Muammoning o‘rganilganlik darajasi.Syujet va uning unsurlari mavzusi adabiyotshunoslik nazariyasiga oid tadqiqotlarda o‘rganilgan. Xususan, I.Sultonov, H.Umurov, T.Boboyev, D.Quronov, A.Ulug‘ov, E.Xudoyberdiyev kabi olimlarning nazariy qarashlari orqali atroflicha tadqiq etilgan. Ushbu manbalarda syujet haqida umumiy ma'lumot, syujet turlari, uning komponentlari, fabula, konflikt kabi masalalarga e'tibor qaratilgan.
Adabiyotshunoslik nazariyasi sohasida o`rganilishi muhim sanalgan ushbu mavzuni, ya`ni oliy ta’lim muassasalarida “Syujet va uning unsurlari” modulini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish mazkur jarayon samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |