O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti


Bitiruv loyiha ishining tuzilishi



Download 34,37 Kb.
bet3/16
Sana16.01.2022
Hajmi34,37 Kb.
#371253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kurs ishi syujet

Bitiruv loyiha ishining tuzilishi: kurs ishi kirish, to‘rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

1.Syujet nima va uning adabiyotshunoslikdagi o’rni.

1.2.Syujet haqida tushuncha.

Hayotning badiiy ifodalashda va zurur g’oyani olg’a surishda syujetning roli nihoyatda kattadir. Syujet badiiy asarning hamma turlariga ham bo’ladi. Lekin har bir janrning syujeti o’ziga xosdir. Chunonchi, kichik lirik she’rda ham ma’lum bir fikr oqimi mavjud. Shu fikr oqimi she’rining o’ziga xos syujetini tashkil qiladi. fikrlar oqimi ko’zga ravshan tashlanadigan, uning ifodasida voqea – vaziyat yaratilgan she’rlar ham bo’ladi. Bunday she’rlar voqeaband she’rlar yoki syujetli she’rlar deb yuritiladi (Mirtemirning «Opoqi» , «Tarsaki» she’rlari kabi)

Syujetning klassik shakli, asosan dramatik, epik va liro-epik asarlarda uchraydi.

Syujet (fransuzcha syujet) – tasvirlanayotgan yoki bayon etilayotgan narsa degan ma’noni anglatadi. Syujetga o’zbekcha qo’llanmalarda turlicha ta’rif beriladi. Masalan, I.Sultonov «Adabiyot nazariyasi» kitobida «Asarda hikoya qilanayotgan voqea «syujet» deb ataladi», deydi.

Prof. N.Shukurov va dots. Sh.Xolmirzayevlar «Obrazlarining o’zaro munosabatidan, kurashidan kelib chiquvchi, iroda yo’nalishini, xarakter xususiyatini namoyon qiluvchi voqealar silsilasiga syujet deyiladi» deb ta’rif berishadi («Adabiyotshunoslikka kirish»). Dots. T.Boboyev «Syujet adabiy asarda tasvirlangan xarakterning mazmunini ifodalovchi sistemasi kengroq ma’noda konkret voqealar chizmasidagi namoyon bo’ladigan xarakterlar tarixidir» deydi. («Adabiyotshunoslikka kirish kursi bo’yicha o’quv-metodik qo’llanmalar»). Shularni umumlashtirib, badiiy asarda voqealar va xarakterning o’zaro uyushishi hodisasiga syujet deyiladi deb ta’rif berish.

Syujet yozuvchiga asarning butun materialini biriktirishga imkon beradi. U badiiy asarning g’oyasiga nisbatan shakl hisoblansa va obrazlarning xarakteri, faoliyati, iroda yo’nalishini ifodalashi jihatidan mazmunni tashkil etadi.

Qahramonlarning o’zaro murakkab munosabatlari asar syujetini tashkil qiladi. Qahramonning o’zaro munosabatlari esa voqeada hodisada namoyon bo’ladi. Shu ma’noda voqea-hodisalar sistemasi asar syujetining asosini tashkil etadi.

Badiiy asar syujetida xarakterlar mantiqi va voqealar mantiqi bo’ladi.

(F.M.Golovchenko va M.Qo’shjonovlarning fikri) chinakam asar san’at asari voqealar, albatta, qahramonlar xarakterini ochishga buysundiriladi.

Prof. M.Qo’shjonov realistik asarlarda syujetning qator ko’rinishlari borligini ta’kidlaydi. Bular quyidagilar:

Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda vakealar tartibi ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Odatda, sarguzasht xarakteridagi asarlar syujetida xuddi shu holat seziladi. Masalan, A.Belyayevning «Odam-Amfibiya» qissasi, X.To’xtaboyevning «Sariq devni minib…» romanida syujetning shu turi mavjud.

Shunday asar bo’ladiki, ularning syujetda xarakterlar ham shaklan, ham mazmunan birinchi o’rinda turadi. Bunday asarlarda voqealar tizmasi u qadar tashkil qiluvchilik kuchiga ega bo’lmaydi. Asarda voqea-hodisalar xarakterlar mantiqi asosida tartiblashtiriladi. Voqealar tartibi esa tez-tez o’zgarib, yangilanib turadi. Ba’zan bir bobdagi voqea keyingi bobda davom etmaydi. Voqeadan mantiqan voqea kelib chiqmaydi. Odatda, avtobiografik asarlar shunday xarakterga ega bo’ladi. Masalan, M.Gor’kiyning avtobiografik qissalari, Oybekning «Bolalik» N.Safarovning «Navro’z», «Ko’rgan -kechirganlarim» va xakozo.

Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda xarakterning yoki voqealar mantiqining ustunligini sezish qiyin. Bunday asarlarda xarakter mantiqi va voqealar mantiqi qat’iy ravishda tenglashtiriladi. Masalan, A.Tolstoyning «Ulug’ Pyotr», Oybekning «Navoiy», M.Avezovning «Abay» romanlari.

Bir xil asarlarda dastlab xarakterlar mantiqi syujetni boshqarsa, kengroq voqealar mantiqi ham syujetga kuchli ta’sir eta boradi. Masalan, A.Qahhorning «Qo’shchinor chiroqlari» romanning syujeti dastlab xarakter (Sidiqjon) mantiqi asosida rivojlangan bo’lsa, keyinroq voqealar mantiqi ham kuchayadi.

Adabiy ijod tajribasida yana shunday asarlar ham uchraydiki, ularning markazida bitta yoki ikkita qahramon obrazlari turmaydi, balki butun xalq turadi. Yozuvchining diqqat markazi ommaning umumlashtirishga obrazini yaratishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, Sholoxovning «Tinch Don», A.Serafimovichning «Temir oqim» romanlari. Chinakam realistik san’at asarlari syujetining qaysi turi qo’llanishidan qat’iy nazar, u albatta, xarakterlarni ochishga, asarlar g’oyasini ifodalashga xizmat qilishi zarur.

Adabiyotshunos I.Sulton badiiy asarda hikoya qilinayotgan voqyeaga “syujet”, deb ta'rif bergan. Ya'ni, syujet badiiy asarlarning bevosita mazmunini tashkil etgan, o‘zaro bog‘langan va rivojlanib boruvchi hayotiy voqyealar tizimidir.

Syujet har bir tur va janrda o‘ziga xos bo‘ladi. G.Pospelov fikricha, syujet lirik asarga xos emas. Lirik asarda kompozitsiya yetakchi. Ammo lirikada “Syujetli she'rlar”, ya'ni voqyeaband she'rlar ham bo‘ladi. Syujet dramatik va epik hamda liro-epik asarlarga xos.

Badiiy g‘oya syujet vositasida bayon qilinadi. Yirik nasriy asarlarda syujet ko‘p qirrali, bir necha tarmoqli bo‘lishi mumkin. Bu holatni “Boburnoma” syujetiga tegishli deya bemalol ayta olamiz. Hikoyada esa bitta voqyea, bitta xarakter tarixi bo‘lgani uchun nisbatan sodda syujet bo‘ladi.

Syujetda voqea va xarakter (obraz) munosabati muhim sanaladi. Voqealar bilan xarakterlar birligi muhim. Xarakter qirralarini ochmaydigan ortiqcha voqealar asarni ortiqcha semirtiradi. Voqealar tasviri xarakterlarga bo‘ysundirilishi lozim. Syujetda hayot tasviri va xarakter mantig‘i masalasi juda muhim. Hayot mantig‘i esa badiiy asarda asosan ikki holatda - voqea va xarakterlarda ro‘y beradi. Shunga ko‘ra:

1. Ba'zi asarlarda voqealar mantig‘i yetakchilik qiladi. Sarguzasht syujetli asarlarda shunday.

2. Ba'zan voqea va xarakter mantig‘i barobar bo‘ladi.

3. Ba'zan xarakter mantig‘i ustunlik qiladi. Odatda avtobiografik janrdagi asarlar syujet jihatdan ana shunday bo‘ladi. Aslida syujetni tashkillashtirish ijodkorning badiiy niyatiga, badiiy uslubiga, iste'dodiga bog‘liq murakkab masaladir.

Syujet, fabula har qanday asarda mavjud bo‘ladi. Biroq ular har bir janrda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, Bobur g‘azallari ham, Rabg‘uziy hikoyatlari ham, Oybek romanlari ham muayyan syujetdan tarkib topgan. Chunki ularda holat, hodisalarning ma'lum manzarasi gavdalantirilgan, muayyan fikr ifodalangan. Ijodkor biror bir fikrni ma'lum qilish uchun hodisalarning shunchaki oddiy nusxasini ko‘rsatmaydi. U o‘z qarashlarini ta'sirchanroq tarzda kishilarga yetkazish uchun ko‘plab hodisalarni, kechinma-holatlarni qayta ishlaydi. Hayotiy tajribasi, kuzatishlari asosida hayotiy voqealarga ijodiy yondashadi. Hamda shu asosda asar syujetini yaratadi. Bundan ayon bo‘ladiki, syujet hayot hodisalarining oddiy aksi emas, balki uning ijodkor tomonidan ishlov berilgan, muayyan maqsadga muvofiqlashtirilgan manzarasidir.

Hayot hodisalari yozuvchi, shoirning ijod qilishi - asari syujetini yaratishi uchun zamin bo‘ladi. Jumladan, fantastik asarlar yozish uchun ham qandaydir hayotiy voqyealar sabab bo‘ladi. Demak, real hayot har qanday shakldagi syujetning asosi sanaladi. Biroq u o‘z holicha badiiy syujet bo‘lolmaydi. Hayot voqealari muayyan maqsad asosida ijodiy ishlov berilganidagina syujetga aylanadi.

Adabiy asar syujeti konfliktsiz yashay olmaydi. Konflikt (Loticha –coftictus ixtilof, to’qnashuvi) - badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar o’rtasidagi yuzma - yuz kurash yoki qahramonning o’z atrofini qurshab olgan muhiti, o’z-o’zi bilan ruhiy to’qnashuvi, olishuvi. Konflikt - syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch. Yozuvchi badiiy syujet orqali muayyan davrning sotsial konfliktlarini ifodalaydi, ularga munosabatini bildiradi, qahramonlar xarakterini ochadi, estetik idealini olg’a suradi.

Badiiy asarning syujeti o’zaro ichki bir yaxlitlikni vujudga keltiradigan qator unsurlardan iborat bo’ladi. Bular – ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, echim kabilardir. Shuningdek, ayrim asarlarda prolog (mukaddima) va epilog(xotima) kabi qo’shimcha unsurlar ham bo’ladi. Umuman, syujet unsurlarining turli adabiy turlarda kelishi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, lirik asarlarda ham, albatta, syujet bo’ladi. Busiz, mumkin emas. Lekin hamma gap shundaki, ularda yuqorida sanalgan unsurlarning barchasi baravar kelavermaydi. Syujet unsurlari, asosan, epik va dramatik asarlarda, shuningdek, liro-epik asarlarda ham ko’pincha tugal holatda keladi.




Download 34,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish