hokazo. Bular orasida, ayniqsa, sunniy mazhabdagi kishilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlarining aksariyat qismi “ahli sunna va jamoa” mazhabiga mansub. Iroq, Eron, Iordaniya, qisman Markaziy Osiyo mamlakatlarida sunniylar bilan birga, shialar ham istiqomat qiladi. Bu ikki oqim tarafdorlari orasida tarixda bir necha bor qonli to‘qnashuvlar bo‘lgan. Ammo bu nizolar zamirida siyosiy maqsadlar, taxt talashish va er-mulkka egalik qilish iddaolari yotganini unutmaslik kerak.

Sunniylar payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) sunnati, islom shariati talablarini bajaruvchi kishilardir. Ular Payg‘ambar (s.a.v.)dan keyin hukmronlik qilgan xalifalar Abubakr, Umar, Usmon va Alini birdek tan oladi, ularni payg‘ambarning “chor yori”, “xulafoi roshidin” (to‘g‘ri yo‘ldan yurgan o‘rinbosarlar) deb e’zozlaydi. Ammo shialar payg‘ambardan keyin kelgan uch xalifa – Abubakr, Umar va Usmonni tan olmaydi. Ularning fikricha, xalifa payg‘ambar xonadonidan, ya’ni Hazrat Ali bo‘lishi kerak edi, chunki u Muhammadga (s.a.v) ham kuyov, ham amakivachcha edi. SHunga ko‘ra, shialar Ali tarafdorlari sifatida maydonga chiqadi. Alining taxtdan mahrum qilinishi, keyin o‘ldirilishi, uning ikki o‘g‘li Imom Hasan va Imom Husaynning Karbalo urushida qatl etilishi Ali tarafdorlarini g‘azablantiradi. Ular taxtni egallagan Ummaviylarga (sunniylar) qarshi bir necha bor urushib ko‘rgan bo‘lsa-da, ammo natijaga erisha olmagan. Keyinchalik shialarning (shia – guruh, partiya degani) mazhabi turli oqimlarga bo‘linib ketadi.

Sunniylar ham fiqhiy-shar’iy masalalar echimi yuzasidan to‘rtta imom - Imom Abu Hanifa (699-767), Imom Molik ibn Anas (713-795), Imom Ahmad ibn Hanbal (780-855), Imom Muhammad SHofe’iyga ergashadi (vaf. 820). O‘zbekistonda Imom Abu Hanifa (Imomi A’zam) asoslagan hanafiya mazhabi keng tarqalgan. Ammo yurtimizda boshqa mazhablarga ergashuvchilar, shuningdek, oz sonli bo‘lsa-da, shialar ham yashab keladi.

Xristianlik ham o‘z taraqqiyoti davrida katoliylik, pravoslavie, protestantizm yo‘nalishlariga, shuningdek, baptistlar adventistlar, iegovistlar kabi oqimlarga, hamda molokanlik, staroverlik (eski udumchilik), duxoborlar, mormonlar singari mazhab va firqalarga bo‘linib ketgan.

Xristianlikning yo‘nalishlaridan birinchisi katoliylik (katolitsizm) (yunoncha ma’nosi – “umumjahon”, “umumiy”, “asosiy”) xristianlikda pravoslavie va protestantizm kabi keng tarqalgan asosiy yo‘nalishlardan biridir.




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish