III BOB. DEMOKRATIYANI CHUQURLASHTIRISH SIYOSARIDA DINIY BAG’RIKENGLIKNI O’RNI
3.1. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik - o’lkasi
Bizning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarimiz teng huquq va erkinliklarga ega ekani kafolatlab qo‘yilgan. Ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash, har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Biz bugun amalga oshirayotgan Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida ham millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan.
“Yurtimizda etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 138 ta milliy madaniy markaz katta rol o‘ynamoqda. ”74
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab vijdon erkinligini ta’minlash masalasiga ustuvor ahamiyat berildi. Jumladan, muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimizni, buyuk aziz-avliyolarimizning xotirasi, merosini tiklash, qadamjolarini obod qilish bo‘yicha juda ko‘p ish qilindi va qilinmoqda.
Qiyoslash uchun faqatgina ba’zi bir misollarni keltirmoqchiman.
Agar sobiq mustabid tuzum davrida yurtimizda 80 ga yaqin masjid faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 2 ming 42 tani tashkil etmoqda. 2017 yilga kelib diniy tashkilotlarning soni 2002 yilga nisbatan 187 taga oshdi.
Ma’lumki, bizning mintaqamiz, avvalambor, bugungi O‘zbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida azim poytaxtimiz Toshkent shahrida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini barpo etilmokda. Bu maskanga tashrif buyuruvchilar bir vaqtning o‘zida islom olamining o‘nlab eng yorqin namoyandalarining hayoti va faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Masalan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Najmiddin Kubro, Mahmud Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi aziz-avliyolarimiz, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari alloma va mutaffakirlar, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib kabi musavvirlarning bebaho merosidan namunalar, ular tavallud topgan va faoliyat ko‘rsatgan tarixiy shaharlar manzaralari turli noyob eksponatlar orqali aks ettiriladi.
Bizga vatandosh bo‘lgan har bir alloma va mutafakkirning hayoti va faoliyatiga ekspozitsiyada alohida bir bo‘lim bag‘ishlanadi. Dunyodagi, musulmon olamidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan rasmiy shaxslar bu borada biz bilan hamkorlik qilish istagini bildirishmoqda. “Men Prezident sifatida Amerika xalqi va o‘z nomimdan kafolat beraman, biz terrorizm va ekstremizmga qarshi qattiq kurash olib boramiz, bu yo‘lda, qaysi din vakili bo‘lishimizdan qat’i nazar, barchamiz birlashishimiz zarur. Er yuzida tinchlikni saqlash va mustahkamlash eng asosiy vazifamiz bo‘lishi kerak, ” dedi AQSH Prezidenti.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro me’yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro hamjamiyat qabul qilgan hujjatlarga qo‘shilgan. SHuning uchun ham davlatimiz Asosiy Qonuni – Konstitutsiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga egadir. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. 75
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. 1998 yilda esa Ushbu qonunning YAngi tahriri qabul qilindi. Bu qonun 23 moddadan iborat. Qonunning 3-moddasi “vijdon erkinligi huquqi” deb nomlangan. Bu moddada quyidagi qoidalar yozilgan: “fuqaro o‘zining diniga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod qilmaslikka, ibodat qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatlarini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Bu o‘z navbatida belgilangan hayotiy qoida va mezon hisoblanadi. Bu masalaga islom dinida ham sabr-toqat bilan yondashiladi: “Dinda zo‘rlash yo‘q…”. 76
Qonunning 4-moddasi “Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, teng huquqliligi” deb nomlangan. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Mustaqillik yillarida respublikada qator xalqaro diniy anjumanlar hamda jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan allomalarimiz yubileylari bilan bir qatorda boshqa diniy konfessiya tadbirlari ham xalqaro darajada nishonlandi:
1995 yilning oktyabrida bizning mintaqamizda birinchi bor Toshkent shahrida “YAgona osmon ostida birga yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan xalqaro musulmon-nasroniy konferensiyasi fikrimiz dalilidir.
1996 yilning noyabrida shu erda Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganining 125 yilligi tantanalari nishonlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan tantanalarda O‘rta Osiyoga ilk tashrif buyurgan Moskva va butun Rus Patriarxi Aleksey II ishtirok etdi. U, jumladan, shunday dedi: “O‘ylaymanki, O‘zbekistondagi davlat idoralari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi xayrli hamkorlik va sermahsul aloqalar mustaqil davlatlar hamdo‘stligining boshqa respublikalariga ham yaxshi namuna bo‘la oladi”77. Albatta, dunyoviy uslubdagi demokratik huquqiy jamiyatni qurish va qadimiy milliy davlatchilik an’analarini qayta tiklash jarayoni osonlikcha kechmaydi.
O‘zbek xalqi o‘zining butun tarixi davomida turli madaniyat va din vakillariga nisbatan xayrixohlik va hurmat bilan yondoshishini namoyon etib kelgan. Etnik, madaniy, diniy xayrixohlik va ochiq ko‘ngillilik o‘zbek xalqining o‘ziga xos fazilatlaridan biriga aylangan.
Bu borada Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, siyosiy fanlar doktori Farit Muxametshin shunday degan: “O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati milliy an’analarni saqlash va rivojlantirishga, ona tillarni va respublikada istiqomat qilayotgan millat va elatlarning madaniyatini qaytadan tiklashga butun kuchini sarflamoqda. Vijdon erkinligining kafolatlanishi mustaqil davlatning muhim jihatlaridan biridir. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan turli konfessiya vakillari tinchlik va totuvlikda hayot kechirmoqda. Ko‘p asrlar davomida O‘zbekistonda birgalikda yashab kelgan musulmon ham, nasroniy ham hamda boshqa din vakillari ham nafaqat bag‘rikenglik madaniyatini ishlab chiqishdi, balki bir-birini tushunishga va hamkorlikka ham o‘rganishdi.
1995 yilda YUNESKOning “Dinlararo va madaniyatlararo muloqot” Dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur turli dinlar va madaniyatlarga oid urf-odat, an’analar va milliy, diniy qadriyatlarning dunyo madaniyatida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berishdan iborat. Dastur doirasida Rabot (1995, 1998), Malta (1997), Toshkent (2000) shaharlarida dinlararo muloqot mavzusida xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi.
1998 yil 6 noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YUNESKO Ijroiya Kengashining 155-sessiyasida “Tinchlik madaniyati va YUNESKOning a’zo davlatlaridagi faoliyati” Deklaratsiyasi qabul qilindi. SHu o‘rinda aytish kerakki, YUNESKOning “Tinchlik madaniyati” konsepsiyasi BMT tomonidan ma’qullanib, 2000 yil “Xalqaro tinchlik madaniyati yili”, 2001 yil esa “Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili” deb e’lon qilindi.
2000 yil 13–15 sentyabrda Toshkentda o‘tgan dinlararo muloqot anjumanida YUNESKO Kongressi tomonidan Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-xillik masalalari ko‘rib chiqildi. Unda 40 ga yaqin davlatdan 80 dan ortiq turli din va konfessiyalarga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdi. Kongressdan so‘ng 18 sentyabrda Buxoro shahrida “Tasavvuf va dinlararo muloqot” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
2001 yil sentyabrda Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi YUNESKO “Bag‘rikenglik tarmog‘i”ning ikkinchi yig‘ilishida bag‘rikenglik tamoyillari o‘zbek xalqining asriy urf-odatlari va qadriyatlari bilan bog‘liq masalalar xususida so‘z bordi.
2007 yil 14-15 avgustda Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro islom (ISESCO) tashkiloti tomonidan Toshkentning islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan Toshkent va Samarqand shaharlarida “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada jannatmakon diyorimizda bag‘rikenglik madaniyati va qadriyatlari qaror topganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda bag‘rikenglikni rivojlantirish jarayonidagi muammolarni echish va amaliyotga tatbiq qilish dolzarb masalaga aylanib bormoqda. CHunki jahonda terrorizm va ekstremizm kuchayayotgan va ularga qarshi kurash zaruriyati oshib borayotgan sharoitda bag‘rikenglikni o‘rganish, uning yovuz kuchlarga qarshi kurashdagi imkoniyatlarini ochib berishga ehtiyoj kuchayib bormoqda. SHu nuqtai nazardan bag‘rikenglikning tarixiy ildizlariga e’tibor qilinsa, u turli xalqlarning o‘zaro madaniy va iqtisodiy munosabatlariga ijobiy ta’sir o‘tkazganligini ko‘rish mumkin. Jahon xalqlari tarixiy-madaniy rivojlanish jarayonida, turli ma’naviy va moddiy boyliklarni yaratib borgan holda sivilizatsiya o‘ziga xos asoslarini yaratdilar. SHunday qilib, bunday sivilizatsiyalashuv turli-tuman geografik joylashuv tarmoqlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu jarayonda tabiiy sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy muhit, xo‘jalik yuritish usullari va boshqalarning o‘ziga xosligi hisobga olina boshlandi. Markaziy Osiyo markazida joylashgan bugungi sivilizatsiyasining o‘ziga xos ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Uning tabiiy sharoiti qadimgi odamlarning geografik joylashuvi, hayot tarzi uchun muvofiq edi. Bu erda tosh davridan boshlab murakkab etnik jarayonlar, madaniyatlararo ta’sir asta-sekin kuchaydi. Nihoyat, Markaziy Osiyo turli madaniy-ma’naviy an’analarning, urf-odat va qadriyatlarni bir-biriga ta’sir ko‘rsatish markaziga aylanib bordi.Uning geografik, joylashuv, siyosiy ta’sirchanlik imkoniyatlari ko‘pgina xalqlar harakatiga, ularning jipslashuviga ta’sir qiluvchi manbaga aylanib,turli xalqlar, elatlar aralashib yashashiga imkon tug‘diradi. Strategik jihatdan qulay imkoniyatlarga egaligi sababli ko‘pgina bosqinchilik yurishlarga bardosh berib keldi. O‘z armiyasi (o‘z davriga xos navkari, lashkari) yoki mudofa tizimiga ega bo‘lmagan davlat o‘ziga xos bag‘rikenglik yo‘nalishlariga mos mustahkam davlat sifatida shakllanmasligi tarixiy manbalardan ma’lum. Bu xususda Sohibqiron Amir Temur quyidagicha saboq beradi: «Davlatu saltanat uch narsa bilan: … lashkar bilan tikdir»78. U boshqa bir tuzugida bu fikrni rivojlantirib, «Davlat – lashkarlaru fuqarolarning sadoqati va fidoyiligi-la qudratlidir»79 deydi. Bu fikrlardan ayon bo‘lib turibdiki, armiyasiz, xalqlarning bir-birlariga sadoqatisiz na davlatni, na bag‘rikenglikni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Armiyaning kuch-qudrati, sog‘lomligi, engilmasligi askarlarning, xalqning e’tiqodi, bir-biriga munosabati, bir-biriga o‘z vaqtida yordamga kelishi kabi bag‘rikenglik tuyg‘ulari bilan bog‘liqdir.
Demak, milliy armiya mustahkam bo‘lsagina milliy ong o‘z ifodasini topadi. Xalq bilan milliy armiya fikr-mulohazalari bir yo‘nalishda - o‘z mustaqilligiga ega bo‘lishda hamkorlik qilsagina milliy bag‘rikenglik yo‘nalishlari shakllanib boradi.
Bag‘rikenglikning ma’naviy va ma’rifiy asoslariga e’tibor qiladigan bo‘lsak, Prezident I.A.Karimov keltirgan jihatlarga e’tiborimizni qarataylik: "... odamning qalbida ikkita kuch-bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o‘zaro kurashadi. Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq".80
Bu jarayonda insonlar, xalqlar va jamiyatlar hayotida tanlangan g‘oyaviy yo‘nalish, milliy mafkura muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday mafkura, ong tizimi sifatida quyidagi asosiy maqsadlar amalga oshirila olsa, ular bag‘rikenglikni ifodalovchi o‘ziga xos kuchga aylanadi:
- muayyan g‘oyaga ishontirish;
- uyushtirish;
- safarbar etish;
- ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish;
- g‘oyaviy -siyosiy tarbiyalash;
- harakat dasturiga ega bo‘lish;
- g‘oyaviy –siyosiy immunitetni shakllantirish.
Agar bularning mavjudligi xalqlar, millat hayotiy tajribasida o‘z ifodasini topsa, ijobiy bag‘rikenglikning asosini tashkil qiladi. Aks holda salbiy bag‘rikenglik rivojlanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Voqelikka tizimli yondashuv konsepsiyasidan kelib chiqib, bag‘rikenglikning ijtimoiy-siyosiy namoyon bo‘lish xususiyatlarini quyidagicha tasniflash maqsad muvofiq. Bu masalaga bizdan oldin ham ma’lum jihatdan yondashilgan holda, bag‘rikenglik tubandagi shakllarga ajratilgan81:
Millatlararo t bag‘rikenglik;
fuqarolararo bag‘rikenglik;
davlatlararo bag‘rikenglik;
aholiaro bag‘rikenglik;
madaniyatlararo bag‘rikenglik;
Do'stlaringiz bilan baham: |