Navoiy. Qosim Shayx Azizon maqbarasi
XVI asr. Buxoro xoni Abdullaxon davrida mashhur bo'lgan piri murshid Qosim Shayx Azizon dafn qilingan dahma, xonning farmoyishiga muvofiq XVI asrning 80- yillarida bunyod etilgan. Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda (1583-1595 y.) Qosim Shayx Azizon uning ma'naviy rahnamosi va piri edi. Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma", Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob", Muhammad Tohir al-Xorazmiyning "Tarix al-avliyo" kabi asarlarida Qosim Shayx hazratlari XVI asr boshlarida taxminan 1503-1504 yillarda tug'ilganlar, deyilgan. Qosim Shayx Azizon tasavvufning jahriyya (zohiriy zikr) sulukiga mansub bo'lib, ma'naviy ruhoniy silsilalari Xoja Ahmad Yassaviyga borib taqaladi. Ularning oliy sha'n xonaqohi "Bu yerga kirgan kishi omonlik topgay ", degan hadis kamolidan mujda berib, zamon ahlining tinchlik va omonlik uyiga aylangan. Qosim Shayx Azizon 1581 yili 78 yoshlarida vafot etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |