Ijtimoiy tuzilishdagi «Konfliktlar sotsiologiyasi»ning
mutanosiblik: oidalari:
1. Har qanday barqaror jamiyatning 1. Har qanday jamiyatning ijtimoiy
19 Parsons T. Sosiological theory and modern sosity — N.Y.1967.
20 Darendorf R. The modern sosial conflict — London, 1988.
61
www.ziyouz.com kutubxonasi
ijtimoiy tuzilishda barcha tarkibiy
qismlar asosan mutanosiblikda namoyon
bo‘ladi.
3. Ijtimoiy tuzilishning
mutanosibligi uchun uni tashkil
qiladigan tarkibiy qismlarning
barchasi muayyan ahamiyat kasb etadi.
ijtimoiy tuzilishida muayyan uyg‘unlik tuzilishida o‘zganilar va ziddiyatlar
va mutanosiblik mavjuddir. mavjuddir.
2. Barqaror jamiyatdagi uyg‘unlashgan
O‘zgarayotgan ijtimoiy tuzilishdagi
tarkibiy qismlar orasida
nomutanosiblik va ziddiyatlar mavjud
bo‘ladi.
Ijtimoiy tuzilishning ziddiyatlarda
uni tashkil etadigan tarkibiy
qismlarning barchasi o‘z ahamiyatiga
egadir.
Bu holatlarning bir-biri bilan mutanosib emasligi ko‘rinib turibdi. Ular
ijtimoiy taraqqiyotning turli xil ifodalanishi sifatida namoyon bo‘ladi va shunga
asoslanib qadriyat tizimlarining xilma-xil ko‘rinishlarini tahlil qilish mumkin.
T. Parsons jamiyatning ijtimoiy tuzilishidagi uyg‘unlik va mutanosiblikni
saqlab qolish uchun qadriyatlar omillarga tayanadi. U jamiyatdagi barqarorlikni
asrashda kishilarning muayyan qadriyatlarga asoslangan hamjihatligi katta ahamitga
molikligini alohida ta’kidlaydi. R. Darendorf esa jamiyatning ijtimoiy
tushilishidagi farqlar, tafovutlar va ayrim qarama-qarshiliklarga ko‘proq e’tibor
beradi. Uning fikricha, jamiyatdagi o‘zgarishlarning domiyligi uning ijtimoiy
tuzilishidagi o‘zgarishlar va ziddiyatlar doimiyligini ta’minlaydigan asosdir. Ana
shu sababdan ham jamiyat va uning tuzilishidagi ziddiyatlardan ko‘z yummasdan, balki
ularni doimiy hisobga olish amaliyotga katta foyda keltiradi hamda qarama-
qarshiliklarni o‘z vaqtida hal qilish imkonini beradi.
Mazkur qarashlarning ikkalasi ham sobiq ittifoq davrida tanqid ostiga
olingan edi. Ularga zamonaviy va xolisona qarshi esa bu tanqidning adolatdan
emasligidan dalolat beradi. Bizningcha, bir-biriga mutlaqo ziddiek bo‘lib
qo‘rinayotgan bu qarashlar jamiyatni ikki xil tushunish, undagi jarayonlarni ikki xil
talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ularda jamiyat ijtimoiy tuzilishining bir-
biridan farq qiladigan turli holatlari ifodalangan xolos.
Qadriyatlar tizimining barqarorligi - muayyan tizimning boshqa tizimlardan
farq qiladigan, tarkibiy qismlari mutanosiblikda namoyon bo‘ladigan, bu tizimni
tashkil etuvchi qismlar uning barqarorligida o‘z ahamiyatiga ega bo‘lgan, tizimning o‘zi
esa ijtimoiy sub’ektlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan va ularning
hamjihatligini ta’minlaydigan mezon sifatida ahamiyatini saqlab turgan biror
davrdagi amal qilish jarayonini ifodalaydi.
Dialektika «O»ni («nol»ni) tan olmaydi, ya’ni dialektik nuqtai nazardan
olganda mutlaq barqarorlik yuk,. barqarorlikabadiy o‘zgarishlarning nisbiy tinch
holatidir. Ammo bu holatda ham o‘zgarishlar jarayoni boradi. Mazkur qoida qadriyat
tizimlarning amaliyotiga tadbiq etilganida, bu tizimlarning barqarorligi ularning
uzluksiz aksiologik o‘zgarishlar jarayonidagi nisbiy tinch holatidir va shu holatning
biror vaqt ichida nisbatan o‘zgarmay tirishidir, deya e’tirof etish imkonini beradi.
Qadriyatlar izimining shunday holati uning o‘ziga xosligini, tizimlarga
o‘xshamasligini, mazkur holat tarzida to‘la-to‘kis qayta takrorlanmasligini
(betakrrligini) ifodalaydi.
Ana shunga asoslangan holda jamiyatning umumiy ijtimoiy tuzilishiga
qadriyatlarning ham eng umumiy tizimi, ushbu ijtimoiy tuzilishni tashkil etgan v
o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlarga (yoki elementlarga) esa xususiy qadriyat tizimlari
mos keladi, deb qarash mumkin.
Aksiologik hodisalarni, jumladan, qadriyat tizimlarini sistemalilik
prinspipi nuqtai nazaridan talqin qilishda quyidagi holatlarga alohida e’tibor
beriladi:
62
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |