O’zbekiston milliy universiteti 5A120101- adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) G‘afurov nodirjon sayfutdin o‘G‘LI


III BOB. ALISHER NAVOIY FARDLARI BADIIYATI



Download 103,76 Kb.
bet10/12
Sana09.04.2022
Hajmi103,76 Kb.
#540372
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
diss1

III BOB. ALISHER NAVOIY FARDLARI BADIIYATI
3.1. Badiiy obraz va ifodadagi o‘ziga xoslik
Obrazlar badiiy asarda hayotni in’ikos ettirishning shakli bo‘lib maydonga chiqar ekan, ular til orqali tasvir etiladi. Hayotiy materialga nisbatan shakl rolini o‘ynagan obrazlar til orqali ifodalangani uchun tilde o‘z shaklini topib, o‘zi mazmunga aylanadi. Bu murakkab hodisa “shaklning mazmunga va mazmunning shaklga ko‘chishi” deb ataladi. Badiiy asarda til – shakl emas, shakl yaratishning universal vositasi bo‘lib maydonga chiqadi.
“Badiiy obraz— voqelikni faqat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib xarakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham obraz deb yuritiladi.
Badiiy asarda obraz soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Adabiy asarning materiali ashyoviy asosdan (boʻyoqlar, marmar, tosh va boshqalar) emas, balki belgilar tizimi, til, soʻz materialidan iborat boʻlgani uchun ham soʻz bilan ifodalangan obrazda koʻrgazmalilik tomoni plastik obrazga nisbatan kam aks etadi. Shoir hatto konkrettasviriy soʻzlardan foydalanganda ham, predmetning koʻzga koʻrinadigan qiyofasini emas, assotsiativ aloqadagi mazmuniy koʻrinishini yaratadi.
Badiiy obrazning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir”.81
Shoir shunday yaqqol tasvir yaratadiki, “hinduning otashdoni(hindlarda otashdonga sig‘inish, o‘tparastlik saqlangan) qancha yolg‘on(dini yolg‘on) bo‘lmasin, u xuddi ko‘sov uyni yorutgani kabi bo‘ladi” - deydi. Ko‘sov esa uyni yoritishi amri mahol. Bu yerda islom dini o‘zidan oldingi dinlarni ishonchsiz va to‘liq emasligini e’tirof etadi. Majusiylik dinida abadiy yonib turadigan otashxonalar bo‘lgan va ular hayotning abadiyligini shu olov bilan belgilagan.
Ne safo lofiya urar hindui otashdoni,
Uy yorutmas ko‘sov, o‘n qatla yorutsang oni82.
Bu fardda otashdon va ko‘sov so‘zlari tanosub san’atini yuzaga keltirsa, yorutmas va yorutsang so‘zlari tazodni shakllantiradi.
Tanosub – baytda bir-biriga aloqador, o‘zaro daxldor so‘zlar ishtirokidir.
Tazod esa, baytda ma’no jihatidan bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlardir. Aynan antonym bo‘lmasdan, balki umumiy mazmunda zidlik sezilsa ham tazod bo‘laveradi.
“ Navoiy badiiy uslubi uning ijodida lirikaning rivojlanishiga imkon berdi. Navoiy lirik ijodi tufayli o‘zbek klassik adabiyoti o‘rta asrlarda lirikaning eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. Navoiy “Xamsa”ni ikki yilda yozgan bo‘lsa, “Xazoyin ul-ma’oniy”ga to‘plangan o‘zbek tilidagi lirik she’rlarini yaratish uchun butun umrini sarfladi. Shuning uchun Navoiy uslubini tahlil qilish nuqtayi nazaridan, “Xamsa”ga nisbatan “Xazoyin ul-ma’oniy” ancha murakkab xususiyatlarga ega. Chunki bundagi she’rlar shoir hayotining turli davrlarida, turlicha vaziyatlarda, turlicha taassurotlar ta’siri bilan dunyoga kelgan” .83
Fardlarni g‘oyaviy- badiiy jihatdan mazmun va shakliga ko‘ra nisbiy tarzda quyidagicha guruhlash mumkin84:

  1. Oddiy fardlar

  2. Iqtibos fardlar

  3. Tajnisli fardlar

“So‘z – insonga ato etilgan oliy ne’mat. U faqat muloqot vositasigina emas, odamzod tafakkurining, ruhiyatining namoyon bo‘lish usuli hamdir. Inson qalbi, uning o‘y-xayollari va tuyg‘ulari she’rda yana ham ta’sirliroq ifodalanadi. O‘zbek mumtoz adabiyotining asosiy mavzusi bo‘lgan ishqning mohiyatini Alloh taolo va uning Rasuliga bo‘lgan muhabbat tashkil etadi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodida Haq taologa hamd bilan birga Rasululloh alayhissalom vasfi yetakchi o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir asarlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) obrazi yuksak fasohat va balog‘at bilan tasvirlangan. Alisher Navoiy she’riyati, bu jihatdan, undan keyingi barcha shoir-u adiblar ijodi uchun o‘ziga xos poetik mezon vazifasini o‘tagani ayon”.85
Ulki, Haq borinda maqsud istagay har zotdin ,
Mehr borinda yorug‘lug‘ ko‘z tutar zarrotdin.86
Mazmuni: Kimki Haq(Alloh) bo‘la turib o‘z maqsadini har kimsadan talab qilsa(istasa), u xuddi quyosh borida zarradan yorug‘lik kutgandek bo‘ladi.
Ushbu fard “Javohiri mufradah”ning boshlanmasidan o‘rin olgan. Buning devon tartiblariga asosan joylashtirilganligi sababi shuki, unda “Haq” va unga zid qilib “har zot” so‘zlari olingan. “Haq” bu Alloh u barcha narsaga qodir zot. Uning aksi o‘laroq “har zot”, ya’ni inson bunday qudratga ega emas. Shuning uchun O‘zini tanigan banda nimaki so‘rasa, har zotdan emas, faqat Haqdan istashi kerak. Mazmunida Haq ulug‘langan, madh etilgan asarlar hamd bo‘lishi uning o‘rnini belgilagan. Badiiylik jihatidan oddiy fard va unda tashbeh san’ati ishlatilgan.
Tashbeh – bir narsani ikkinchi bir narsaga o‘xshatishdir. O‘xshatishdan kuzatiladigan badiiy maqsad – obrazlilikdir.
Undagi obrazlar haqiqatni bayoni bo‘lgani uchun, irfoniy ma’no ifoda etgani uchun asarda qisqalik va ravonlik aks etadi. Kam so‘z ishlatilib, aniq muqoyasa beriladi. Bu holatni quyidagi fardga nisbatan ham aytish mumkin.
Nabi sha’rig‘a topmoq istiqomat
Erur solikka mushkiloq karomat.87
Mazmuni: Nabi sha’riga (yo‘l-yo‘riq qoinun-qoidalar) asosan istiqomat qilish(topmoq) solikka mushkil karomat erur.
Barcha avliyo va shayxlar Allohning rasulini ustoz deb biladi va unga ergashadi. Ammo bu ishning udasidin chiqish mushkildir. Sababi u zotning qilgan ishlari hikmatga to‘ladir. Sunnatga amal qilish ummatga lozimdir. Aksariyat hollarda bunga amal qilinadi, ba’zan esa yo‘q. Shu jihatidan bu fard tartib jihatidan ikkinchi bo‘lib payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga madh, ya’ni na’t tarzida bitilgan. Fard g‘oyaviy –badiiy jihatidan oddiy unda tanosub san’ati ishlatilgan. Buni nabi va solik so‘zlari yuzaga chiqargan.
Keyingi fard namunalari ham didaktik, falsafiy va ishqiy mavzuda bo‘lib, badiiy obrazlar jihatidan farqlanadi.
Er kishiga zebu ziynat – hikmatu donishdurur
Yaxshi kiymak birla xotinlarga oroyishdurur88
Yuqoridagi fardda qisqalik va lo‘ndalik taqqoslash(tashbeh) orqali yuzaga kelgan. Fardlardagi qisqalik o‘z o‘rnida yaqqol tasavvurni, ifodada jonlilikni ta’minlaydi. Muallif oldiga ulkan talab qo‘yadi. Chunki “ikki satr” she’rda berilgan fikrni ming xil qilib aytsa bo‘ladi, lekin bu ming xil variantning hech qaysisi shu ikki satrdagiday ham sodda, ham qisqa, ham ta’sirli bo‘lmaydi. “Er kishining zebu ziynati hikmat va donoligidir, yaxshi kiyinmoq xotinlarning oroyishidir”. Bu bilan Navoiy er kishi zeb-u ziynatga o‘ch bo‘lmasin, bu –yaxshi kiyinmoq zeb-u ziynatga o‘ch bo‘lmoq ayollarning ishidir, - deydi. Va er kishining zeb-u ziynati uning hikmatga boyligi, donoligidir, - deb uqtiradi. Zeb-u ziynat bilan hikmat-u donish zid qo‘yilsa, er kishi bilan xotin kishi sifatlari badiiy obraz qilib olinadi.
Fardlarning aforizmlar(hikmatli so‘zlar, hikmatlar89) darajasiga ko‘tarilishi esa ularning keng xalq orasida tarqalishiga olib keladi. Bu jihatdan ular maqollarga yaqinlashadi. Lekin maqollardan aforizmga aylangan fardlarning farqi shundaki, fardlarda hamma vaqt muallif aniq bo‘lib, ularda ma’lum ma’noda, mualliflik pozitsiyasi ham sezilib turadi.
G‘ofil o‘lma, nazardin itsa adu,
Sham’ o‘churganda yel ko‘rinurmu.90
Navoiy bu fardda “adu” so‘zini obraz qilib oladi. Do‘stni dushmandan ajratish g‘ofil bo‘lmaslikni talab etadi. Ammo hammaning peshonasiga bu “do‘st” bu “dushman” deb yozilmagan. Inson sham’ni o‘chib qolmasligi uchun qanday himoya qiladi? Sham’ pirpiraganda yelning qayoqdan esishi bilinganidek, “adu”ni qayoqdaligini bilish mumkin. Agar sham’ o‘chsa, inson g‘ofil bo‘lgani bilan barobar.
Fardlarda buyuk Navoiy san’atkorligi ravshan ko‘zga tashlanadi. Masalan, mumtoz adabiyotimizda ko‘zning tashbehi qotil, lab esa obi hayot manbai sifatida tilga olinadi. Navoiy ana shu ancha sayqalanib qolgan tashbehlardan quyidagicha sahli mumtane yaratgan:
Ikki ko‘zingu labing g‘amidin
Men xasta o‘lib-o‘lib tirildim.91
Ma’shuqaning ikki ko‘zi va labi oshiqning ko‘ngliga ishq o‘tini solishi begumon hamda bu barchaga ayon. Lekin bu so‘zlardan san’at yaratib ikki misraga jo qilish oson-u mumkin emasdek ko‘rinadi. Muallif buning udasidan chiqishi laff va nashr san’atini yuzaga keltiradi. Baytda «o‘lib-o‘lib» so‘zining ikki bor takrorlanishidan har ko‘zing uchun bir marta jon berdim, ammo labing xayoli meni tiriltirdi, degan ma’no chiqadi.
Sharq she’riyatida ma’shuqaning beli va og‘zi juda nozik xuddi yo‘qdek, bilinar-bilinmas darajada kichik tasvir qilinadi. Bunday mubolag‘a ma’shuqani tengsiz go‘zalligini ifoda etadi.
Bel-u og‘zidin, dedilarkim, degil afsonae,
Boshladim filholkim: «Bir bor edi, bir yo‘q edi».92
Bu yerda «bir bor» deganda ingichka belni, «yo‘q» deganda og‘izni anglash lozim bo‘ladi. Belning ingichkaligini, og‘izning mittiligini tasvirlash ifrot badiiy san’atini yuzaga chiqaradi. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan deb, ertaklar ham boshlanadi, lekin fard yakunlanyapti. Bu bilan Hazrat Navoiy balog‘a ilmidan nihoyatda zarofat bilan foydalanganining namunasidir. Quyidagi fardda ham ajoyib so‘z o‘yini ishlatilgan:
O‘q eding, ey tongki, otting jonima vuslat tuni,
Bu jihatdin yoruma dermen seni har subhidam.93
Vuslat – etishish, qovushish, uylanish
Fardning birinchi ma’nosi: ey tong, vuslat tuni jonimga o‘q otting (menga yor vasli nasib etgan tun), ana shu jihatdan seni men «yorishma» deb qarg‘ayman.
Ikkinchi ma’nosi: vasl tuni jonimga otgan o‘qingni, ey tong, har subhidam yorimga aytib, shikoyat qilaman.
Navoiy lirikasida sof maʼnodagi ilmiy-maʼrifiy yoki taʼlimiy-irfoniy asarlar ham mavjud. Bunga uning gʻazallaridan va kichik lirik janrlardagi asarlaridan koʻplab misollar keltirish mumkin. Hazratning ushbu tarzdagi asarlarida maʼrifat tushunchasi izchil mazmun-mohiyatga ega boʻlgan holda, baʼzan tadrijli tarzda bayon etiladi.
Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past,
Bilmagay holim shikastin, ko‘rmagan muncha shikast.94
Farddagi so‘zlarning ketma-ket “siniq”yoki “shikast” deb berilishi asar badiiyatini takror bilan bezagan bo‘lsa, mazmunida tadrij shakllangan. Baytda “men”, “ko‘ngul” so‘zlari “sinuq”ligi lirik qahramonga qancha shikast yetkanligini ta’sirini sanash ohangi bilan kuchaytirgan.

Download 103,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish