TARAQQIYOT VA QADRIYATLAR:
TARIXNI AKSIOLOGIK TUSHUNISH
Ijtimoiy fikrlar rivojida tarixiy taraqqiyotni turli xil tushunishlarga
duch kelasiz: dialektik, metafizik, materialistik, idealistik. Rivojlanishni muayyan
sivilizatsiyalarning o‘rni almashinuvidan iborat deb talqin qilish, tarixni
formatsiyalarning almashinuvi tarzida tushunishdan farq qiladi. Xuddi shuningdek,
o‘tmishni sotsiologik, politolik, kulturologik tushunish ham bor. Bularning biri
tarixni kishilarning uzluksiz ijtimoiy faoliyati, deb tushunishga asoslangan,
boshqalari uni siyosiy sistemalar, davlatlarning almashinuvi, yoki moddiy va
ma’naviy boyliklarni yaratish jarayoni tarzida tavsiflashga tayanadi. Tarixni bunday
rang-barang tushunish usullarini bir-biriga aslo qarama-qo‘yish kerak emas. ular
insoniyat jamiyatining rivojiga turlicha yondashuvni, serqirra tarixning turli
qirralarini xilma-xil tomonidan o‘rganishni ifodalaydi. Bu xilma-xillik, aslida,
bir butun bilish jarayonining yaxlit tarixiy rivojlanishga turli-tuman yo‘l va
usullar bilan tarixiy reallikni to‘g‘ri aks ettiradigan xulosalar chiqarishga
intilishini ifodalaydi. K q xna va naviron tarix esa, bu xilma-xil, hamda turli-
tuman xulosalarga parva ilmasdan, o‘tmishdan kelajakka tomon zalvorli qadam
tashlab boraveradi.
Tarixni aksiologik tushunish - o‘tmishni, taraqqiyot jarayonini
qadrlashtuyg‘usi va qadriyatlar mezoni asosida talqin qilish, qadriyatlar sohasidagi
vaqt va zamon bilan bog‘liq o‘zgarishlarni ijtimoiy rivojlanish jarayonining
tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bialektik jarayon tarzida e’tirof
etishdir. Tarixiy taraqqiyotning har qanday davrida jamiyat barqaror rivojlanayotgan
bo‘lishi yoki beqaror o‘lib qolganligi, ya’ni unda turli nomutanosiblar kuchayib
ketganligiga qaramasdan, aksiologik jihatdan umumiyliuni kuzatish mumkin:
tarixiy rivojlanishning har qanday bosqichiga qadriyatlarning o‘ziga xos sistemalari
mos keladi, ya’ni har qanday davrning qadriyatlar sistemasi mavjuddir. oradagi
dialektik aloqadorlik yana shunda namoyon bo‘ladi-ki, nisbatan uzoqroq davom etadigan
jamiyatning ijtimoiy barqaror rivojlanish holati o‘ziga mos barqaror qadriyatlar
tizimini shallkntiradi, bi tizim esa o‘z navbatida ana shu barqarorlikning ma’naviy
jihatlaridan biriga aylanadi. Jamiyat beqaror bo‘lib qolganida, unda
nomutanosibliklar ko‘payib, ular biror-bir tarzda yuzaga chiqayotganida shu davrning
qadriyatlar tizimi ham beqaror bo‘lib qoladi. u jamiyatni asosiy sub’ektlarning
hamjihatligini ta’minlaydigan ma’naviy mezon sifatidagi ahamiyatini yo‘qota
boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |