Salimova Umida i-83



Download 16,41 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi16,41 Kb.
#695974
Bog'liq
Masuma iqtisod


Salimova Umida I-83

1Institutsionalizm uchun, uning rivojlanishining boshidanoq ijtimoiy nazorat va jamiyatning aralashuv g'oyasini, asosan, iqtisodiy jarayonlarni himoya qilish g'oyasini himoya qildi. Bu tarixiy maktab merosi edi, ular vakillari nafaqat barqaror barqaror aloqalar va iqtisodiyotdagi qonunlar mavjud emas, balki jamiyatning farovonligi qat'iy davlat tomonidan tartibga solish asosida erishilishi mumkin degan fikr tarafdorlari edi millatchilik iqtisodiyoti.

Ikkinchi bosqich - urushdan keyingi davr, yigirmanchi asrning 60-70 yillari. Ushbu davrning asosiy vakillari - Jon Mori Klark, A. Burli, Minz. Ushbu bosqich vakillari, demografik muammolarni o'rganish, kasaba uyushma mehnat harakati va boshqalar nazariyasini ishlab chiqish, ularning e'tibor kasblariga kapitalizmning ijtimoiy-iqtisodiy qarama-ko'stligi bayonotiga qaratdilar.

Institutsionalizm rivojlanishining uchinchi bosqichi - 60-70-yillarda. U iqtisodiy fikr tarixiga nei institutsionalizmga kirdi. NEO-Rectistratatsiyalizmning ko'rinishi odatda Nobel mukofoti sovrindori laureatasi, Iqtisodiyot sohasidagi Nobel mukofotining nomi bilan bog'liq. Yangi yo'nalishning asosiy g'oyalari "Kompaniyaning" kompaniyasining tabiati "(1937) va" Ijtimoiy xarajatlar muammosi "(1960). NEO-propitizmning asosiy vakillari: R.Nouz, O. Uilyamson, D. Shimoliy, Sivann G., Bucanenen J., R. Pudnena, Demsen , bilan. Peyovich, T. EGRERSSON va boshqalar.



Ushbu bosqich vakillari texnokratiya, texnologik detologiyaga bog'liq bo'lgan iqtisodiy jarayonlarni, shuningdek jamiyat ijtimoiy hayotidagi iqtisodiy jarayonlarning ahamiyati haqida izoh berishga intilmoqda
2 Mulk huquqi” — moddiy neʼmatlarning konkret shaxslarga tegishliligi (oʻzlashtirilganligi)ni mustahkamlovchi, tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining asosiy tartibotlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi FKga koʻra, Mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining M.hni, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga binoan, "har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli". Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida"gi qonun (1990-yil 31-oktabr) asosida bozor munosabatlarining tashkil topishi uchun iqtisodiy manba hisoblangan xususiy mulkchilikka yoʻl ochildi. Xususiy mulkchilikning rivojlanishida "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida"gi qonun (1991-yil 19-noyabr) muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qonunga asosan shoʻrolar davridagi davlat mulkining hukmronlik qilishiga barham berildi, xususiy mulkning tashkil topishi uchun imkoniyat yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi FKda mulkni oʻtmishda sotsialistik jamiyatning sinflarga boʻlinishiga asoslanib (davlat, kolxozkooperativ, shaxsiy) shakllarga ajratilishiga va qaysi shaklda, kimga tegishliligiga qarab oʻrnatilgan tengsizlikka barham berildi. Shoʻrolar davrida mulk egalarining huquklari tegishli qoidalarda, shuningdek, amaliyotda ham doimo cheklanib kelingan. Endilikda mulk egasiga tegishli boʻlgan mol-mulkni turli sabablar va har xil yoʻl bilan davlat idoralari va mansabdor shaxslar tomonidan olib qoʻyilishi, mulkdan erkin foydalanish uchun toʻsqinliklar vujudga keltirilishi gʻayriqonuniy hisoblanadi. Mulk huquqi muddatsizdir. Mulk egasi oʻz mulkidan abadiy foydalanish, uni xohlagan vaqtida tasarruf etish huquqiga ega. Ushbu qoidaning mantiqiy davomi sifatida FKning 166-moddasida mulkning daxlsizligi va qonun bilan muhofaza qilinishi belgilab qoʻyilgan.
3 Mamlakatimizda pul-kredit, valyuta, soliq va tashqi savdo siyosati sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilash dolzarb vazifalardan sanaladi. Shu bois keyingi yillarda biznesga qoʻshimcha qulayliklar yaratish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish choralari koʻrilmoqda.
Xususan, 2020-yildan qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini barcha tadbirkorlik subyektlariga qaytarishning soddalashtirilgan tizimi tatbiq etildi. Joriy yilning oʻn oyi davomida ushbu tizim doirasida tadbirkorlik subyektlariga 5 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ qaytarildi.
Lekin shunga qaramay, mamlakatimizda yashirin iqtisodiyotning ulushi hamon yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Savdo va umumiy ovqatlanish, uy-joy qurilishi va taʼmirlash, turarjoy xizmatlarini koʻrsatish kabi sohalarda bu jarayon yana-da yaqqol namoyon boʻlayotir.
Xoʻsh, yashirin iqtisodiyotning oʻzi nima? Uning kelib chiqish sabablari nimada? Mamlakatda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun qanday choralarni koʻrish kerak?
Yashirin iqtisodiyot bu – iqtisodiy faoliyatni jamiyatdan yashirish va davlat tomonidan nazorat hamda hisoboti yuritilishi olib borilmasligini, shu bilan birga, iqtisodiyotning kuzatib boʻlmas va norasmiy qismidir. Boshqacha aytganda, yashirin iqtisodiyot mavjud qonun va jamiyat qoidalarini chetlab oʻtuvchi jamiyatdagi fuqarolarning iqtisodiy aloqalari desak ham boʻladi.
Jahonning deyarli barcha mamlakatlarida yashirin iqtisodiyot mavjud boʻlib, hozirga qadar hech bir mamlakatda uni butkul yoʻq qilishga erishilmagan. Lekin koʻp davlatlarda bunday iqtisodiyotning ulushi va taʼsiri minimal darajada kamaytirilgan. Bu haqda gapirganda Yevropa davlatlari tajribasini misol qilib keltirish mumkin. Negaki, bu davlatlarning aksariyati yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda soliq mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratgan. Chunki aynan soliqlarning yuqori darajadaligi koʻp hollarda yashirin iqtisodiyotning palak otishiga turtki beradigan omillardan hisoblanadi.
Yashirin iqtisodiyot nafaqat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy voqelik, balki davlat hisobi hamda nazoratidan tashqarida rivojlanadigan va shu sababdan ham rasmiy statistikada aks etmaydigan xoʻjalik faoliyatidir. Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish uchun rivojlangan davlatlarning bosib oʻtgan yoʻllari chuqur tahlil qilib, oʻzimizga mos boʻlgan yoʻnalishlarga tayanib, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim, deb oʻylayman
4 Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Sh. mazmuni bayon qilingan hujjat ham "SH." termini bilan ataladi. "SH." soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Sh. tuzishda erkindirlar. Sh. tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, Sh. tuzish burchi qonumajburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Sh. toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, shahrining koʻrinishlari, Sh. tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan (FK, 353 —385moddalar). Xalqaro huquqdagi Sh. tushunchasi toʻgʻrisida xalqaro shartnoma, mehnat huquqidagi Sh. tushunchasi toʻgʻrisida mehnat shartnomasi, tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan fuqarolik huquqiy Sh. haqida xoʻjalik shartnomasi maqolalariga qarang.
5 Yashirin iqtisodiyot, xufiya iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari — iqtisodiy munosabatlar boʻlib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud.
YA.i. murakkab koʻp bosqichli hodisa, uning tur va shakllari xilmaxil. Yashirin iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va iqtisodiyijtimoiy oqibatlariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: 1) jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo maʼn etilgan, qonun yoʻli bilan taʼqib etiladigan ishlar bilan shugʻullanish, mas, narkobiznes, pornobiznes, qurol biznesi va h.k.; 2) gʻayriqonuniy, gʻayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab oʻzlashtirib olish, mas, oʻgʻirlik, bosqinchilik, reket, poraxoʻrlik; 3) ikkilamchi iqtisodiyot — kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf beradigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1—2 va 5—10 kishi band boʻlgan yashirin kichik korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmati koʻrsatish, q.x., qurilish, savdo, kiyimkechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan; 4) rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qoʻshimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qoʻl urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qoʻshimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish; 5) mansabni suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xattiharakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxoʻrlik, yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin; 6) qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat, bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos boʻlib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi qoʻshib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar Yashirin iqtisodiyot dagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan qatʼiyan taqiqlanadi, hamma choralar bilan unga qarshi kurash olib boriladi, ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy boʻlsada kishilar talabehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantiriladi
Download 16,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish