Toshkent. Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi
XVI asr. Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur bo'lgan Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ismoil Qaffol Shoshiyning qadimgi kichkina maqbarasi o'rnida barpo etilgan. Hijriy 291-366 yillarda yashab o'tgan bu zot o'z davrining buyuk allomasi - fiqhshunos, muhaddis, tilshunos, mufassir va shoir bo'lgan. Qaffol Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarda ham ko'p asarlar yozgan. Mashhur asarlari "Al-jadal al-Hasan", "Javomi' al-kalim", "Adab al-qoziy", "Ilm al-jadal", "Mahosin ash-shari'a" va boshqalardir. Dastlab eski Modarxon mahallasidagi Hastimom qabristoni majmuasi bo'lgan. Maqbaraning o'rtadagi katta xonasi ikki qavatli gumbaz bilan yopilgan. To'rdagi xonada sag'ana bor. Maqbara eshigi tepasidagi bitikda binoning qurilgan yili (1541-1542 y.), me'mori (G'ulom Husayn) va xattotning (Qudrat) ismlari yozilgan. Maqbara 1960 yilda ta'mir qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |